Band shudgor, uni o’tkazish sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar.Yerlarni ishlash sonini kamaytirish va uning ahamiyati
Ma’lumki, har-xil operasiyalarni bajarish vaqtida agregatlar daladan ko’p marta yurib o’tadi, natijada tuproq zichlashadi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi yomonlashadi. Besh korpusli plugni traktorga tirkab yer haydalganda uning g’ildiraklari yer yuzasining 40-
50 % ni bosadi. Bundan tashqari, ekin ekishdan oldin yerni ko’p marta ishlash ekishni kechiktiradi hamda hosildorlikka salbiy ta’sir etadi. Respublikamizning ayrim paxtakor xo’jaliklarida, g’o’za 5-8 marta kultivasiya qilinadi, unga 2-3 marta o’g’it solinadi, 5-7 marta sug’orish uchun egat olinadi va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi 2-3 marta har xil kimyoviy dorilar purkaladi. Natijada, agregat mavsumda daladan 15-20 marta va undan ham ortiq yurib o’tadi. Bahor noqulay kelgan yillari hamda dala begona o’tlar bilan ifloslangan bo’lsa, yerni ishlash soni yana ham ortadi. O’zPITI da olib borilgan tajribalar natijalariga ko’ra, yerlarni ishlash sonini kamaytirish qo’yidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
yerni haydash chuqurligini tabaqalashtirish.
yerlarga asosiy ishlov berishda haydalma qatlamining uvoqlanishini yaxshilaydigan va dala tekis bo’lishini ta’minlaydigan faol qurollardan (freza kabilardan) foydalanish.
bahorgi va ekin ekish oldidan alohida-alohida amalga oshiriladigan ishlar sonini kamaytirish va ularni birga qo’shib, bir vaqtda bajarish;
dalada traktor bir yurib o’tishida zarur ishlarni bajaradigan kombinasiyalashtirilgan agregatlardan foydalanish;
g’o’za va boshqa ekinlarni parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarini qo’shib o’tkazash hisobiga kultivasiya hamda boshqa ishlar sonini kamaytirish.
Paxta ekiladigan maydonlarda bahorda va ekin ekish oldidan yerlarni ishlash soni buyicha olib borilgan kuzatishlar, ishlash soni kamaytirilganida tuproq yaxshi uvoqlashishni, uning suv-fizik xossalari yaxshilanishini, dalalar begona o’tlar bilan kam ifloslanishini va paxta hosildorligini ortishini ko’rsatdi. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish uchun ekinlarning o’suv davrida bajariladigan tadbirlarni, sharoitdan kelib chiqqan holda moslashtirib bir-biriga qo’shib olib borish, dalaga agregatlarni kamroq kiritish zarur. Chunonchi, begona o’tlarga qarshi kultivasiya o’rniga gerbisid qo’llash, o’g’it solishni egat olish va mavsum oxirida egat olishni esa chekanka va boshqalar bilan bir vaqtda o’tkazish kerak. Natijada sarflanayotgan yeqilgi va mablag’ tejaladi, yetishtirilgan mahsulot tannarxi arzonlashadi.
Shudgorlashdan asosiy maqsad, yerda imkoni boricha ko’proq nam to’plash va uni saqlash, begona o’tlarni, kasallik va zararkunandalarni imkoniyat darajada kamaytirish yoki butunlay yo’qotishdan iborat bo’lib, buning uchun band qilinmagan yoki band qilingan shudgorlash turlaridan foydalaniladi.
AQLIY HUJUM.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.
Toza shudgor deb nimaga aytiladi?
Qora shudgor nimaga va qanday amalga oshiriladi?
Band shudgor deb nimaga aytiladi?
Band qilinmagan shudgorni qanday ahamiyati bor?
54
Do'stlaringiz bilan baham: |