38
2.1.2-jadval
Qashqadaryo viloyati dehqon xo‘jaliklarida 2008–2014-yillarda ishlab
chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dinamikasi
Yillar
2014-yilda
2008-yilga
nisbatan farqi
t/r
Mahsulot
nomi
O‘lch.
birligi 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014
+,-
%
1.
Don
ming t
115 75 121 137 127,2
121,5
125,2 10,2 108,8
2. Kartosh-
ka
ming t
46,4 54,7 59,3 70,5 70,1 82,1 92,7 46,3 199,8
3.
Sabzavot ming t
138 142,7 165,2 203 206,1 242,5 266,0 128 192,7
4.
Meva
ming t
21,2 22,2 25 29,6 30,0 33,1 36,4 15,2 171,2
5.
Uzum
ming t
13,6 14,1 14,2 17,7 23,3 24,4 26,3 12,7 193,3
6.
Poliz
ming t
29,3 33,5 37,9 41,3 42,0 46,3 51,3 22 175,1
7.
Go‘sht
ming t
126,4 139,3 152,6 162,8 173,5 186,8 199,6 73,2 157,9
8. Sut
ming
t
481 520,6 564,7 603,8 640,7 701,7 751,8 270,8 156,3
9. Tuxum
mln
dona
112,1 123,3 139,1 151,5 166,0 176,5 204,0 91,9 181,9
10. Jun
ming t
3,55 3,82 4,23 4,58 3,97 4,0 0,6 -2,95 16,9
11. Qorako‘l
teri
ming
dona
68,7 75,1 80,1 88,1 94,4 95,6 125,5 56,8 182,7
Manba: Qashqadaryo viloyat stastistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida
tahlil qilingan.
Viloyatda dehqon xo‘jaliklari tomonidan 2014-yilda 125,2 ming
tonna don, 92,7 ming tonna kartoshka, 266 ming tonna sabzavot, 36,4
ming tonna meva, 26,3 ming tonna uzum, 51,3 ming tonna poliz, 199,6
ming tonna go‘sht, 751,8 ming tonna sut, 204 mln dona tuxum, 600
tonna jun, 125,5 ming dona qorako‘l teri yetishtirib berilgan. Bu esa
2008-yilga nisbatan don yetishtirish 8,8 %ga, kartoshka 99,8 %ga,
sabzavot 92,7 %ga, meva 71,2 %ga, uzum 93,3 %ga, poliz 75,1 %ga,
go‘sht 57,9 %ga, sut 56,3 %ga, tuxum 81,9 %ga, qorako‘l teri
yetishtirish esa 82,7 %ga oshgan. Biroq dehqon xo‘jaliklari tomonidan
yetishtirilgan jun mahsulotlarining ko‘lami 83 foizga kamayib ketgan.
Keyingi yillarda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy
tayanchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini
oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ekin maydonlari
tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va ilg‘or texno-
logiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini yaxshilash,
urug‘chilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng
qamrovli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, 1990–2014-yillarda don
39
yetishtirish 3,7 barobarga yaqin, kartoshka 5 barobar, sabzavot 2,2
barobardan ortiq, meva 2,6 barobarga, uzum 1,3 barobardan ortiq, go‘sht
(tirik vaznda) 1,9 barobar, sut 2 barobardan ortiq va tuxum ishlab
chiqarish 2,4 barobardan ko‘proq oshgani fikrimizning dalilidir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqillik yillarida qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini
kengaytirish evaziga emas, balki asosan intensiv rivojlanish, ya’ni
ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirish evaziga
ta’minlanmoqda.
Shunday qilib, Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2008–
2014-yildagi asosiy natijalariga erishildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishidagi sifat o‘zgarishlari va uni diversifikatsiyalash fermer
xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, qoramollarni aholi va fermer
xo‘jaliklariga kimoshdi savdolari orqali sotish mexanizmlarini yaratish,
imtiyozli maqsadli kreditlar ajratilishi, veterinar xizmatlari ko‘lamining
kengayishi va sifati oshishi, zarur miqdorda yem-xashak yetkazib berish
bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: