Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti. Dehkan farming economy


Soliqqa tortish va soliq to‘lash mexanizmini soddalashtirish



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/387
Sana14.07.2021
Hajmi4,52 Mb.
#118535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   387
Bog'liq
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti

Soliqqa tortish va soliq to‘lash mexanizmini soddalashtirish 

maqsadida mamlakatimiz Prezidentining Farmoni bilan fermer 

xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan to‘qqizta soliq turi o‘rniga 1999-

yilning 1-yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun 

yagona yer solig‘i joriy qilingan bo‘lib, u har tomonlama qulaylikka ega. 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida qishloq xo‘jaligi sohasida bir 



qator soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanadi: 

– yangidan tashkil etilgan, paxta, g‘alla, sabzavot, poliz, kartoshka 

va boshqa mahsulotlar yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari 2 yil muddat-

ga, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari 5 

yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi; 

– fermer o‘z hisobidan o‘zlashtirgan yer uchun besh yil davomida 

yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi; 



 

20

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi  



304-sonli qaroriga asosan, xorijiy texnikalar olib kelishda qo‘shilgan 

qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari hamda chet el texnikalari uchun 

ehtiyot qismlar olib kelishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan; 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-martdagi  

308-sonli qaroriga muvofiq, chet ellardan chorva mollari olib kelishda 

qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovlaridan ozod etilgan. 

– Agrar sohada amalga oshirilayotgan narx islohoti qishloq xo‘ja-

ligi mahsulotlariga narx belgilashda erkin bozor munosabatlarini 

bosqichma-bosqich joriy etishga yo‘naltirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi 

«Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida»gi PF-3114-sonli 

farmoniga asosan, davlat tomonidan sotib olinayotgan paxta xomashyo-

sining narxini jahon bozoridagi narxlar darajasidan kelib chiqqan holda 

belgilash tizimi joriy etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga muvofiq, 

2009-yilda davlat budjeti parametrlarida eksportga sotiladigan paxta 

tolasi bo‘yicha 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lashdan 

paxta tozalash korxonalari ozod etildi, natijada shu miqdorda fermer-

larga paxta uchun to‘lanadigan xarid narxlari oshirildi. Shu orqali 

davlatimiz tomonidan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini va 

tayyorlov korxonalarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, paxta 

tolasining ichki narxlarini jahon bozoridagi narxlarga tenglashtirish 

choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda jahon bozorida 

paxta tolasi narxlarining birmuncha yuqori ekanini inobatga olgan holda, 

narx bo‘yicha yuzaga kelgan ijobiy farqning 25 foizini fermer xo‘jalik-

lariga to‘lab berish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 2011-yil davomida fermer xo‘jaliklariga yo‘naltirilgan ijobiy  

farq summasi 403 315 million so‘mni tashkil etdi. Bu holat jahon bozo-

rida qulay konyunktura vujudga kelgan yillarda fermer xo‘jaliklarining 

barqaror daromad olishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. 

Davlat tomonidan sotib olinayotgan g‘alla narxlarini esa mintaqaviy 

bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi. 

Boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari bozordagi talab va 

taklifdan kelib chiqqan holda, shartnoma asosida belgilanmoqda. 




Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish