Deformatsiyasini aniqlash va bartaraf etishning nazariy asoslari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#667371
  1   2
Bog'liq
2 -MAVZU. NOBIKR YO‘L TO‘SHAMALARIDA G‘ILDIRAK IZI DEFORMATSIYASINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHNING NAZARIY ASOSLARI



2 -MAVZU. NOBIKR YO‘L TO‘SHAMALARIDA G‘ILDIRAK IZI 
DEFORMATSIYASINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
Reja 
1.
 
G‘
ildirak izi deformatsiyasini yuzaga kelish sabablarini anikdash va tavsifini 
ba
h
olash. 
 
2.
 
Nobikr Yo‘l to‘shamalarida 
g‘
ildirak izi deformatsiyasini yuzaga kelishini 
h
isoblash va prognozlash uslubi. 
 
3.
 
Fildirak izi deformatsiyasi yuzaga kelishi bilan kurashish uslublari tasnifi. 
 
4.
 
Yo‘l to‘shamasini mukammal ta’mirlashda 
q
yo‘llaniladigan 
g‘
ildirak izini 
yuzaga kelish sabablarini bartaraf 
q
ilish bilan yu
q
otish uslublari. 
 
5.
 
G‘
ildirak izini yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar.
 
Tayanch so‘zlar :
G‘
ildirak izi, deformatsiyasi, nobikr Yo‘l to‘shamalari, 
prognozlash uslubi, 
 
Avtomobil Yo‘llarida g‘ildirak izi deformatsiyasi–avtomobil Yo‘llari 
konstruksiyasining (Yo‘l qoplamasi, Yo‘l poyi) o‘ziga xos turi byo‘lib, Yo‘lning 
yuzasida uzunligi bo‘yicha chuqurchalar hosil byo‘ladi. G‘ildirak izi deformatsiya 
Yo‘l qoplamasining yuqori qatlamida paydo byo‘lsa ham, Yo‘l to‘shamasi va Yo‘l 
poyi qatlamlariga ham ta’sir qiladi. 
G‘ildirak izi deformatsiyasi–asfaltbeton qoplamali Yo‘l qoplamalarining 
barcha turlarida hosil byo‘lishi mumkin, ammo ularning shakllanishi va 
chuqurligining o‘zgarishi boshqacha byo‘ladi [39]. 
Avtomobil Yo‘li harakat tasmasining bo‘ylama profili shakliga ko‘ra, 
g‘ildirak izi deformatsiyasi shaklini Yo‘llarda ko‘rish mumkin; asfaltbeton 
qoplamali avtomobil Yo‘llarida g‘ildirak izi (2.1 – rasm) ikki va undan ortiq hosil 
byo‘lishi mumkin. G‘ildirak izi deformatsiyasining umumiy chuqurligi–2...150 mm 
va undan ortiq byo‘lishi mumkin. Asfaltbeton qoplamali avtomobil Yo‘llarida 


g‘ildirak izi deformatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi me’yorlari 
hujjatlarda (2.1–jadval) keltirilgan [34]. 
2.1–jadval 
Hisobiy harakat tezligi, km/soat 
G‘ildirak izi chuqurligi, mm 
Ruxsat 
etilgan 
CHegaraviy ruxsat 
etilgan 
>120 

20 
120 

20 
100 
12 
20 
80 
25 
30 
60 va ortiq 
30 
35 
Yo‘l poyi va asfaltbeton qoplama qatlamlari materiallarining 
mustahkamligiga qaramasdan g‘ildirak izi deformatsiyasi hosil byo‘lishini 
asfaltbeton qoplamalarning yuqori qatlamida transport vositalarining g‘ildiragi 
ta’sirida emiriladi. Haqiqiy sharoitda, bu jarayonlarning natijasida g‘ildirak izi hosil 
byo‘ladi. Ko‘pgina boshqa deformatsiyalar singari, g‘ildirak izi deformatsiyasi hosil 
byo‘lishiga ikki salbiy omil sabab byo‘ladi: 

Tashqi omillar–yukning ta’siri, iqlim omillari, ayniqsa, havo xarorati va 
quyosh nurlari, shuningdek, grunt qatlamining namlanishi; 

Ichki omillar–Yo‘l konstruksiyasining fizik–mexanik xususiyatlari, 
siljishga mustahkamligi, strukturaviy holati, Yo‘l qoplamalarining mustahkamligi 
va zichlanganlik darajasi:


2.1–Rasm. G‘ildirak izi deformatsiyasining ko‘rinishlari: 1, 2–harakat tasmasidagi 
chuqurliklar, 3, 4–birinchi va ikkinchi g‘ildirak izi chuqurligi, 5–Yo‘lning umumiy 
yuzasi bo‘ylab chuqurchalar, 6-Yo‘l o‘qi. 
Avtomobil Yo‘llarida g‘ildirak izi deformatsiyasining hosil byo‘lishiga 
ikkita asosiy omillar ta’sir qiladi. 

Ob-havo va iqlim sharoitining ta’siri; 

Avtomobillardan bir o‘qqa tushadigan yukning ta’siri; 
G‘ildirak izining paydo byo‘lishiga iqlim omillarining ta’siri. Havo 
haroratining g‘ildirak izining paydo byo‘lishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatadi. G‘ildirak izi deformatsiyasining chuqirligi xavo xarorati va og‘ir 
yuk avtomobillarining bir izdan o‘tishlar soniga bog‘liqligi quyidagi 
matematik model bilan ifodalanadi [10]: 

𝑘
=a*
𝑁
𝑏
∗ 𝑇
𝑄
(2.1) 
Bu erda: N- Og‘ir yuk avtomobillarning o‘tishlari soni. avto/sutka 
T–Asfaltbeton qoplama harorati. S° 
b–YUklanishning kuchayish koeffitsenti . 


a va Q–Asfaltbeton qoplama shaklining bog‘liqlik koeffitsenti. 
Eng ko‘p g‘ildirak izi deformatsiyasi qattiq byo‘lmagan asfaltbeton va 
boshqa bitummineral aralashmalaridan iborat qoplamalarda kuzatiladi, lekin 
sementbeton qoplamali Yo‘llar ustida faqat emirilish orqali hosil byo‘lishi 
mumkin.
2.2–Rasm. G‘ildirak izi deformatsiyasining asosiy parametrlari: 1, 2–qurilishdan 
so‘ng va mos ravishda g‘ildirak izi shakllangandan keyin qoplama yuzasi liniyasi. 
3–g‘ildirak izini yo‘lchash reykasi. 
Yo‘l poyi, grunt turi va uning xususiyatlari. G‘ildirak izi deformatsiyasining 
shakllanishiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan og‘ir yuk avtomobillaridan bir o‘qqa 
tushadigan yuklardir. 
G‘ildirak izi deformatsiyasining shakllanishi jarayoni transport vositalari 
harakati boshlanadi. Dastlab, deformatsiya sekinlik bilan sodir byo‘ladi, faqat 
qoplamaning yuqori qatlamiga ta’sir qiladi va keyin Yo‘l qoplamasining boshqa 
qatlamlariga ham ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
G‘ildirak izi deformatsiyasining asosiy xususiyati uning chuqurligidir. 
G‘ildirak izining umumiy chuqurligi 2.2–formulada ko‘rsatilganidek aniqlanishi 
mumkin: 
h

= h
u.k
+ h
v
; (2.2) 
Bu erda: h
y.k
–Yo‘l qoplamasi qatlamlarida qoldiq deformatsiyaning 
to‘planishi tufayli Yo‘l qoplamasi va Yo‘l poyida g‘ildirak izi chuqurligi, mm; 


h
v
–G‘ildirak izi deformatsiyaning o‘rtacha chuqurligi (
hl − 
chap tomon 
yo‘lchamlari,
hp
– o‘ng tomon yo‘lchamlari, mm: 
h


hl+ hp
2
; (2.3)
Umumiy holda g‘ildirak izi chuqurligining qiymati quyidagi ifodada 
ko‘rsatilgan: 
h
u.k 
= h
du
+ h
i
+ h
ab
+ h
o
+ h
t
; (2.4) 
Bu erda: h
du
– Yo‘l qoplamasi va Yo‘l poyi zichlangandan keyin g‘ildirak izi 
deformatsiyasida paydo byo‘lgan chuqurlik;
h

–Emirilish oqibatida sodir byo‘lgan g‘ildirak izi chuqurligi; mm;
h
ab
–Asfaltbeton qatlamlarida plastik deformatsiyalar tufayli g‘ildirak izining 
chuqurligi, mm; 
h
o
–qoplama asosining strukturaviy deformatsiya hisobiga g‘ildirak izi 
deformatsiyasining chuqurligi, mm;
h
t
–Yo‘l poyidagi qoldiq deformatsiyalarning to‘planishi tufayli g‘ildirak 
izining chuqurligi, mm; 
So‘nggi yillarda g‘ildirak izi deformatsiyasiga qarshi kurash muammosi 
O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil Yo‘llari uchun eng 
muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Buning sababi shundaki, transport oqimining bir 
qismi og‘ir ko‘p o‘qli avtomobillarning ulushi oshishidir, bu esa Yo‘llarda g‘ildirak 
izi shakllanish jarayonini tezlashtiradi va issiq iqlim sharoitida g‘ildirak izi sodir 
byo‘lishini tezlashtiradi.
G‘ildirak izi transport vositalarida xarakatni qiyinlashtiradi, xaydovchi 
harakat tasmasini tark etib quvib o‘tishni boshlaganida transport vositasining 
muazanati Yo‘qoladi, bu esa harakat tezligini pasayishi va Yo‘l transport xodisasi 
sodir byo‘lishiga sabab byo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida g‘ildirak izi deformatsiyasini yo‘lchash uchun 
an’anaviy yo‘lchov asbobidan (3 metrli reyka) foydalaniladi, lekin hozirgi kunda 


rivojlangan chet davlatlarda g‘ildirak izini yo‘lchashda bir necha xil asboblardan 
foydalaniladi: 

KP – 514 MP (Rossiya); 

Laser RST (AQSH va SHvetsiya); 

SCRIM (Angliya); 

ANDERA, Grip Tester, SIRONA (Fransiya); 

ARAN (Kanada, Gollandiya va CHexiya); 

WUD (CHexiya); 

SRT – 3 (Skid Resistance Tester) (Polsha) 

OSCAR (Norvegiya) [34]. 
Yo‘l qoplamisida g‘ildirak izini yo‘lchash va baholash (3 metrli reyka) 
me’yorlari va tartibi IQN 05 - 2011 me’yoriy hujjatida berilgan.
Yo‘lchovlar vizual ko‘rib tekshirishda Yo‘l izi mavjudligi aniqlangan 
uchastkalarda to‘g‘ri va aks Yo‘lnalishlarda xarakatning o‘ng tashqi tasmasida 
o‘tkaziladi. 
Yo‘lchovlar stvorlarining kattaligi va stvorlar orasidagi masofalar mustaqil va 
yo‘lchov uchastkalarning uzunligiga qarab qabul qilinadi. Vizual baholaganda Yo‘l 
izining ko‘rsatkichlari taxminan bir xil byo‘lgan uchastka mustaqil uchastka 
hisoblanadi. Bunday uchastkaning uzunligi 20 m dan bir necha km gacha o‘zgarishi 
mumkin. Mustaqil uchastka har biri 100 m lik yo‘lchov uchastkalariga byo‘linadi 
[39]. 
Agar mustaqil uchastkaning umumiy uzunligi har biri 100 m lik yo‘lchov 
uchastkalarining butun soniga teng byo‘lmasa, qo‘shimcha qisqa yo‘lchov 
uchastkasi ajratiladi. Butun mustaqil uchastkaning uzunligi 100 m dan kam 
byo‘lganda ham qisqa yo‘lchov uchastkasi belgilanadi. 
Har bir yo‘lchov uchastkasida bir-biridan teng masofada 5 ta yo‘lchov 
stvorlari ajratiladi (100 metrlik uchastkada har 20 m oralab), ularga 1 dan 5 gacha 
raqamlar beriladi. Bunda avvalgi yo‘lchov uchastkasining oxirgi stvori 


keyingisining birinchi stvoriga aylanadi va 5/1 raqamiga ega byo‘ladi. 
Qisqa yo‘lchov uchastkasi ham bir-biridan teng masofada joylashgan 5 ta 
stvorlarga ajratiladi [39]. 
Reyka tashqi Yo‘l izining bo‘rtib chiqqan joylariga yotqiziladi va har bir 
stvorda Yo‘l izining eng katta chuqurligiga mos kelgan nuqtada vertikal 
o‘rnatiladigan tayoq yordamida bitta hisoblash nuqtasi 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish