isloh qilishda etakchi kuchlardan hisoblanadi. Ta’lim earayonida kutilgan natijaga
ta’lim orqali bolalarning nutqiy kamchiliklarini to`liq yoki qisman bartarf qilib,
ularni umumiy o`rta ta’lim yoki maxsus maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Korreksion ta’lim muvaffaqiyatidagi nutqiy kamchilik, uning turi, og’irlik
darajasini to`g’ri va o`z vaqtida aniqlash hamda bartarf etish, tegishli
mashg’ulotlarni barvaqt boshlashga bog’liq.Bu jarayonga logoped – tarbiyachilar
ham yangicha yondoshib, samarali izlanib ishlashlari maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar jismonan, ma’nan va ruhan rivojlanib, shaxs
sifatida shakllanishlari uchun zamonaviy ta’lim va tarbiyaning eng sinalgan
Bu dunyoda har bir inson betakror – o`z qobiliyati va fikrlash tarziga ega.
Muammoga individual yondoshish ta’lim – tarbiya har tomonlama rivojlanishi va
emotsional to`liqlikni ta’minlaydi. Natijada bolaning individual qobiliyati, ruhiyati
va xulqi shakllanib boradi. Nutqiy kamchiligi bo`lgan bolalar bilan ishlash uchun
logoped – tarbiyachilar avvalo o`z xonalarini hozirgi davr talabi asosida
50
jihozlashlari kerak. Logoped xonasi toza, saranjom – sarishta, barcha qulayliklarga
ega bo`lishi, bola unda qiziqarli o`yinlar bilan shug’ullanishi uchun imkon topishi
kerak. Ana shunda barcha mashg’ulotlarni noan’anaviy va qiziqarli o`tkazish
uchun sharoit tug’iladi. Predmetli – rivojlantiruvchi muhit faqat guruxlar bilan
birga, logoped xonasida ham vujudga keltirsa, bolalar yanada rag’batlanadi. Ular
mustaqil ravishda stellaj, devorda osilgan cho`ntakchali gilam – uycha, daraxt va
boshqa xohlagan o`yinchoqlar yordamida “Kuz”, “Oila”, “Maktab” mavzularida
o`yin uyushtiradilar, kiyimlarini modellashtirib, turli gullardan guldastalar
tuzadilar.
Ijod muhitini kuchaytirish maqsadida esa har xil, jumladan, “Kim ko`p “m”
tovushiga predmetli rasm chizadi? ” mavzusida tanlov o`tkaziladi hamda unda
qatnashuvchilar uchun zarur shart – sharoitlar yaratib beriladi. Tanlovda g’olib
chiqqanlar rasmi “Haftamiz yulduzlari” nomli stendida joylashtirilishi barchaga
rag’bat bag’ishlaydi.
Predmetli – rivojlantiruvchi muhit doimo yangilanib turilishi va bolalar bu
o`zgarishni sezishlari lozim. Masalan, “Bilmasvoy olib kelgan konvertni ochingda,
yozuvdan tushib qolgan harfni joy – joyiga qo`yib o`qing yoki so`z boshidagi
tovushni so`z oxiridagi tovushga qo`shib, so`zni o`qing ”, deb topshiriq beriladi.
Yerga to`shalgan gilimcha relaksiya (mushuklarni bo`shashtirish) orqali turli
o`yinlar o`ynashga yordam beradi. Kerak bo`lsa, magnitli tasmada yozilgan
yomg’ir yog’ishi, qushlar ovozi va hakozolardan ham foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: