Amerikada bu sindromga chalingan juftlikdan sog‘lom farzandlar dunyoga keldi
“Daun sindromi Amerika Milliy Jamiyati” vakili Sara Jo Solderi “Daun sindromli bolalarni dastlabki rivojlanish va inklyuziv ta'limga tayyorlash dasturi” mavzuida Amerika tajribasidan kelib chiqqan holda maxsus o‘quv darslarini o‘tib berdi. Daun sindromli bolalar bilan ishlashning zamonaviy usullari xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Bunday sindromga ega bolalarning kelajagi borligi ular ham oila qurishga haqliligi bilan birga bu toifadagi insonlardan sog‘lom farzandlar dunyoga kelishi mumkinligi aytildi. Mahorat darslarida Amerika davlatidagi xuddi shu dard bilan kasallangan insonlar turmush qurgani, ulardan sog‘lom farzandlar dunyoga kelgani dalil sifatida keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |