Indeks tushunchasi.
Indeks so'zi lotincha "Index" atamasidan olingan bo"lib, belgi, ko'rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin. har qanday ko'rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks so'zi pochta. poligrafiya va boshqa tarmoqlarda tartib raqami ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa. ushbu so'z butunlay boshqa ma’noga ega. Statistik indeks — bu bevosita qo'shib bo’lmaydigan bo'laklardan tashkil topgan ikki to'plamni taqqoslashdir. Bevosita qo'shib bo'lmaydigan hodisalarni vaqt bo'yicha yoki makonda o'zgarishini baholash uchun ularni mutlaq yoki o'rtacha hadlari bilan o'zaro taqqoslab boimaydi. Bu ishni bajarish uchun indeks metodining maxsus usullarini qo'llash kerak. Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo'lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotning moddiy natural formulada o'zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug'iladi. Bu kabi muammolami yechish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi. baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi. Mahsulot hajmini taqqoslaydigan bo'lsak, uni moddiy natural formadan qiymat formasiga o'tkazish kerak. ya’ni mahsulot unsurlari (miqdor va baho) o'zaro ko’paytiriladi. Lekin. bir narsani esda saqlash zarur, mahsulot qiymatining o'zgarishi ikki omilga, ya'ni lining miqdori va bahosining o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Mahsulot qiymatini taqqoslash bilan biz indeks metodi oldiga qo'- yilgan vazifani hal qilmaymiz. Bizning maqsadimiz barcha mahsulotlar bo'yicha birgalikda miqdorning yoki bahoning o'zgarishini o'rganish edi. Bu maqsadga erishish uchun. ya'ni turdosh mahsulotlarning hajmi qanday o'zgarganligini bilish uchun taqqoslashdan oldin taqqoslanuvchi va taqqoslanadigan davrlarda mahsulot hajmi o'zgarmas (bitta davr) baholarda hisoblaniladi. agar bahoning o'zgarishini o'lchamoqchi bo'lsak. mahsulot miqdorining ta'sirini yo'qotish kerak. Bu indeks metodining o'ziga xos xususivatidir. Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo'yicha va hududiy o'zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o'rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo'linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Indeks metodi o'rtacha ko'rsatkichlarning o'zgarishini o'rganishda ham keng qo'llaniladi. Masalan. joriy davrda o'tgan davrga nisbatan turdosh tovarlar uchun o'rtacha baho o'zgarishini o'rganmoqchi bo'lsak. joriy davrdagi o'rtacha bahoni o'tgan davrga bo'lantiz. Ma'lumki. o'rtachalarning o'zgarishiga faqat o'rtalashtirilayotgan belgining o'zgarishi emas, balki shu to'plam tarkibining o'zgarishi ham ta'sir qiladi. Demak. o’rtachaning o'zgarishiga ikki omil ta'sir ko'rsatadi. Bu omillar ta'sirini baholash uchun statistikada o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli hamda tarkibiv siljishlar indekslari hisoblanadi. Indekslar to'plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo'linadi. Individual indekslar to'plamning ay rim elementlarining o'zgarishini ta'riflaydi. Masalan. Toshkent shahrida 10 ta dehqon bozori mavjud. Hammasida oltna. uzum, shaftoli va boshqalar sotiladi. Mana shu sotiladigan mahsulotlardan bittasining bahosi voki miqdorining o'zgarishini o'rganmoqchi bo'lsak. individual indeksni qo'llaymiz. Barchasi bo'yicha o'rganmoqchi bo'lsak. umumiy indeks qo'llaniladi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo'linadi. Baza o'rnida qabul qilingan ntiqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli. o'zidan oldingi davr bilan taqqoslansa. zanjirsimon indekslar deyiladi. Indekslashtirilavotgan ntiqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar ntiqdor (fizik hajm) va sifat ko'rsatkichlari indekslariga bo'linadi. Indekslar nazariyasida qaysi ko'rsatkich indekslashtirilsa. u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so'zi o'rniga indekslashtirilavotgan belgi va lining vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo'lsa. indekslashtirilavotgan belgi baho hisoblansa. uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi. Indekslarni bevosita hisoblashishga kirishishdan oldin shu metodda qo'llaniladigan ramziy belgilar bilan tanishib chiqavlik. Hodisaning miqdori (fizik hajmi)-q: narxlar-r; tannarx - s: unumdorlik—со harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko'rsatkichi "1" satr osti ishorachasi. o'tgan davr esa "0" bilan ifodalanadi. va "I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi. - yig'indini bildiradi. Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
mahsulot fizik hajmi individual indeksi
Bu yerda: q1 va q0 - joriy va o‘tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot fizik hajmi. Bu indeks, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt. hudud va obyektlar bo‘yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o'zgarish xarakterlavdi.’
Baho individual indeksi - =
Bu yerda: va - joriy va o'tgan davrlarda mahsulot bir birligining bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi =
Bu yerda: va - joriy va o'tgan davrlarda mahsulot birligining tannarxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |