Davronov nurzod ismoilovichning



Download 24,02 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi24,02 Kb.
#843894
  1   2
Bog'liq
malakaviy амалиёт 4 курс хисоботи




JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI 7-4JMS-18 GURUH TALABALARI BILAN UMUMTA’LIM MAKATABLARIDA 2022 -YILNING 5-MAYDAN 2-IYUNGACHA MALAKAVIY AMALIYOT O‘TAGANI HAQIDA USLUBSHUNOS
DAVRONOV NURZOD ISMOILOVICHNING
H I S O B O T I

Jismoniy madaniyat fakulteti 7-4JMS-18 guruh talabalari o‘quv rejasiga asosan Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabalari joriy yilning 5-maydan 2-iyungacha malakaviy amaliyotga jalb qilindilar:


Joriy o‘quv yilning 5-may kuni Jismoniy madaniyat fakultetining 4-kurs talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda ularga biriktirilgan uslubshunoslar ishtirokida malakaviy amaliyotga chiqish munosabati bilan konferensiya tashkil qilinib o‘tkazildi.
O‘tkazilgan konferensiyada talabalar malakaviy amaliyot uchun zarur bo‘lgan uslubiy topshiriqlarni oldilar, biriktirilgan o‘quv yurti, uslubshunoslar, amaliyot hujjatlarini yuritish tartibi bilan tanishdilar.
Menga 21 nafar talaba biriktirildi. Ular bilan Buxoro shahar 41-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 2022-yilning 5-maydan 2-iyungacha malakaviy amaliyotni o‘tadik.
Malakaviy amaliyot boshlangan kundan boshlab maktab direktori, direktorining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovinlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan suhbat tashkil qilinib o‘tkazildi.
Malakaviy amaliyotni o‘tash uchun talabalarga bittadan sinf biriktirildi. Malakaviy amaliyotning birinchi haftasida talabalar maktabning jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv-uslubiy bazasi bilan tanishdilar, maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sport maydonchalarini, sport zallarini dars o‘tishga tayyorlashda yaqindan turib amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Malakaviy amaliyotning birinchi va ikkinchi haftasida talabalar biriktirilgan sinflarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darslarni kuzatdilar, dars o‘tish metodlarini o‘rgandilar, sinf o‘quvchilari bilan yaqindan tanishdilar. Haftalik shaxsiy ish rejalari, kundalik va hisobot hujjatlarini yuritish yo‘lga qo‘yildi.
Malakaviy amaliyot davrida har bir talaba o‘rtacha 6-8 tadan biriktirilgan guruhlarida jismoniy tarbiya darslarini biriktirilgan jismoniy tarbiya o’qituvchilari bilan birgalikda o‘tdilar. Dars ishlanmalari talabalarning hisobot hujjatlarida qayd qilinib borildi. O‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalar ishtirokida muntazam tahlil qilindi va talabalarga doimiy ravishda metodik tavsiyalar berildi, yo‘l qo‘yilgan xatolari va kamchiliklari o‘z vaqtida ko‘rsatilib va ularni tuzatish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ko‘rsatildi.
Amaliyot davrida talabalarga maslahatlar berish faqat darslar, darsdan tashqari tadbirlarni ishlab chiqishga yordam ko‘rsatishda emas, balki talabalarning o‘z qobiliyatlarini yaxshi amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratildi.
Talabalar bajargan topshiriqlar tahlili (xuddi konsultatsiya kabi) ularning malakasi, shaxsiy va psixik xususiyatlarini baholashga qaratildi, ya’ni talaba tashkilotchilik malakasini qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshira olganligi, pedagogik taktikani ko‘rsata olganligi, hamdardlik bildirish, kayfiyatni ko‘tarish, o‘zidagi asabiylashishni yengish va hokazo kabi xususiyatlarni namoyish eta olganligi baholandi. Har bir topshiriqning bajarilishi tanlangan darajaviy mezonlar yordamida baholandi, u yoki bu talabaning malakasi qay darajada namoyish etilishi aniqlandi.
Amaliyot tahlili ko‘rsatishicha, malaka nafaqat vazifasiga ko‘ra, balki harakatlar hajmiga ko‘ra ham turlichadir – ko‘pincha ular kompleks holatida bo‘ladi. Shu bois, bu malakalarni shakllantirish ham, tashxislash ham murakkab. Lekin faoliyat natijalarini nazorat qilish va baholashga darajaviy yondashuv mutaxassislarni tayyorlash amaliyotida mustahkam va keng o‘rin egallamoqda.
Bizlar talabalarning malakaviy amaliyot natijalarini nazorat qilishda quyidagi mezonlarga rioya qildik:
1-daraja (nol) – talaba pedagogik malakaga ega emas, kasbiy harakatlarni ichki sezgi bilan amalga oshirishga harakat qiladi, lekin muvaffaqiyatsiz chiqadi.
2-daraja (reproduktiv) – talaba ongli ravishda bilimlarini amalda qo‘llashga harakat qiladi, tizimlilik va fikrlash egiluvchanligining yo‘qligi bois xatolarga yo‘l qo‘yadi, asosan misollar va namunalar asosida harakat qiladi.
3-daraja (produktiv) – talaba nazariy bilimlar va amaliy namunalar asosida kasbiy harakatlarni tanlash va amalga oshirishda mustaqillik ko‘rsatadi, asosan kasbiy harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradi.
4-daraja (ijodiy) – talaba kasbiy faoliyatini shaxsiy modellar negizida amalga oshirishga intiladi, o‘z harakatlarini ilmiy asoslay oladi, pedagogik malakani erkin egallaganini namoyish etadi.
Talabalarning pedagogik faoliyatini kuzatish jarayonida (sinov darslari, sinov-tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish paytida) ularning muvaffaqiyatli harakatlari (malakalari) va muvaffaqiyatsiz (xato) harakatlari qayd qilib borildi.
Malakaviy amaliyotiga jalb qilingan 21 nafar amaliyotchidan ___ nafar amaliyotchi muvafaqqiyatli yakunladi. ____ nafar talaba malakaviy amaliyot hujjatlarini taqdim etmadi.

Download 24,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish