2 Davriy sistema va uning tuzilishi
Davriy sistema va uning tuzilishi. Davriy sistemaning birinchi variantini 1869 yilda D.I.Mendeleyev tuzdi.D.I.Mendeleyev tuzgan bu sistemada 63 ta element bo'lib, o'xshash elementlar gorizontal qatorlarga joylashgan edi.Davriy sistemaning ikkinchi varianti 1871 yilda e'lon kilindi.Bu variantda o'zaro o'xshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan.D.I.Mendeleyev bitta vertikal qatorga joylashgan o'xshash elementlarni gruppa deb, xar qaysi ishkoriy metalldan galogengacha bo'lgan elementlar qatorini davr deb atadi.
D.I.Mendeleyev dastlab taklif kilgan davriy sistemaga keyinchalik birmuncha uzgarishlar kiritilib, davriy sistemaning xozirgi variantlari tuzildi. U yettita davr va sakkizta gruppadan iborat.
Xozir davriy sistemada 105 ta element bor. I, II va III davrlarning xar biri faqat birgina qatordan tuzilgan bo'lib, ularni kichik davrlar, IV, V, VI, va VII davrlar katta davrlar deyiladi. IV, V va VI davrlarning xar qaysisi ikki qatordan tuzilgan, VII davr tugallanmagan davrdir. Birinchi davrdan boshqa xamma davrlar ishkoriy metall bilan boshlanib inert gaz bilan tugaydi.
Kichik davrlarda ishkoriy metall bilan galogen orasiga 5 ta element, katta davrlarda 15 ta element (VI da 29 ta element) joylashgan. Shunga kura katta davrlarda bir elementdan ikkinchi elementga utganda elementlarning xossalari kichik davrdagilarga qaraganda bir muncha sustrok uzgaradi. Katta davrlar juft va tok qatorlarga ega. Xar qaysi katta davrda elementlarning xossalari ishkoriy metalldan inert gazga utgan sayin ma'lum qonuniyat bilan uzgarib boradi, bundan tashqari elementlarning xossalari xar bir juft qator ichida va xar bir tok qator ichida xam ma'lum ravishda uzgaradi. Shunga asoslanib, katta davrlarda kushalok davriylik namoyon bo'ladi deb aytiladi. Masalan, Be, Mg, Ca, Sr, Ba elementlaridan iborat gruppacha Zn, Cd, Hg elementlaridan tuzilgan gruppaga o'xshaydi. Xar ikkila gruppacha elementlarining maksimal valentligi ikkiga teng.Katta davrlarning juft qator elementlari faqat metallar bo'lib, metallik xususiyati chapdan ungga utgan sayin pasayadi.Tok qatorlarda chapdan ungga utish bilan metallik xossalari yanada zaiflashib, metallmaslik xossalari kuchayadi.
Davriy sistemada 57- element lantan va undan keyin 14 ta element lantanoidlar aloxida vaziyatni egallaydi. Bu 14 ta element uzlarining kimyoviy xossalari bilan lantanga va bir-birlariga o'xshaydi. Shuning uchun davriy sistemada bu 15 ta elementga faqat bitta katak berilgan. VII davrda 89-element va 14 ta aktinoidlarga xam bir urin berilgan. II va III davr elementlarini D.I.Mendeleyev tipik elementlar deb atagan. Xar qaysi gruppa ikkita gruppachaga bulinadi.Tipik elementlarga ega gruppacha asosiy gruppacha nomi bilan yuritiladi.Tok qatorlarning elementlari esa yonaki yoki kushimcha gruppacha deb ataladi.
Asosiy gruppacha elementlari kimyoviy xossalari jixatidan yonaki gruppacha elementlaridan farq qiladi.Buni VII gruppa elementlarida yakkol kurish mumkin. Bu gruppaning asosiy gruppacha elementlari (vodorod, ftor, brom, yod, astat) aktiv metallmaslar bo'lib, yonaki gruppacha elementlari (marganes, texnesiy, reniy)- xakikiy metallardir.
2015-yilning 30-dekabr sanasida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) tomonidan, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo‘shilganini e'tirof etgan edi. o‘sha paytda, davriy jadvalga yangi qo‘shilgan mazkur elementlarga vaqtinchalik nomlar berilgan bo‘lib, ular elementning jadvaldagi tartib raqamiga mos ravishda, ushbu raqamning lotinchadagi talaffuzi bilan muvaqqat nomlangan. Xususan, jadvalga qo‘shilgan 113- elementni "ununtriy" (so‘zma-so‘z tarjimasi "bir yuz o‘n uchinchi"), 115-elementni "ununpentiy" ("bir yuz o‘n beshinchi"), 117-elementni "ununseptiy" va 118-elementni "ununoktniy" deb nomlangan. Biroq, aytib o‘tilganidek, bu nomlar elementlarga vaqtinchalik biriktirilgan bo‘lib, ushbu elementlarni kashf qilgan olimlar va ilmiy laboratoriyalarga o‘z kashfiyotlari uchun nom berish huquqi taqdim etilgan. 8-iyun sanasida esa, IUPACning rasmiy saytida, ushbu 4 yangi kimyoviy element uchun rasmiy nomlar biriktirilgani haqida xabar e'lon qilindi.
IUPAC rasmiy xabariga ko‘ra, kimyo bo‘yicha eng nufuzli ushbu xalqaro ilmiy tashkilot Mendeleyev davriy jadvaliga qo‘shilgan yangi elementlarga, ularning kashfiyotchilarining takliflariga ko‘ra, quyidagi rasmiy nomlarni biriktirishga qaror qilgan:
113-element, ununseptiy uchun rasmiy nom sifatida "Nihonium", kimyoviy formula esa "Nh" etib belgilandi. Nihonium - ushbu element kashf etilgan mamlakat Yaponiyaning mahalliy xalq tilidagi nomlaridan biridir. Uning aynan ma'nosi "kunchiqar yurt" degani bo‘lib, mazkur elementni sintez qilishga muvaffaq bo‘lgan ilmiy dargoh - RIKEN instituti Yaponiya poytaxti Tokio yaqinidagi Vako shaharchasida joylashgan. Institutning yetakchi olimi professor Kosuke Morita boshchiligidagi ilmiy guruh, o‘zlari kashf etgan elementga ushbu nomni taklif qilar ekan bu bilan, 1908-yilda yana bir yapon kimyogari Masataka Ogava tomonidan amalga oshirilgan, davriy jadvaldagi 43-elementning kashf etilishi yo‘lidagi ulkan ilmiy ishlar uchun hurmat bajo keltirish, shuningdek, 2011-yilgi Fukusima fojiasidan keyingi odamlarda ilm-fanga nisbatan yo‘qolgan ishonchni qaytarishga umid qilishayotgani"ga urg‘u berib o‘tishgan. o‘rni kelganda eslatib o‘tish joizki, Nihonium Osiyo qit'asida kashf etilgan ilk kimyoviy element bo‘ldi.
115-raqamli, muvaqqat nomi ununpentiy bo‘lgan yangi kimyoviy elementga esa "Moskovium" (lotinchada "Moscovium") nomi berildi. Moskoviumning kimyoviy formulasi esa "Mc" tarzida qabul qilindi. Bunday nom berilishining sababi, ushbu element ilk bora kashf etilgan kimyoviy laboratoriya - Dubna yadroviy tadqiqotlar institutining Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida joylashganligidir. Bu orqali kashfiyotchi olimlar ushbu qadimiy rus tuprog‘ining nomini kimyo fanida ham sharaflashni maqsad qilishgan. Moskovium elementini Dubna Yadroviy Tadqiqotlar Birlashgan Instituti ilmiy jamoasi bilan birgalikda, AQSHning Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari hamkorlikda kashf etishgan. Ushbu hamkorlik natijasida Dubna va Livermor kimyogarlari shuningdek 117-element - ununseptiyni ham kashf etishgan edi. Moskoviumning nomi Dubnaliklar tashabbusiga ko‘ra taklif etilgan bo‘lsa, Ununseptiy uchun rasmiy nomni Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari tanlashgan. Ularning taklifiga ko‘ra, IUPAC 117-elementni "Tennisin" nomi bilan atab, unga kimyoviy formulasi sifatida esa "Ts" ramzini qabul qildi. Tennesin - AQSHning Tennesi shtati sharafiga ataldi. Buning boisi, mazkur elementning kashf etilishida ulkan xizmat ko‘rsatgan Lourens Livermor nomidagi Milliy Laboratoriya, Ouk-Rij Milliy Laboratoriyasi, Noksvilldagi Tennesi universiteti, shuningdek, Vanderbilt Universitetlarining aynan shu shtatda joylashganligidir.
118-element, ununoktniy uchun esa, Livermor laboratoriyasi va Dubna ilmiy jamoasi o‘zaro kelishib, og‘ir ionlarni tadqiq etish, yadro fizikasi va yangi kimyoviy elementlar sintezi sohalarida ulkan ilmiy muvaffaqiyatlarni qayd qilgan olim, professor Yuriy Oganesyan (1933-yilda tug‘ilgan) sharafiga "Oganesson" (kimyoviy formulasi "Og")deb nomlashni taklif qilishdi va IUPAC ushbu taklifni ma'qulladi.
Yangi kimyoviy elementlarga ushbu nomlarni biriktirish bo‘yicha IUPAC rasmiy tavsiyanoma e'lon qilgan va ushbu nomlar yuzasidan taklif va mulohazalar uchun 2016-yilning 8-noyabriga qadar davom etadigan ochiq muhokama tashkillagan. Muhokama yakuniga ko‘ra, IUPACning rasmiy hay'ati ushbu nomlarni rasman e'lon qiladi. Demak, yil oxirida mazkur 4 element, o‘ziga biriktirilgan rasmiy nom va kimyoviy formulalar bilan birgalikda barcha yangi davriy jadvallardan va kimyo faniga oid boshqa manbalardan o‘rin oladi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi tomonidan kimyoviy elementlarga nom berish bo‘yicha qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, u yoki bu kimyoviy element uchun nom berishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi:
a) Kimyoviy elementning xossalariga o‘xshash biror afsonaviy qahramon yoki, hodisa, shuningdek, biror astronomik obyekt nomi;
b) Kimyoviy elementni ko‘p miqdorda o‘zida tutuvchi tegishli mineral yoki modda nomi;
c) Kimyoviy element kashf etilgan joy nomi, yoki geografik hudud;
d) Elementning biror-bir yaqqol ajralib turuvchi xossasi;
e) Elementni kashf etgan olim.
Ko‘rib turibmizki, bu safar, yangi kashf etilgan 4 elementdan uchtasi, qoidalarning "c" bandiga ko‘ra, yana bittasi esa "e" bandiga ko‘ra nomlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |