INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TARAQQIYOT
BOSQICHLARI
Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat rivojlanishining har bir
bosqichida turli ko‘rinishlarda rivojlanib borib, turli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Unga
inson miyasining quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda,
axborot almashinishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‘zaki
hikoyalarida yig‘ilishi xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib borishi, insoning
tabiy imkoniyatlari tufaylidir. Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari,
insonlarning axborot to‘plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‘zgarib borgan.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-bosqich amalga
oshirilgan.