Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr:
v
Fоmchеnkо А. O’rtа аsrlаr tаriхidаn izоhli lug’аt. T., 1979.
v
Sеmеnоv V.P. O’rtа аsrlаr tаriхi. T., 1973.
v
Entsiklоpеdichеskiy slоvаr. M., 1987.
v
Istоrichеskаya entsiklоpеdiya. T. 1-12. M., 1962-1972.
v
O’z.M.E. 1-2 jild. T., 2000.
v
Mаhmudоv E. Tаriхiy аtаmаshunоslik. // Mа’ruzаlаr mаtni., 2002.
47
6-mаvzu. O’rtа Оsiyo хоnliklаrining tаriхiy аtаmаlаri.
Reja:
1.
Хоnliklаrning mа’muriy bоshqаruv tizimi bilаn bоg’liq tаriхiy аtаmаlаr.
2.
Hаrbiy vа diniy mаvzudаgi tаriхiy аtаmаlаr.
3.
Хоnliklаrning iqtisоdi bilаn bоg’liq аtаmаlаr.
O`rta Osiyo xonliklarining geosiyosiy o`rni.
Buxoro amirligi o`zbek xonliklari orasida o`zining hududiy o`rni, aholiey va tabiiy
resurslari jixatidan muhim mavkega ega edi.
XIX asrga kelib Buxoro amirligining hududi qariyib 200 ming kv.km.ni tashkil etdi. Uning
chegaralari janubda Amudaryoning so`l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho`zilib qozoq
juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik SHarqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi
chegaralarigacha bo`lgan hududni egallardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar
joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va
Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnixon, Panj daryolari
vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob
daryosi voxalaridagi erlar ham Buxoro amirligiga qarar edi.
Xiva xonligi janubda eron, sharada Buxoro amirligi, G’arbda Kaspiy dengizi, shimolda
qozoq juzlari bilan chegaradosh bo`lgan Suvsiz va poensiz Korakum, qizilkum sahrolari Xiva
xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo`ygan edi. Amudaryo soxillarida
joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Ko`hna Urganch, Xazorasp, Ko`ng’irot, Xo`jayli, Kurdar
(hozirgi CHimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. Xiva shaxri O`rta
Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo`lib, 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti
bo`lgan.
Qoraqalpoklar yashaydigan Amudaryoning quyi xavzasi va Orol dengizining janubiy
qirg’oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi.
XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon xonligi hududiy jixatdan O`rta Osiyodagi yirik
davlat edi. Xonlik SHarqda SHarqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan
chegaradosh bo`lgan. Qo`qon xonligi bilan Rossiya o`rtasida Mirzachul va Muyunkul chullari
yastanib etgan.
Xonlikning janubiy chegaralari Korategin, Kulob, Darvoz, SHurnon singari tog’li
o`lkalarni o`z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez — tez to`qnashuvlar
bo`lib turgan.
48
Qo`qon xonligining hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o`laroq, sersuv
daryolar, sulim vodiylar, serhosil erlarga boy edi. Xonlikning markazi Qo`qon, Marg’ilon,
O`zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farrona vodiysi edi. Toshkent,
Turkiston, CHimkent, Avliyoota, Pishpak, So`zak, Okmachit kabi yirik shaharlar ham Qo`qon
xonligi tasarrufida edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |