xarf
mavjudligi ta`kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so`g’d yozuvi
yodgorliklarida xarflarning umumiy sonida farqlar bor. So`g’d yozuvining milodning boshlariga
oid qadimgi na`munasi Samarqand yaqinidagi Toli barzu degan joydan topilgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti
Xvariazm («Avesto»da), Xvarizmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon)
asarlarida yozib qoldirilgan.
6
So`g’diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi,
Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. YOzma manbalarda u
Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. YUnon–rim
mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan
Massagetlar
– Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av.
VI – IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar xaqida fanda xar xil
qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, Massagetlar nomi «muso» — «baliq» so`zidan
kelib chiqqan bo`lib, «baliqxo`rlar» ma`nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida
massagetlarning «mae», «saka» va «ta» so`zlaridan iborat bo`lganligi va saklarning katta
uyushmasi degan ma`noni bildirishi aniqlangan. YUnon tarixchisi Gerodotning ta`riflashicha,
massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, otlarning ko`kraklariga sovut kiydirganlar.
Massagetlar o`z podshosi
To`maris boshchiligida eron bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Mil.
av.gi VI asrda ular o`z erlarini boshqa qabilalar xujumidan himoya qilish maqsadida harbiy
qabila ittifoqiga birlashganlar.
Saklar
— milodan avvalgi I ming yillik va milodning boshlarida O`rta Osiyo va SHarqiy
Turkistonning shimoliy — SHarqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Qadimgi fors
manbalarida saklar uch guruhga bo`linganligi ko`rsatilgan:
1) saka — xaumovarka;
2) saka — tigraxauda;
3) saka — tiaytaradarayya.
Saklar forslar armiyasi tarkibida yunon—fors urushlarida qatnashgan. Aleksandr
Makedonskiy, so`ngra salavkiylar o`zlarining O`rta Osiyodagi mulklariga xavf solgan saklarga
qarshi kurash olib borganligi manbalarda qayd qilingan. Mil. avv. II asr o`rtalarida saklar boshqa
ko`chmanchi qabilalar bilan birga Parfiya podsholigi erlariga bostirib kirganlar. Ammo ular
qattiq qarshilikka uchrab Darang’iyonga siqib chiqarilgan. Saklar Darang’iyonada o`troq
joylashganligi uchun unga Sakiston, ya`ni Saklar mamlakati deb nom berilgan.
Day
— mil. av.gi V — IV asrlarda Sirdaryoning quyi oqimlari atrofida yashagan sak
(shak) qabilalaridan ayrim manbalarda ularning daxlar, toxarlar deb ham atashgan. Spitamen
Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo`shin to`plagan. Mil. av.gi
IV asr oxiri — III asr boshlarida Sirdaryoning o`rta va quyi oqimida yashagan saklarning Qang’
davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarning Qang’
davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib
kirishga majbur bo`lishgan. Mil. av.gi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda
Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatta asos soldilar. SHundan so`ng bu
o`lkaning nomi Toxariston deb atala boshlagan.
7
O`rta Osiyodagi davlat birlashmalari shakllanmasdan oldingi davr
Do'stlaringiz bilan baham: |