Fetoplatsentar tizim
maxsus endokrin tizim bo'lib, u homiladorlik davrida ona
va homilaning o'zaro murakkab moslanish jarayonlarini
ta'minlab turadi.
Fiziologik tug'ruq
fiziologik, ya'ni ona va homila uchun asoratsiz kechadigan,
davrlari normal davom etuvchi, homila boshi ensa bilan
yotishining oldingi turidagi tug'ruq.
Hayz ko'rish
bachadondagi siklik o'zgarishlarining deskvamatsiya fazasi
bo'lib, bachadondan qon ketishi bilan ifodalanadi. Normal
hayz sikli davomida hayz ko'rish davomiyligi 7 kundan va
ketgan qon miqdori 80 ml dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |