104
SE ning kuyidagi morfologik variantlari bor atrofik, bunda bez atrofiyasi, stroma fibrozi, limfoid
elementlari infiltratsiyasi uchraydi. Kistoz agar fibroz to`qima bezning chikish kanalini kisib, bez
ajratmasining tuplanuviga olib keladi va kista hosil bo`ladi. SE ning spesifik makroskopik uzgarishi
bulmaydi. Uning yuzasida seroz gemorragik va yiringli ajralma kuzatiladi. Endometrit kalinlashib o`nga
kirganda ko`p material olinadi. Kam xollarda fibroz chandik hosil bo`lib bepushtlikka olib keladi. Diagnoz
kuyish uchun gistologik kriteriya limfoid elementlaridan, plazmatik kletkalar, leykotsitlardan hosil bo`lgan
infiltrat bo`lib xisoblanadi.
Spiral arteriyalar sklerozi endometriyaning chukur va yuza bo`limlarida kuzatiladi. SE ning
kuzgatuvchi morfologlar SE plazmatik xujayralarni albatta bo`lishini kuzatganlar. Plazmatik kletkalar bu
V – limfotsitlarning yalliglanish regulyatsiyasi, shu bilan regeneratsiyasi xamma organda gormonal,
immun, endokrin faktorlar bilan amalga oshiriladi.
Morfologik va funksional endometriydagi uzgarishlar MNS patologik afferentatsiyasiga olib keladi.
Gipotalamo – gipofizar sistema uzgarishi sababli tuxumdon endokrin funksiyasi kamayadi va ko`p xollarda
ovulyatsiya protsessi buziladi.
KLINIKA: Kasallik klinikasi endometriyda patologik uzgarishlar sukurligi va davomiyligining uzida aks
ettiriladi. Endometriyning transformatsiyasi yetarli bo`lmagani uchun deskvamatsiya va regeneratsiya
protsesslari buziladi va shu sababli menstruatsiya oldi va keyingi qon ketishlarga sabab bo`ladi. Hayz
o`rtasida qon ketish ovulyatsiya davrida qon tomirlari o`tkazuvchanligi oshishi sabab bo`ladi.
Qon ketish sabablaridan biri bachadon muskulaturasining kiskarishi buzilishi va trombotsitlarning
agregasion xossasi uzgarishidir. Qon ketishdan tashqari bu kasallarda sekretor funksiyasi buziladi
(serz, seroz – yiringli ajralmalar keladi). Doimiy shikoyatlari qov ustida og`riq bachadonning biroz
kattalashuvi va kattiklashuvi aniqlanadi. SE chatishish bo`ladi, leqin endometriydagi uzgarishlar
implantatsiyaga va tuxum xujayralarining rivojlanishiga tusqinlik qiladi. Bu homila tushishiga va
bepushtlikka olib keladi. Aniq informatsiya olish uchun bachadondan 8 – 1 % kuni kirma olish kerak.
DAVOSI: Utkir davrda mikroblar sezgirligiga karab polusintetik penisillin, kanamisin, gentamisin
buyuriladi. Dori lozasi va davomiyligi kasallik ogirligiga karab buyuriladi. Ko`p xollarda anaerob
kushilishi sababli metranidazol buyuriladi. Infuzion, desansibilizatsiyalovchi, umumiy kuvvat dorilar
buyuriladi. SE kompleks davo ( umumiy kuvvat, sedativ, desenbiyalovchi, vitaminlar) qo`llaniladi.
Fizioterapik davolash gemodinamikani, tuxumdon shishini endometriya reseptorlari aktivligini oshiradi.
Endometriya uziga antibiotiklar yuborish yuqori natija beradi. Bachadon ichi dializi yaxshi natija beradi,
buning uchun dimeksid, lidaza, novokain, dimedrol ishlatiladi.
Bachadon qon ketishiga karshi gemostazdan tashqari aminokapron kislotasi ishlatiladi. U 3-5 ml 5-7
kun ishlatiladi. Xlamidiy ko`p uchrashish uchun tetrasiklin buyuriladi. Antibiotiklar kasallik kuziganda
buyuriladi. FTD SE davosida asosiy urinni egallaydi. U kasallik davomiyligini, kasal yoshi, tuxumdon
funksiyasiga karab buyuriladi. (Strugaskiy V.M. 1980 y.). SE va salpingoofaritda UZI impulsiv rejimda, 35
yeshdan katta bulsa, elektrofarez rux va yod bilan buyuriladi. Kurort davo effektivligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: