Qin va bachadonning ikkiga ajralgan holati.
Bu asosan Myuller iplarining bir –biri bilan qo‗shilmaganligidan vujudga keladi. Agar har ikkala
tomondagi Myuller iplari bir –biriga yaqinlashib qo‗shilsa, unda bitta bachadon va bitta qin vujudga
keladi. Ba‘zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlansa, ularda bo‗shliq bulmasligi xam mumqin. Ba‘zan
bachadon bo‗shlig‗i qisman saqlangan bo‗ladi. Bunday hol qinda ham uchraydi, bu xar ikki tomondan yoki
faqat bir tomondan ko‗rinishi mumqin.
Qin va bachadon bo‗shliqlari bo‗lmasligi, ba‘zan bachadon va qin butunlay bo‗lmasligi yoki
qisman bshlishi mumqin. Yana shunday xollar ham uchraydiki, bachadon va qin go‗yo normal ko‗nishiga
qaramay (bitta bachadon va bitta qin), ularning ichki tomoni o‗rtasidan to‗siq bilan to‗silgan bo‗lib, shu
to‗siq tufayli qin va bachadon ichi ikkiga bo‗lingan bo‗ladi. Ko‗pincha bachadon va qin ikkiga bo‗lingan
ichi ikkiga bo‗lingan bo‗ladi. Ko‗pincha bachadon va qin ikkiga bo‗lingani holda, ularning har ikkalasi
xam normal taraqqiy qilib, faoliyati jixatidan ham deyarli normal bo‗lishi mumqin. Ammo bunday
bachadonlarning har birida bittadan qo‗shimcha bo‗lib tuxumdon ham bitta bo‗ladi. Bachadon bo`yni
xamda qin ikkitadan va ular mustakil bo`ladi. Ba‘zan bitta bachadon va qin tulik sifatli bo`lishi yoki
ikqinchisi xam yaxshi yoki xar ikkalasi xam taraqqiy kilmay kolgan bo`lishi xam mumqin. Ko‗p xollarda
bachadon va qin ko‗shaloq bo‗lib xar ikkala
bir –biriga yaqin joylashgan, ba‘zan fakat pastki kismlari bir –biriga yaqin bo‗ladi. Qushalok qinning bittasi
ochik, ikqinchisi bitgan bulsa, birinchi va ikqinchi hayzlardan ajralgan qon anna shu qinga to‗planib qoladi.
Agar bachadon bo‗yni berk bo‗lsa, unda qon bachadonga to‗planadi, shu yo‗sinda bachadonda qo‗shimcha
shox ham bo‗lishi mumqinva qiz bola hayz ko‗rganida (agar shu shox bo‗shltg‗i bachadon bo‗shlig‗iga
qo‗shilmagan, berk bo‗lsa) ajralgan qon shu bachadonga to‗planib borib, gematometra yuz beradi. Bemor
operatsiya qilinib, shu bachadon shoxi olib tashlanadi. Mobodo qinga yoki shu bachadoga quyilgan qonga
infeksiya tushsa, unda og‗ir infeksion jarayon yuz beradi. Ayollarda ana shu qo‗shimcha homiladorlik
vujudga kelsa, bu bachadondan tashqarida ro‗y bergan homiladorlik deb atalib, og‗ir oqibatlarga , ya‘ni
bachadon yirtilishi kuchli qon ketib, ayolning o‗limiga sabab bo‗ladi.
Ba‘zan qo‗sh bachadon, qo‗sh bo‗yin bo‗lib, qin yarmidan boshlab faqat to‗siq bilan ajralgan bo‗ladi.
Bachadon ikki shoxli, bitta bo‗yinli va bitta qinli bo‗lishi ham mumqin. Yoki bachadon egarsimon va
ba‘zida to‗siqli bo‗ladi. Ko‗pincha bitta shoxli bachadon bo‗ladi. Siydik va jinsiy to‗siqning nuqsoni bo‗lib,
shu sababli tashqi chiqaruv yo‗li qinga kirish yo‗liga, qizdik pardasidan pastroqqa joylashadi. Anus
vaginalis da esa, to‗g‗ri ichak teshigi qinga qarab ochiladi. Bu xildagi nuqsonlarda to‗g‗ri ichak teshigining
qisadigan halqasi yaxshi taraqqiy qilganligi sababli, axlat oqib turmaydi, ammo ich kelganida axlat shu
ichak teshigi ochilgan joydan chiqadi. To‗g‗ruq jarayonida to‗g‗ri ichak xatto yirtilib ketishi xam mumqin.
Buning davosi –to‗g‗ri ichak chiqaruv teshigini jarroxlik yo‗li bilan asl joyiga o‗tkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |