Davolash ishi fakulteti



Download 286,64 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2022
Hajmi286,64 Kb.
#472140
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5291923192170942538

Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi». Shifokor bemor bilan ma'lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi kerak. Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo'lishi uchun marom, urg'u va takror to'g'ri belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg'unlashuvi, so'zlaraniq hamda to'g'ri talaffuz qilinishi muhimdir. Zero, xalqimiz - kishining jamoli tilidir, deydi. Biz esa shifokorning mahorati va malhami tilidir, degimiz keladi.

Deontologiya qonun-qoidalarining tibbiyot amaliyotida to'g'ri joriy qilinishi tibbiyot xodimining ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog'langandir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida shifokor, hamshiralarning bemorlar bilan deontologik munosabatlari turlicha kechgan. U zamon talabiga qarab o'zgarib borgan. Shifokor deontologiyasi hamshira bilan bemor o'rtasidagi munosabatni ham o'z ichiga oladi. Hamshiraning butun bilimi, burchi, odobi, xatti-harakati bemorda unga nisbatan ishonch uyg'onishiga qaratilgan bo'lishi, ya'ni bemorda dardimga faqat shu shifokor, hamshiragina malham bo'la oladi, degan umid paydo qila olishi kerak. Buning uchun hamshira bemor bilan muloqotning yuksak san'atiga ega bo'lishi lozimdir.

Tibbiyot xodimi biron bir a'zo yoki tizim (sistema)larning kasallanishidan tashqari, avvalo insonni, undagi bemorlikni va uning salomatligi borasida chekayotgan tashvishini ko'ra olishi kerak. Hamshira shifokor belgilagan davolashni amalga oshirar ekan, bemorni parvarish qilish sohasidagi vazifaning anchagina qismini o'z zimmasiga oladi, bunda psixoterapevtik ta'sir ko'rsatish usullaridan foydalanadi va tibbiyot bioetikasi va deontologiyasi tamoyillariga rioya qiladi

Deontologiyada «yatrogeniya» tushunchasi bor. Bu shifokorning yoki hamshiraning farosatsizligi, nojo'ya ko'rsatmalari, qo'pol xatti-harakatlari. bilimsizligi va loqaydligi, qisqacha aytganda, tibbiyot xodimlarining aybi bilan paydo bo'lgan yana bir kasallikdir. Bu buyuk tib allomasi Buqrotning «Primun non nocere», ya'ni «Bemorga eng avvalo zarar keltirma» degan deontologik naqlining buzilishi oqibatidir. Bunday kasallik bugungi kunda uchraydigan xastaliklarning taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Bu shifokorlar va hamshiralar orasida hali o'z deontologik burchini to’la tushunib yetmaydiganlar borligidan darakdir. Shuningdek, egrotogeniyalar, ya'ni bir xasta kishiga boshqa bir bemor so'zining salbiy ta'siri ham mavjud. Shifoxonada ba'zi bir bemorlarning o'z xonasidagi xasta qo'shnisiga ma'lum darajada ta'siri sezilib, u ruhiy tanglikni, xavotirni keltirib chiqaradi.


Download 286,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish