KECHISHI - Asosiy birlamchi kasallikka, hamda mazkur jarayonning o’ziga bog’liq. Buyrak amiloidozining umumiy kechishi davomati 2 yildan 10 yilgacha, lekin xastalikning klinik belgilari ifodalangan davrda bemor hayoti qisqarishi mumkin
ASORATLARI - Ko’pincha asosiy kasallik, hamda boshqa a’zo va sistemalarda amiloidoz darajasi bilan ifodalanadi:
- buyrak venalari trombozi rivojlanadi, bu holat gematuriya, bel sohasida og’riq, jadallashuvchi proteinuriya va oliguriya bilan kuzatiladi, ko’pincha interkurrent infeksiya, fibrinoz – yiringli peritonit, astsit qo’shiladi, natijada buyrak yetishmovchiligi va uremik koma bilan ifodalanadigan ikkilamchi burishgan buyrak rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |