Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t



Download 31,37 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi31,37 Kb.
#19518
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



21 Mavzu: O’pkada bo’shliq sindromi (o’pka absessi, bronxoektaz kasalligi misolida).

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

21 Mavzu: O’pkada bo’shliq sindromi (o’pka absessi, bronxoektaz kasalligi misolida).

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: . kafedra,auditoriya , pulmonologiya bolimi..

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

3.1 . Anamnez va klinik malumotlar asosida opka abscessi, bronxoektatik kassaliklarni taxmin qilish.

3.2. Kinik simptomlarini,rivojlanish bosqichlari, faollik darajasi, asoratlarini aniqlash.

3.3 Tashxisni qoyishda tadqiqotning qoshimcha usullarini qollash.

3.4 Klinik korinishi, shikoyatlari, palpaciya, auskultacia.

3.5 Amalii konikmalarni qadamma-qadam bajarilishi(palpasiyasi, perkussiyasi, auskultacia

4. Motivasiya.

Talabalar xastalikni birinchi belgilari namoyon bolganda, taqmin qilishni, profilaktika va davolashni vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Kuyidagi fanlar bilan intеgratsiya kilish:

Vеrtikal buyicha

Normal anatomiya

Normal fiziologiya

Gorizontal buyicha

Patologik fiziologiya

Normal anatomiya.

Bronx-upka sistеmasi kuyidagi organlardan tashkil topgan: traxеya, bronx va upka. VII buyin umurtkalari chеgarasida xikildok traxеyaga utadi. Upka juft organ bulib, kukrak kafasida joylashgan. Kеsik konus shakliga ega. Ung upka chav upkaga nisbatan kеngrok, lеkin biroz kaltarok. Upkaga upka va bronx artеriyalari, asosiy bronx va nеrv kirish joyi, upka va bronxlar vеnalari va limfa tomirlari chikish joyi, upka darvozasi dеyiladi. Upka darvozasini xosil kiluvchi barcha xosilalar upka ildizini tashkil etadi. Upka kuyidagi bulaklardan tashkil topgan: ung - uchta , chap - ikkita. Xar bir asosiy bronx upka darvozasidan kirgandan sung bulak vеnalariga bulinadi. Ung bronx uchta bulak bronxiga, chap upka ikkita bulak bronxiga bulinadi. Bulak bronxlari sеgmеnt bronxlariga bulinadi, xar bir sеgmеnt bronxi dixotomik bulinadi. Bu sistеma bronxial daraxtni tashkil etadi. Bronxiolalarni kеyingi bulinishi alvеolyar daraxtni tashkil etadi. Alvеolyar yullar alvеolyar kopchalar bilan tugaydi. Shunday kilib upka parеnximasi xavo utkazuvchi shoxlanuvchi trubkalar va shoxlanuvchi kon tomirlar, limfa tomirlari va nеrvlardan tashkil topgan.

Normal fiziologiya.

Nafas dеganda tukimalarga kislorod olib borish, mеtabolizm protsеssida uni ishlatish va organizmdan uglеrod oksidini olib chikuvchi kiyin biologik protsеss tushuniladi. Nafas protsеssida uchta asosiy etaplarni ajratish mumkin. Tashki nafas; Kon еrdamida gazlar transporti

ichki (tukima nafas). Tashki nafas bu organizm va uni urab turuvchi atmosfеra xavosi

urtasida gazlar almashinuvidir. Tashki nafasda ikkita etap ajratiladi: a)alvеolyar va atmosfеra xavosi urtasida gaz almashinuvi; b)alvеolyar xavo va upka kapillyarlari urtasida gaz almashinuvi.

Gaz transporti kon еrdamida amalga oshiriladi. Gazlarni tashki muxitdan tukimalargacha va tukimalardan tashki muxitgacha xarakati partsial bosim xisobiga amalga oshiriladi.Kislorod ikki xil kurinishda transport kilinadi:gеmoglobin bilan kimеviy boglanishda (oksigеmoglobin) va oddiy fizik erish xolida. Uglеrod oksidi gеmoglobin bilan birikkan xolda transport kilinadi (karbgеmoglobin). Ichki nafas tukimalarni kislorod ishlatib uglеrod oksidi chikarishidan iborat. Nafas olish aktiv amalga oshiriladi. Nafas olish kеtidan nafas chikarish amalga oshiriladi. U passiv bulib kuyidagi faktorlar xisobiga amalga oshadi: kukrak kafasini ogirligi, upka elastikligi, kovurga togaylari elastikligi va korin bushligi organlari bosimi xisobiga.

.

Patologik fiziologiya.



Tashki nafasni gaz almashinuvi asosini uchta bir biriga uzviy boglik bulgan protsеsslar tashkil etadi:

-vеntilyatsiya- alvеolalarda xavoni ritmik almashishi, shuning xisobiga alvеolyar xavo bir xilligi ushlanadi;

-pеrfuziya- alvеolyar kapillyarlarda tuxtamas kon aylanishi,

-diffuziya -kislorod va uglеrod oksidini alvеolyar-kapillyar mеmbranaorkali utishi.

Upkani gaz transport funktsiyasini tipik buzilishlariga kuyidagilar

kiradi:


- alvеolyar vеntilyatsiya buzilishi (gipo- va gipеrvеntilyatsiya);

- upka pеrfuziyasi buzilishi;

- vеntilyatsionn-pеrfuzion munosabatlarni buzilishi;

- diffuz protsеsslar buzilishi;

- aralash formadagi buzilishlar.

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Qovak k`opincha qattiqlashgan (yalliglanish infiltraciyasi bor) o`pkada kuzatiladi. K`ozdan kechirganda shikastlangan tomondagi k`okrak qafasi nafasdan orqada koladi (bir tomonlama shikastlanganda). Paypaslaganda tovush titrashi kuchayganligi aniqlanadi.

Tukillatganda b`ogik-timpanik yoki metallga urgandek tovush eshitiladi. Bazan darz ketgan k`oza shovqinini aniqlash mimkin. Bronxial nafas eshitiladi, u amforik b`olishi xam mumkin. Odatdagi fizik usul bilan b`oshliqlarning xammasini aniqlash qiyin. Buning uchun uning diametri malum kattalikda, yani diametri 4 sm dan kam b`olmasligi kerak.

O`pka abscessi- bu o`pka t`oqimasini eritib yuboruvchi yiringli yalliglanish b`olib, uning kelib chiqishi sababi xar xil. K`opincha abscess zotiljam natijasida, atelektazda et jismlar tiqilib qolganda, pufakning yiringlashi va boshqalar natijasida rivojlanadi. Mikrob florasi, asosan strepto-stafilopnevmokokklar, spirixeta, ichak tayoqchasi va boshqalar.



Patologik anatomiyasi. Abscess k`opincha o`ng o`pkada joylashadi (o`ng bronx ancha qisqa va keng b`olgani sababli), bronxlarning o`tkazuvchanligi ancha kuchsiz.

Abscess bitta yoki bir nechta b`olishi mumkin. Natijada yuzasi notekis yiringli b`oshliq xosil b`oladi.



Klinik k`orinishi. K`opincha 20-30 yoshlardagi erkaklar kasallanadi. O`pka abscessining kechishi 2 davrga farq qilinadi: o`pka abscessining kechishi 2 davrga farq qilinadi: o`pka t`oqimasining erishi va bronxga yerilguncha shakllanish davri, xamda bronxlarga erib chiqish davri. Abscess rivojlanayotgan davrda bemorning umumiy axvoli ogir b`oladi, xarorati yuqori k`otarilib, qaltiraydi va terlaydi. Nafas olishi tez va yuzaki, yotali quruq yoki bir oz shilliq-yiringli balgam ajraladi, shikastlangan tomondagi k`okrak qafasi nafas olishda qatnashmaydi. Shikastlangan soxa paypaslaganda yoki tukillatilganda ogriq b`olishi mumkin, stetoskop bilan bosilganda y`otal refleksi paydo b`olishi (Kissling belgisi plevra shikastlanganligi belgisi) b`olib hisoblanadi. Shikastlanish o`chogining chuqurligiga qarab tukilatganda o`zgarish xilma-xil b`olishi mumkin. Shikastlanish o`chogi kichikroq va yuzaki joylashganda tukilatganda tovushi o`zgarishsiz b`olishi mumkin.

Shuning uchun chuqur va yuzaki tukilatib eshtiladi.

Eshitganda nafas olish qattiq yoki susaygan, k`opincha nam xirillash eshitilishi mumkin.Qonda neytrofilli leykocitlarning chapga siljishi kuzatiladi. Rentgenda tekshirilganda infiltraciya o`chogining qorayishi aniqlanadi. Ikkinchi davrda abscessning yorilishi - yotal va k`op miqtorda balgam ajralishi kuzatiladi. Balgam miqdori bir kunda 50-100 ml dan 1-2 litrgacha etishi mumkin. U k`okimtir yiringli, bazan qon aralash b`oladi. Shu sababli bemordan achimtir hid kelib turadi. Balgam turub qolganda 2 yoki 3 qavatga ajraladi:yuqori qavati ceroz- k`opikli, pastki qismi leykocitlardan iborat.

Balgam ajralashi bemorning xolatiga ham bogliq b`oladi. Balgamning doimiy ajralishi bronx shilliq qavatini tasirlaydi va yotalni kuchaytiradi shuning uchun bemor y`otal va balgamni kamaytiradigan vaziyatda b`olishga harakat qiladi.

Kasallik o`chogi yuqorida joylashganda u yotishni xush k`oradi, pasta joylashganda esa bemor o`tiradi yoki kasal tomonga yotadi. Yiring ajralishi bemorning ahvoli biroz yaxshilanishiga olib keladi, xarorat bir muncha pasayadi yoki subfebril b`olib turadi.

Yiring ajralgandan s`ong tukilltaganda o`pkada o`ziga xos o`zgaruvchan timpanik tovush paydo b`oladi. Bu tovush bemorning vaziytatiga nafas olish chuqurligiga qarab o`zgaradi (Vintrix Gregat belgilari).



Eshitish. K`opincha katta pufakchali jarangli nam xirillashlar eshtiladi, nafas bronxial yoki amforik b`oladi. Xirillashlar uning joylashiga qarab k`opincha kuchli b`oladi. B`oshlik malum kattalikda (diametr 4 sm dan kam b`olmasa), xavoli bronx bilan tutashgan, atrofi zichlashgan o`pka t`oqimasi bilan oralgan, k`okrak devoriga yaqin joylashgandagina boshliqni aniqlash mumkin.Yuqoridagi alomatlar b`olmagan xolda kasallik faqat rentgen tekshiruvi orqali aniqlanishi mumkin.

Bunda yumaloq yoki tuhumsimon shakldagi-chegarallangan,oqish joylar aniqlanadi. Agar boshliq bronx bilan tutashgan b`olib,unda exssudat va havo b`olsa, u xolda b`oshliqda suyuqlikning gorizontal yuzasi paydo b`oladi.

Qonni tekshirganda neytrofilli leykocitlar soni k`opayganligi, ECHT ortganligi, kassali uzoq davom etganda esa temir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kam qonliq kuzatiladi.

Laborotoriyada tekshirish. Balgamda k`op miqdorda leykocit va eritrocitlardan tashqari choziluvchan tolalar borligi aniqlanadi. Abscessning ketshishi davomli tolqinsimon b`olib, asta sekin yurak muskularinig distrofik o`zgarishi, gastrit (yiring yutganda), jigar va buyrakda o`zgarishlar yuz berishga olib keladi.

Uzoq vaqt davom etgan zaharlanishning tashqi belgilaridan biri q`ol va oyoq barmoqlarning “nogora chopi” shakliga shab qolishi hisoblanadi. Abscessning yuqoridagi k`orinishi keyingi yillarda ancha o`zgardi, uning belgilari susaydi.

Shu sababli o`pka abscessi bilan kasalanish soni 7-10 martda kamaydi.

Bronxoektaziya (bronxlarning kengayishi) – bronxlarning patologik kengayishi. Agar bronxlarga yuqumli mikroblar tushsa, ular yiring bilan t`olsa, atrofidagi o`pka t`oqimasi uzgarishga uchrasa, u xolda bronxlarning kengayishi t`ogrisida s`oz yuritish mumkin. Bronxlarning kengayish kasalligi eng k`op tarqalgan surunkali kasalliklar qatoriga kiradi, u odatda bolalik yoki o`smirlik davrida paydo b`oladi. Kasallik k`oproq erkaklarda kuzatiladi.



Etiologik omil b`olib asosan yuqumli kasalliklar: qizamik, k`okyutal, gripp, zotiljam, yot jismlar tushishi surunkali bronxit, burun k`oshimcha b`oshliklarning surunkali yalliglanishi va boshqalar xisoblanadi.

Patogenezida patologik o`zgarish bor bronx-o`pka sistemasida atelektaz (burishish) rivojlanishi muxim o`rin tutadi. Bronxlar tiqilib qolganda ularning kengayishi juda tez-2-3 xafta davomida rivojlanishi mumkin. Bronx qavatlarining yalliglanishi va ovqatlanishning buzilishi natijasida o`pkaga yaqin oraliq t`oqimaning ch`oziluvchanligi pasaydi. O`pka t`oqimasiga yaqin joylashgan bronx xam chuziladi va kengayadi.

O`pka t`oqimasining chuzilishiga yana doimiy yotal xam sabab b`oladi. Xar bir y`otal turtkisi bronx devorning b`ortib chiqishiga olib keladi.



Patologik anatomiyasida bronxlarning cilindrsimon, segmentli va varikoz kengayishi farqlanadi. U turlicha joylashishi mumkin, k`opincha chap o`pkaning pastki b`olagida joylashadi.

Klinik k`orinishi. Kasallik rivojlanish davriga qarab xar xil k`orinadi.

Uzoq vaqtgacha kasallikning klassik belgilari yuzaga chiqmasligi mumkin. Asosan yilning sovuq vaqtida y`otal bezovta qiladi va balgam ajraladi. Y`otal kuchsiz xamda kuchli va xurujli b`olishi mumkin. Kasallikning ancha kechki davrida ertalab yotal xuruji tutib, ogiz t`ola balgam ajralishi kasallikka xos.

Ertalab balgam miqdori bir kunda ajraladigan miqdorning 2/3 qismiga teng.

Bemor k`opincha gavdasini oldinga egganda, tana vaziyati o`zgarganda yoki soglom tomonga yonboshlaganda balgam ajraladi. Balgamning bir kunlik miqdori 0,5-1,0 l gacha etishi mumkin. Kasallik zuraygan davrda balgam k`opincha 2-3 qavatga ajraladi. Qon tuflash kuzatilishi xam mumkin. Bunday xol kengaygan bronxlarda yiringlash jarayoni b`olmagan vaqtda uchraydi. Kasallik sust kechganda xarorat k`otarilmaydi, ammo balgam ajralishi saqlanib qoladi.

K`opincha yiliga bir necha marta zotiljam kuzatiladi. Umumiy axvoli va ishtaxasi qoniqarli, keyinchalik yuzning oqarishi, k`okarishi, salqishi va k`op terlash kuzatiladi. K`ol va oyoq barmoqlari “nogora chupiga” o`xshab qoladi. K`okrak qafasining shikastlangan tomoni botiq b`olib, nafas olishda qatnashmaydi.

Paypaslashda tovush titrashi kuchaygan. Tukilltganda shikastlangan qism atrofida b`ogiq tovush aniqlanishi mumkin. Emfizema birga kelsa qutusimon tovush eshitiladi. Bazan bronxlarning kengayishida (balgam ajralgandan s`ong) timpanik tovush va b`oshliqqa xos belgilar aniqlanadi (Vintrix-Gergart).

Eshitib k`organda malumotlar juda xilma –xil: u o`choqning joylashishiga, kattaligiga, zurayish davriga bogliq. Susaygan vezikulyar, kamroq bronxial va juda xam siyrak amforik nafas eshitaladi. Ayniqsa uzoq vaqt eshitiladigan xar xil kattalikdagi nam xirillashlarning b`olishi kasallikka xos, u bazan o`pkaning bir qismida, k`opincha pastki b`olagida k`op yillar davomida eshitiladi. Xirillashlarning bu o`zgaruvchanligi va doimiy bir joyda eshitilishi kengaygan bronxlar borligining muxim belgisi xisoblanadi. Rentgenologik tekshirishda bronxlar kengayganligini qator belgilar: kuchaygan o`pka surati fonida katakchali qishayish, o`pka xajmining kichrayishi, o`pka qirasining zichlashishi, bronx oldi sklerozi va b`oshqalar orqali aniqlash mumkin.

Kasallik qaytalagan vaqtda qon tekshirlganda neytrofilli limfocitlar k`opayganligi aniqlanadi, ECHT ortadi, keyinchalik gipoxrom temir etishmovchiligi kamqonligi paydo b`oladi.

Kechishi yillab davom etadi. Kasallikni 3 davrga ajratish mumkin:

Kasallikning 1-davri belgisiz yoki kam belgilar bilan kechadi, shamollashga moyillik kuzatiladi, kaytariladigan bronxitlar, zotiljam, bazan qon tupurish kuzatiladi.Balgam shilliqli yoki shilliq-yiring aralash b`olib, doim ajralavermaydi.

2-davr bronxlarning kengayishi rivojlangan davr. Bunda vaqti-vaqti bilan zotiljam qaytalanib turadi, o`ziga xos belgilar paydo b`oladi. Shikastlangan o`pka ustida xirillashlar, barmoqlarning nogora ch`opiga o`xshab qolishi, umumiy zaxarlanish belgilari kuzatiladi.

3-kechki davrda yiringli jarayon rivojlanib borib, surunkali zaxarlanish ogir asoratlar beradi. Kasallikni z`orayib borishiga aloqador b`olgan asoratdan biri zotiljam xisoblanadi, u abscessga aylanish, xatto cherish bilan tugallanishi mumkin. Sogayishiga umid qilib b`olmaydi, bemor o`pkadan qon oqishi, abscessning miyaga va boshqa azolarga tarqalishi, amiloidoz, o`pka-yurak etishmovchiligi asoratlaridan xalok b`oladi.



6.2.Analitik qism.

Test:
1.O`pka abscessi nimalar natijasada rivojlanadi.

А. zotiljam*.

B. atelektazda*.

C. y`ot jismlar tiqilib qolganda*.

D. pufakning yiringlashi*.

E. allergiya.
2.O`pka abscessi rivojlanayotgan davrda klinik simptomlar.

А. umumiy xolsizlik*.

B. yuqori xarorat*.

C. nafas olish tez*.

D.quruq y`otal*.

E. qusush.

3.Abscessning ikkinchi davrida.

А.y`otal k`op balgamli*.

B.xansirash*.

C.bemordan achimtir xid kelishi*.

D.ogriq yonb`oshda.

E. tomirlar kollapsi.


4.Abscessda eshitish.

А.jarangli nam qirillash*.

B. bronxial nafas*.

C. amforik nafas*.

D.susaygan vezikulyar.

E. vezikulyar nafas.


5.Bronxoektatik kasallikning etiologik omillari.

А. qizamiq*.

B.k`oky`otal*.

C.sil.


D.bronxial astma.

E.o`sma kasalliklar.


6. Bronxoektatik kasallikning klinik k`orinishi.

А.y`otal xurujli*.

B. ertalabki balgam k`op*.

C. qon tuflash*.

D. xarorat baland.

E. kam terlash.



Situatcion masalalar.

1.Bemor 46 yoshda. Shikoyatlari:y`otal, yiringli balgam, qon tuflash, umumiy xolsizlik, anoreksiya, xarorat k`otarilishi. K`orish:rangi oqargan, xansirash, k`okrak qafasining shikaslangan tomoni botiq, nafas olishda qatnashmaydi. Eshitish:dagal nafas xar-xil katallikdagi nam xirillashlar. Savol:qaysi patologiyaga xos? Javob:bronxoektatik kasallik.

2.Bemor 30 yoshda. Anamnezda sil kasalligi. Shikoyatlari:umumiy xolsizlik, xarorat baland, titrash, terlash, quruq yotal, k`okrak qafasida shikastlangan tomonda y`otalganda ogriq, xansirash. Palpaciyada: qovurgalar aro ong tomonda ogriq, k`okrak qafasining shikaslangan tomoni nafas olishda orqada qoladi. Eshitish:katta pufakchali nam xirillashlar, amforik nafas. Laborator tekshiruv:qonni tekshirganda neytrofilli leykocitlar soni k`opaygan, ECHT ortgan. Rentgenda yumaloq shakldagi chegaralangan oqish joylar aniqlanadi. Savol: qaysi patologiya. Javob: o`pka abscessi.

6.3 Amaliy qism.

Amaliy konikmalarni `ozlashtirishga bagishlanadi. Bu bo`limda talabalar o`z murabbiy bilan b`olimda kassalarni kuraciyasini amalga oshirishadi. Asosiy etibor anamnez , status praesens qaratiladi. Barcha malumotlar amaliyot daftariga yozilib boriladi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Mashgulotning ketma-ketligi(xronologik)xaritasi.




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

  1. O`pka abscessi asosiy sabablari?

  2. K`ovak sindromi tushunchasi?

  3. O`pka abscessi davrlari?

  4. O`pka abscessi kassalangan bemorlarni birinchi davrda asosiy shikoyatlari?

  5. Bronxoektaziya tushunchasi?

  6. O`pka abscessida labarator tekshiruvlari?

  7. O`pka abscessida rentgen tekshiruvi?

  8. Bronxoektatik kasalliklarda bronxlarning kengaygan shaklari?

  9. O`pka abscessi asoratlari?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1. Mirraximov M.M., Ruppa Ya.M., Mogilner A.S. "Osnovi auskultasii serdsa", g.Tashkent, "Medisina", 1984 god.



2."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.


Download 31,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish