Yangi mavzu bayoni: Impuls. Kuch impulsi lmpuls lotincha “impulsus" so'zidan olingan bolib, “turtki” degan ma'noni bildiradi.
Jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi kuchdan tashqari ta'sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog‘liq. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazib ko'raylik.
1-tajriba. Osmaga jismni ip orqali 84-rasmda ko`rsatilgandek osib qo'yaylik. Birinchi galda jismning ostiga bog`langan ipni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni tayanch bilan bog`lab turgan ip uziladi. Ikkinchi galda ipni tez, ya'ni siltab pastga tortamiz. Bunda jism ostidagi ip uzilishiga guvoh bo‘lamiz.
2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq bo‘lgan ikkita taxtachani ustma-ust qo‘yaylik. Ostdagi taxtachaga ip bog'langan bo‘lsin. Birinchi galda ostdagi taxtachani sekin- asta tortamiz. Bunda ostki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan stol ustida sirpanadi. Ikkinchi galda ostdagi taxtachani tez, ya’ni siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha ostki taxtacha ustida sirpanib orqaroqda qoladi yoki tushib ketadi (85-rasm).
Ikkala tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, haqiqatdan ham, jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi faqat kuchga emas. balki uning ta’sir vaqti davomivligiga ham bog‘liq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan.
Kuch impuisi jismga ta’sir etayotgan kuchning shu kuch ta’sir etgan vaqtga ko'payimasiga teng. ya’ni:
→ →
I = Ft. Xalqaro birliklar sislemaskla kuch impulsining birligi N • s. 1 N • s li imptils - bu 1 s davomida ta’sir etuvchi 1 N kuch impulsidir.
Kuch impulsi vektor kattalik bo'lib. uning yo'nalishi kuchning yo'nalishida bo'ladi.
Jism impulsi Kamdan kam uchrasada. avtomashinalaming to'qnashib ketishi, ba'zi hollarda yo'l chetidagi simyog’och, daraxt yoki boshqa narsalarga borib urilishi sodir bo'lib turadi. Masalan. agar avtomobil 30 km/soal tezlikda yo`l chetidagi simyog'ochga urilsa, simyog’och shikastlanishi yoki yiqilishi mumkin. Agar shunday tezlikda kelayotgan velosiped simyog'ochga urilsa, simyog’och shikasilanmaydi. Chunki velosipedning (havdovchi bilan birgalikda) massasi avtomobilning massasidan ancha kichik.
Agar avtomobilning tezligi katta, masalan, 90 km/soat bo'lsa, simyog'ochga urilish zarbi tezligi 30 km/soat bo'lgandagiga nisbatan ancha каttа bo'ladi.
10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 10 g massali jismning devorga urilish zarbi xuddi shunday massali tezlik bilan harakatlanayotgan 100 g massali jismning unlish zarbidan kichik bo'ladi.
Miltiq otilganda uning 10 g massali o’qi 600 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda deylik. O'q bunday tezlik bilan yupqa taxtani teshib o'tadi. Chunki каttа tezlikda harakatlanayotgan 10 g massali o'qning urilish zarbi 10 m/s tezlikda harakatlanayotgan shunday massali jismning unlish zarbidan ancha katla.
Yuqorida keltirilgan misollardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Harakatlanayotgan jismning tezligi o'zgarmaganda massasi qancha katta bo`lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo'ladi.
Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo`lsa, uning unlish zarbi ham shuncha katta bo'ladi.
Demak, jism harakalim tavsiflash uchun jism massasi va uning tezligi alohida tarzligi emas, balki ularni birgalikda qarash kerak. Shu maqsadda jism impulsi degan fizik kattalik kiritilgan.
Jism massasining uning tezligiga ko'payimasi jism impuisi deb ataladi. ya'ni:
→ →