Davlatova dilobar ning matematika fanini o’rganishning zamonaviy texnologiyalari va metodlari


Matematikani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Download 99,05 Kb.
bet4/13
Sana27.05.2022
Hajmi99,05 Kb.
#610691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xalq ta’limi vazirligi

Matematikani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Demokratik islohotlar yo'liga qadam qo'ygan mustaqil O'zbekiston Respublikasiga o'qimishli har tomonlama yetuk, barkamol Fuqarolar kerak. Aynan, «Shaxs» tushunchasi milliy ta'lim (modifikasiya)ning shakl va shamoyilida muhim ahamiyatga ega bo'lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talab etadi.
Shaxsni tarbiyalash «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Respublika ta'lim xodimlari zimmasiga o'ta mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o'quvchilarni o'qitishga yangicha yondashish, o'qituvchilarni o'z kasbiga va o'zgalarga, ya’ni ta'lim oluvchilarga o'ta talabchanlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o'tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o'z isbotini topmoqda.
Bu borada ancha-muncha tajriba to'plagan tadqiqotchilar pedagogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta’kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy lohihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta'lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilish xususida o'z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e’tiboriga havola etayotir.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq bo'gan holda fanga 1872 yili kirib keldi. U yunoncha ikki so'zdan "texnos"- san’at, hunar va "Logos"-fan so'zlaridan tashkil topib, hunar fani ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o'quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo'yilgan aniq maqsad yo'lidan o'qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi. Pedagogik texnologiya bu darsning qurilishi. 1965 yilda Yaponiyada Umumyapon "Pedagogik texnologiya" Pedagogik texnologiya Markaziy kengashi tashkil etildi. Shu yildan boshlab "Pedagogik texnologiya", "Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar" nomli jurnallar chop etila boshlandi. 1967 yilda Angliyada Pedagogik texnologiya milliy kengashi tashkil topdi. 1964 yildan "Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim", 1970 yildan "Pedagogik texnologiya nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yil AQSh da Kommunikasiya va texnologiya assotsiatsiyasi tashkil topdi. 1961 yildan "Pedagogik texnologiya" jurnali. 1971 yildan "Audio - vizual ta'lim", "Audiovizualli kommunikatsiya bayoni nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yilda Italiyada pedagogik texnologiya milliy markazi tashkil etildi. 1971 yildan "pedagogik texnologiya" nomli jurnali chop etila boshladi. 1973 yil Vengriyada o'qitish texnologiyasi Davlat markazi tashkil etildi. Pedagogika sohasidagi AQSh ning mashhur olimlari: B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D. Kerrol, Dj.Blok, L.Enderson, R.Gens, L.Brit bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966 yilda YUNESKO xalqaro konferensiyasi asos sifatida qabul qilindi.MDH dagi olimlar: V.P.Bespalko, M.V.Klarin, G.K.Slevko, V.P.Monaxov, M.A.Choshanov, J.O'.Yoldoshev, B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov o'qitish jarayonini Sun’iy tizim doirasida kechadi, ana shu tizim pedagogik tizim bo'lib, uning ichidagi jarayonlar esa pedagogik texnologiyalar deyiladi. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo'lgan fenomen emas, u har doim ta'lim - tarbiya jarayonida mavjud. Shu sababli tarqoq ravishda amalga oshirilgan ilg’or metodik tajribalarni endi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga bo'ysundirish kerak. Pedagogik texnologiyalar tasnifiga ko'ra 3 turga bo'linadi.

  • Umumpedagogik texnologiya

  • Xususiy predmetli

  • Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar.

"Ta'lim to'g'risidagi" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingandan so'ng o'quvchi shaxsi ta'limining markazida qo'yildi. Shuning uchun ta'limda o'zgartirishlar kiritishga to'g’ri keldi. Hozirgi kunda o'quvchiga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanamiz. Bu maqsadga erishish uchun darslarda interfaol metodlardan foydalanish lozim. Dars ishlanmasini yangi pedagogik texnologiya asosida yozish haqida tavsiyalar.
O'qituvchi o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini shakllantiradi. O'quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik ko'nikmalarining shakllanishi o'qituvchining ta'limdagi yangi usullardan qanchalik samarali foydalanayotganligiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ma’lumki, bunda o'quvchi darsda ko'proq o'ylaydi, fikr yuritadi, muhokama qiladi, o'z qiziqishlari, aqliy va ruhiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga keng yo'l ochiladi.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda sanoat va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining qiyofasini tubdan o'zgartirib yubormoqda. Hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ko'pgina kasblar faqat ma’lumotli kishilarnigina emas, yuksak rivojlangan, ijodiy qobiliyatga ega kasb egalarini jalb qilishni talab qilmoqda.
O'quv jarayoniga tatbiq etilayotgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "UO'TM uchun yaratilgan "Davlat ta'lim standarti"da o'quvchilarning bilishlari zarur bo'lgan majburiy bilimlar hajmi aniq ko'rsatilgan. Ularni o'quvchilarga yetkazish, o'quvchilarni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o'qiy olish va ijodiy izlanishga yo'naltirish, ularda o'z fikriy qobiliyatini rivojlantira borish ko'nikmalarini orttira olish uchun o'qituvchilar pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo'ladi.
Yoshlarga ta'lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o'qituvchining g'oyaviy e’tiqodi, kasb mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog'likdir. Haqiqatdan, o'qituvchisiz jamiyat taraqqiyotini, uning kelajagini tasavvur etish qiyin.
Ta'lim–tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o'qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o'quv–tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o'rgatishdan iboratdir.
Biz o'qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o'quvchilarga fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga ehtiyojni tarbiyalab borishni ko'zda tutamiz.
Hozirgi zamon darsi uchta maqsadni: ta'lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko'zda tutadi. Ammo, o'quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda texnika va mehnatning roli tobora ortib borayotir. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda maktab o'qituvchisiga yordam sifatida ushbu metodik qo'llanmani yozishga jazm etdik.
Hozirgi zamon darsiga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo'lishidir, ya’ni darsdan ko'zlangan maqsad hamda o'quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o'rganilgan mavzu bilan bog'lash, o'quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma–ketligini aniqlash, darsda kerak bo'ladigan jihozlarni belgilash va qo'shimcha ko'rgazmali qurollar bilan boyitish, qo'shimcha axborot texnologiya (kompyuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.
Darsga kutiladigan asosiy talablardan biri – ta'lim metodlari va usullarini bir–biri bilan mustahkam bog'lab olib borish samaradorligini oshirishdir.
Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan yana biri, barcha didaktik vazifalar darsning o'zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o'quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo'lishi kerak. Dars davomida o'qituvchi o'quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O'tilgan har bir darsning o'quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Darsning tahlil qilinishida ko'zlangan maqsadga erishildimi, o'quvchilar qanday bilimga ega bo'ldilar, qanday kamchiliklarga yo'l qo'yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etilishiga yordam beradi.
Quyida yuqoridagi darsga bo'lgan talablarni hisobga olgan holda takomillashgan dastur va darslik asosida mazkur dars ishlanmasining blok–chizmasi bayon qilinadi.







Dars bosqichlari



vaqt



1



Tashkiliy qism



2 minut



2



O'rganilgan materiallarni takrorlash



15 minut



3



O'qituvchining o'quvchilar bilan Suhbat asosida yangi mavzuni tushuntirishi



11 minut



4



Guruhlarda ishlash, "Aqliy hujum» asosida yangi mavzuni tahlil qilish

7 minut



5



Guruhlarda ishlashni yakunlash .

5 minut



6



Darsni yakunlash

3 minut




Uyga beriladigan topshiriqlar

2 minut



1. Tashkiliy qismda dars mavzusi va mazmuni haqida axborot beriladi.


2. O'tilgan darsni takrorlash uchun beriladigan savollardan o'qituvchi darsning boshlanishida muammoli vaziyatni vujudga keltirish uchun foydalanadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirishda dars suhbat asosida olib borilib, o'quvchilar mavzuni "Aqliy hujum" asosida o'qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar.
4. Guruhlarning har birida o'quvchilar "aqliy hujum" asosida javob beradilar va boshqalar bilan birga dars yakunini chiqaradilar.
5. Uyga topshiriqlar bosqichida berilgan mavzu, masala yoki mashq qisman o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
Biz quyida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalanib dars o'tishni tavsiya qilmoqdamiz (ko'pchilik o'qituvchilar foydalanadigan yoki endigina kirib kelayotgan metodlar).
I. An’anaviy dars o'tish metodlari
1. O'quv mavzusini og'zaki bayon (hikoya) qilish metodi
2. Suhbat (savol–javob) metodi
3. Darslik bilan ishlash metodi
4. Namoyish qilish – ko'rsatish, sayohat qilish metodi
5. Amaliy mashg'ulotlar (masalalar va laboratoriya ishlarini bajarish) metodi
6. Maktab leksiyasi
7. Dasturli o'qitish metodi.
II. Noan’anaviy dars o'tish metodlari
1. Konferensiya darsi
2. Seminar darsi
3. Texnika vositalari yordamida dars o'tish
4. Badiiy o'qish
5. O'ylab top (Evrika)
6. O'yinchoqlar yordamida dars o'tish
7. Kasbga bog'lab dars o'tish
8. Eksperimental dars o'tish
9. Bahs–munozara darsi
10. Yozma ishlar olish
11. Integratsiya
12. Ilmiy–ommabop adabiyotlardan foydalanish.
III. Umumiy o'qitish metodi
1. Tushuntirish–namoyish etish metodi
2. Eslash metodi
3. Muammoli o'qitish metodi
4. Taqqoslash metodi
5. Qisman izlanish metodi
6. Tadqiqot metodi.
IV. Darsni tahlil qilish turlari
1. Ilmiy tahlil. 2. Metodik tahlil. 3. Didaktik tahlil.
4. Umumiy pedagogik tahlil. 5. Umumiy psixologik tahlil.
V. Ta'lim prinsiplari (negizlari)
Ta'lim prinsiplari o'qituvchi faoliyatini va o'quvchining bilim faoliyati xususiyatini belgilovchi omildir.
Ta'lim prinsiplari quyidagilardan iborat;
1. Ta'limning tarbiyaviyligi
2. Ta'limning ilmiyligi
3. Ta'limning izchilligi
4. Ta'limning tushunarliligi
5. Ta'limning ko'rgazmaliligi
6. Mustahkam bilimlar prinsipi
7. Ta'limni individuallashtirish (yakka holdagi) prinsipi.
VI. Innovatsion usullar
Innovatsiya – lotincha so'z bo'lib, "yangilikni kiritaman, tatbiq etaman, o'zgartiraman" degan ma’nolarni bildiradi.
1. Modellashtirish (trenirovka)
2. Namoyish qilish
3. Kichik guruhlarda ishlash
4. Aqliy hujum
5. Tanqidiy tafakkur
6. Debatlar
7. Nuqtai nazaring bo'lsin
8. Har kim har kimga o'rgatadi
9. Rolli o'yinlar
10. Muayyan holatni (vaziyatni) o'rganish
11. Modifikasiyalangan ma’ruza
12. O'yinlar
13. BinGo
14. Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida.

Download 99,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish