Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga yondashish tamoyillari


Milliy kapital eksportini rag’batlantirish



Download 24,99 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2022
Hajmi24,99 Kb.
#644178
1   2   3   4
Bog'liq
Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga yondashish

^ 5.3. Milliy kapital eksportini rag’batlantirish

Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning chet elga chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar eksport-investitsion faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari bo’lib imtiyozli moliyalashtirish; foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash tizimi; potensial zararlarni sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. Oxirgi shakl raqobat erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro kelishuvlar ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng axborot doirasini taqdim etadi.


Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart bajarilgan bo’lishi kerak:
1. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni ularning texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali bo’lishi kerak.
2. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul qiluvchi mamlakat mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan mehnat sig’imli bo’lishi kerak.
3. Xalqaro korporatsiyalar xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga – ishlab chiqarish, bandlik va h.k. zarar yetkazmasligi kerak. Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot vazirligi kapital chiqib ketishini to’xtatish uchun ichki kapital qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar sharti deb aytdi va 100 mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy kompaniyalar ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni ta’minlashi kerak.
Sarmoyador-mamlakatlar hukumatlari xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantirib, o’z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Masalan, YEIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi (European Community Investment Partners Program) amalga oshiriladi. 90-yillarda uning asosida YEIga a’zo-mamlakatlar kompaniyalarini ularning O’rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlaridagi faoliyatida qo’llab-quvvatlash amalga oshirildi. YEIga a’zo-mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi mamlakatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar faoliyatida va uzoq muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko’magida foydalandilar. Dastur qabul qiluvchi mamlakatlarda YEI a’zo-mamlakatlari kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar, qabul qiluvchi mamlakatda qo’shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini oldindan o’rganishga, personal o’qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar kiradi.
AQShda amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish bo’yicha davlat korporatsiyasi – OPIK moliyalashtiradi. U amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug’urtalaydi va ularning samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko’rsatadi. Lotin Amerikasi va Karib basseyni mamlakatlari iqtisodiy o’sishini ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi.
OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi:

a) amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari AQShda bandlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak;


b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo’lishi va yuqori foyda keltirishi kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo’shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki yapon firmalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini moliyalashtiradi va yapon firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish uchun chet el hukumatlari va xususiy kompaniyalarga qarzlar beradi. Bu bank shuningdek xorijda ijtimoiy infrastruktura loyihalarini sarmoyalovchi yapon firmalariga kafolatlar beradi. Bundan tashqari, Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlarni investitsiyalashga byudjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko’rinishidagi imtiyozlar mavjud.
TMK odatda bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul qiluvchi mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida o’z manfaatlarini himoyalashni tashkil etadi. Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat organlari xalqaro kompaniyalar istaklarini har doim ham va darhol bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, ishchi va xodimlar manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va byudjet imkoniyatlariga zid keladi.
Shu bilan birga davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni cho’zilib ketgan krizisdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan, jadal ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va mintaqalar ichki va butun xalq xo’jaligida progressiv tarkibiy o’zgarishlar uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo’lganda, u xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo’yilmalari yo’li bilan rag’batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko’p davlatlar siyosatida ichki bozorlar hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat rolini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro kompaniyalar uchun jozibali tendentsiyalar namoyon bo’ldi.
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga qabul qiluvchi mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan ko’ra olish muhim. Turli vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko’p yillik munosabatlari tajribasi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy komponentini (tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) mamlakatga kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi yo’nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (4-jadval).


Download 24,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish