Unitar davlat — bu oddiy, yaxlit davlat. Bunday davlat viloyat, oblast. okrug, voyevodstvo, rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy-hududiy birliklarga bo'linadi. Bunday davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta prezident bo'ladi. Unitar davlat odatda bir millatli bo'ladi.
Unitar davlat belgilari quyidagilardan iborat:
butun mamlakat miqyosida bir xil bo'lgan vakillik. ijroiya va sud organlari bo'ladi;
bitta konstitutsiya; yagona qonunchilik tizimi;
yagona fuqarolik;
yagona pul birligi;
barcha ma'muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo'lgan soliq va kredit siyosati;
unitar davlatlar tarkibiy qismlari suverenitetga ega emas (ya'ni torn ma'nodagi davlatlar emas);
yagona armiya mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |