hissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning
ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat
chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havzasida cho‘miluvchilar,
Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni muhofazalovchi inshoot va qurilmalar
o‘rnatmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining ancha past darajasini
ta'minlaydi. Resurslarning nomutanosib taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan
bunday holatlarni tartibga solish uchun davlat qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi
Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki
cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqindilarini ishlab
chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va
ifloslanishidan boshqalarga kelishi mumkin bo‘lgan zararni korxonalarning o‘ziga
Birinchidan, iste'molchilarning muayyan tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytiriladi. Masalan,
respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davrida oziq-ovqat
491
mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalarning oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talabini oshirdi va shu orqali resurslarning nomutanosib
taqsimlanishini bartaraf qildi.
Ikkinchidan, davlat taklifni
oshirish maqsadida ishlab chiqarishni
subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini
qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi
muammosini bartaraf qiladi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne'matlarning ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va
davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi. Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y
beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular
jumlasidandir.
Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo‘llanilishdan
bo‘shatadi hamda ularni ijtimoiy ne'mat va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo‘naltirishi mumkin. SHunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida
muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni iqtisodiyotning barcha sohalarini
resurslar bilan ta'minlash, to‘la bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta'minlash uchun umumiy sarflar, ya'ni xususiy
va davlat sarflarining hajmi etarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne'matlar
va xizmatlarga o‘z sarflarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektor
sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to‘la bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu
narxlar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha
darajasi inflyasion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish
orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni
tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat
sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning
o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert
to‘lovlarining ko‘payishi daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy
sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta
va ijtimoiy ta'minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga
soluvchi xususiyatga ega bo‘lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi.
Bularga atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi
o‘rinlariga ega bo‘lishning teng sharoitini ta'minlash va ma'lum sohalarda narx
belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: