Mustaqillik
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi
ishlarda boshqa davlatlarga qaram
boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M.
tamoyillariga rioya etish davlatlararo
oʻzaro munosabatlarda yetakchi,
hukmron qoidadir. Har bir davlatning
mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv
yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT
Ustavi va xalqaro shartnomalar va
deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro
huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning
suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan
munosabatlaridagi mustakilligini ham
bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy
emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham
anglatadi.
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi
boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida
AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi
mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-
asrning 90-yillariga kelib sotsialistik
mamlakatlarda inson huquqlarini himoya
qilish va ozodlikka intilishning yangi
bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm
surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga
yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror
topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik
Federativ Respublikasi parchalanib, uning
oʻrnida bir necha mu-staqil respublika,
Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi
ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya
suveren davlatlari vujudga keldi.
Germaniya Federativ Respublikasi va
Germaniya Demokratik Respublikasi
birlashib, nemislar yashaydigan hududda
sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni
chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning
oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini
tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga
kelib M.ka erishish masalasi dunyoni
keng qamrab olgan jarayonga aylandi.
Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu
olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
M. imkoniyatlarini oldindan payqagan,
mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining
borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay
bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida
birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini
eʼlon qildi: 1991 yil 31 avg . kuni kabul
kilingan Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot
Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini
toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning
avg .ida "Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi
qonun qabul qilindi va ana shu qonun
doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston
SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb
atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb
eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga
oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish,
shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga
kiradigan barcha mustaqil davlatlarning
oliy qonun chiqaruvchi idoralariga,
barcha xorijiy davlatlarga va jahon
hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-
publikaning davlat mustaqilligi eʼlon
qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish
toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu
Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki
huquqiy poydevori edi.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun
17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston
Respublikasining asosiy belgilarini
aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston
Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-
pogʻiston Respublikasi bilan birga
mustaqil demokratik davlat deb eʼlon
qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi
belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat
hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi,
xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston
mustaqilligi respublikada adolatli,
demokratik, insonparvar jamiyat qurish
uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy
davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat
yaratdi.
M. tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda
oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalq-aro
huquq meʼyorlari asosida jahondagi
barcha davlatlar bilan teng hamkorlik
qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon
haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh
mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega
boʻldi.
Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish
uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon
amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga
oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka
munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda
yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish
uchun imkon ochildi.
M. xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun
toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi,
qadimiy madaniyat tiklana boshladi.
Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy
qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga
munosabat mutlaqo ijobiy tomonga
oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan
M. oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi
davrni boshlab berdi, milliy
dunyoqarashda yangicha tafakkur
shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch
bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla
xoʻjay-ini ekanligini, oʻz takdirini oʻzi
belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini
his qila boshladi.
Davron Shorahmedov.
[1]
== Manbalar ==
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
{{stub
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval 185.163.24.109 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mustaqillik&oldid=1954848
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |