Parlament
Parlament — (
inglizcha
: parliament,
fransuzcha
: parlement) davlatning davlat hokimiyati
organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning
deputatlari
xalq
tomonidan
saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini
amalga oshiradi, yaʼni
davlatning
qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega boʻladi.
Parlament davlatning ichki va tashqi
siyosatini
belgilash va amalga oshirishda qatnashadi,
davlat
byudjetini
tasdiqlaydi, davlatning
soliq
asoslarini va umum davlat soliqlari hamda
yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning
oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli
nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati
organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini
amalga oshiradi. Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini
jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.
Oliy Majlis
binosi
Parlament bir palatali yoki ikki palatali boʻladi (kamdan kam hollarda palatalar koʻproq boʻlishi
mumkin). Ikki palatali parlamentda palatalarni biri umumxalq vakilligi printsipida boʻladi. Uning
deputatlari
hududiy saylov okruglari boʻyicha saylanadi. Davlatning hududi shunday okruglarga
taqsimlanadi (majoritar saylov tizimi) yoki proportsianal (mutanosib) saylov tizimi boʻyicha, yaʻni
siyosiy partiyalar va harakatlar taklif etgan roʻyxatlar boʻyicha yoxud aralash tizim boʻyicha
saylash oʻtkaziladi.
Palatalarning ikkinchisi davlatning qismlaridan vakillik printsipida boʻladi. Mazkur palata aʼzolari
tegishli hudud aholisi tomonidan, mintaqalarning qonun chiqaruvchi majlislar tomonidan
saylanadi yoxud mintaqalardagi qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatning boshliqlari
lavozimlarini egallab turganlari tufayli palata aʼzosi boʻladilar, yo boʻlmasa, mintaqalar ijroiya
hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadilar.
Ikki palatali parlamentda palataning tengligi va ayni bir vaqtda ishlashi printsipidan kamdan kam
foydalaniladi, koʻpincha mustaqil ishlaydigan yuqori va quyi palatalar deb atalgan printsip amal
qiladi, qonunchilik jarayoni quyi palatada boshlanadi va u qabul qilgan qonun koʻrib chiqish va
maʼqullash uchun yuqori palataga uzatiladi. Parlamentlar sessiya tarzida ishlaydi. Sessiyalar
parlamentning yalpi majlislaridan yoki kasaba majlislaridan, deputatlik qoʻmitalari, komissiyalari,
fraktsiyalari va guruhlarning ishidan, parlamentdagi tinglovlaridan va boshqa tadbirlaridan iborat
boʻladi. Ayrim parlamentlarning deputatlari faqat sessiyalarda ishlaydilar, boshqalari deputatlik
mandati tan olingach, avvalgi lavozimidan boʻshab doimiy ishlash uchun parlamentga oʻtadilar.
Parlament davlatning qonunlarini qabul qilishdan tashqari qarorlar, bayonotlar, deklaratsiyalar,
murojaatnomalar, rezolyutsiyalar va boshqa hujjatlarni ham qabul qiladilar. Parlamentning
reglamenti (parlamentlarning reglamentlari) parlamentni tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy
hujjatdir. Bundan tashqari parlament toʻgʻrisidagi, parlament deputatlari (aʻzolari)ning maqomi
haqidagi, uning qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi qonunlar hamda boshqa hujjatlar ham
boʻlishi mumkin.
== Parlament tarixi
==
Milliy tiklanish
Parlamentda ovoz berish
Jahon mamlakatlarining parlamentlari
Soʻnggi tahrir 1 oy avval Munira.Kushunova tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Asosiy maqola:
Jahon mamlakatlarining parlamentlari
Jogorku Kengesh
—
Qirgʻiziston
parlamenti.
Oliy Majlis
—
Oʻzbekiston
parlamenti.
Knessat
-
Isroil
parlamenti.
Rada
-
Ukraina
parlamenti.
Duma
-
Rossiya
parlamenti.
Buyuk Millat Majlisi
-
Turkiya
parlamenti.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Parl
ament&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Parlament&oldid=2230996
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |