Davlatlarida tarbiya va maktab. Qadimgi Yunon faylasuflari ta’limoti



Download 362,09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2022
Hajmi362,09 Kb.
#515513
Bog'liq
2-маъруза



2-mavzu. Antik davrdan VII asrgacha bo’lgan davrda tarbiya. Sharq uyg’onish davrida fan va pedagogik 
fikrlar .XIV asrdan 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi. 
REJA: 
Dastlabki ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarda ta’lim va tarbiyaning o’rni.Qadimgi Yunoniston va Rim 
davlatlarida tarbiya va maktab.Qadimgi Yunon faylasuflari ta’limoti. 
Xalq og’zaki ijodida tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. 
Avesto ko’hna ma’rifiy yodgorlik.
Sharq uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti. 
Muso al Xorazmiy, Abu nasr Forobiy,Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi va didaktik 
qarashlari.Al Farobiyning ijtimoiy pedagogi qarashlari va ilmiy merosining ahamiyati 
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya 
quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va 
ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni 
rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar. 
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga 
turlichayondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning 
o'nlik tizircfl. kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va 
daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi. 
Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan 
Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqah Xitoydan O'rta dengizga tomon 
«Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z 
navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam 
berdi. 
Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga 
nisbatan juda erta rivojlandi. 
Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar 
shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida 
tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb 
ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.Yunonistonda qullarni 
«gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum 
edilar.Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga 
asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq 
aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming 
bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat 
edi.Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 
18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli 
mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga 
o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi. 
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, 
shunday deydi:«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning 


qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini 
o'rgatishni ko'zda tutar edi». 
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni 
mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari 
qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar.Yoshlarga 
axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va 
siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 
18—20 
yoshga 
etganda 
«Efeblar» 
o'spirinlar 
guruhida 
harbiy 
xizmatni 
o'taganlar.Spartadaqizlartarbiyasigahamalohidae’tiborberilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya 
malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, 
qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar. 
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim- tarbiya spartanikidan butunlay farq 
qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat gullab 
yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk 
kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan.Bolalar 7 yoshga etguncha uyda 
tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qtnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor 
ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi.Afinada bolalar dastlab 7 
yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa 
o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. 
Shuning uchun kamxarj fuqarolaming bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan. 
Maktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan 
ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta’hm nazariyasi kehb chiqqan).O'g'il bolalami 
maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab 
borish degan so'zlardan olingan). Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, 
o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuli, so'ng qo'shib o'qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o'rgatishda 
mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar 
barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va 
estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi.O'g'il bolalar 13-14 yoshga 
etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o'quv yurtiga o'tar, bu yerda ikki-uch yil 
davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza 
uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o'qish tekin bolgani uchun yoshlaming ko'pchiligi shu yerda 
o'qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bolganlari esa palestrani tugat- gach gimnasiyga 
(jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o'rgatilar, tahsilni 
tugatganlar davlat boshqaruvihda qatnashishlari mumkin edi. 
Nihoyat, Spartada bo'lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bolgan yoshlar Efeblar qatoriga o'tib, 
harbiy xizmatga tayyorlanar va siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirardilar.Aholining ko'pchilik 
qismi bolalarni maktablarda o'qita olmaganligi sababh ularga kasb-hunar o'rgatish odat tusiga kirgan edi. 
Ayrim xat- savodi bor ota-onalar bolalariga o'qishni o'zlari o'rgatar edilar. Bu davlat tomonidan 
qonunlashtirilib qo'-yilib bechorahol tabaqaga mansub ota- onalar o'z bolalariga biror kasbni o'rgatishga 
majbur edilar. Aks holda ulaming bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to'g'risida moddiy 
g'amxo'rlik qilishdan ozod etilgan.Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi 
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon 
yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos 
soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.Suqrot(Sakrat). (eramizdan avvalgi 
469-399-yillar) O'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) 
konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida 


o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyu(mlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat 
o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq 
ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, 
tinglovchilami savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi 
bilan fanga kirgan.Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqah, ya'ni muayyan 
masalalarni o'raga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi 
faylasuf. 
Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv 
ta’limotni hamda har bir narsaning\ mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalami 
aniqlash haqidagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: 
ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa 
yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning 
ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'hshi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, 
estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni 
yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar 
haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qollarida bo'lmog'i kerak 
deydi. 
Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, pohtiya va demokratiya kabi shakllarini 
tanqid qilgani uchun ayblanib, o'hm jazosiga hukm qilinch o'z ixtiyori bilan zahar ichgan.Aflotun(Platon) 
eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, 
Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his 
qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. 
Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va 
o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos. 
Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokrati- yaning abadiy hukmronligi haqidagi 
nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, 
jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, 
jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qihb, mo'l hosil 
etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasawuridagi ideal davlatda qullar ham 
hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u.Aflotun - 
davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukmron guruhlaming 
- faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko'zlamog'i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta 
va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.Aflotunning fikricha, bolalar uch yoshdan 
6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo'-yilgan tarbiyachilar rahbarhgida maydonchalar- da turh 
o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlami maktabgacha tarbiya vositasi deb 
hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qihb beriladigan materiallarni 
sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o'tadi. U bolalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish 
tarafdori edi. 
Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi.Umuman Aflotun 
tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish ruhi bilan 
sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to'g'risida 
xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma’qul.Biroq, 
Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan ohb borilishi lozim bo'lgan 
tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o'mak namunasida tarbiyalashni talab 
qilgan. 


Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo'lini 
tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan 
va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» 
g'oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan 
iborat uch tushunchani jamlagan ohy «yaxshilik g'oyasi»ning inikosigina bo'hshimumkin. Odamning 
axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g'oyasi»ga intihshga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, 
faqat ohy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin. 
Platonning shogirdi bolgan, makedoniyalik Iskandami tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik 
ideahst-faylasufi va olimi Arastuning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi 
xizmatlari juda ulkan.Arastu(Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotunning 
shogirdi, makedoniyalik Iskandarning ustozi. Qadimgi Yunonistoning yirik ideahst-faylasufi va 
olimi.Aflotun olamni g'oyalar va hodisalar dunyosiga bolgan boisa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, 
g'oyani shaklga o'xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko'rishimiz 
mumkin. Moddada narsalar bo'hshi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl oiganidan so'nggina narsa 
boiib qoladi. Chunonchi, marmaming o'zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini 
olishi mumkin. 
Butun hayot taraqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, tashqi kuchlaming ta’siri ostida sodir 
bo'lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o'zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va 
hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha bilishdagi xatolar 
noto'g'ri tafakkurdan, ya’ni hissiy tajribani noto'g'ri talqin qilishdan kehb chiqadi.Arastu shakl bilan 
mazmunning birligini ko'rsatib o'tdi, taraqqiyot g'oyasini olg'a surdi.Arastu olamda tana va jon bor, tana 
bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil 
jon bor: o'simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va urchib ko'payishda namoyon boladi; hayvonotdan 
tarkib topgan jon, o'simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon bo'ladi; aqlning ifodasi 
bolgan jon, o'simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ega. Insondagi 
jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bolganligi sababh, uni iroda deb atash mumkin. 
Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqhy 
tarbiyalardir. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish 
imkoniyati bor bolganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlaming boshlang'ichinigina beradi, insonda 
kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro'yobga chiqariladi. 
Avesto ko’hna ma’rifiy yodgorlik 
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik 
mavzusida juda ko’plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo’lib, ular avloddan avlodga og’zaki va yozma 
ravishda o’tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avеsto” asari 
mundarijasidan o’rin olmaganda edi, biz ular haqida hеch qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bеbaho manbasi 
“Avеsto” bo’lib, u dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo’lgan zardushtiylik tarafdorlari uchun muqaddas 
kalima hisoblanib, payg’ambar Zardusht to’planganlarga undan va'z o’qigan. “Avеsto”ning eng qadimgi 
matnlari mil.av. II-minginchi yillarga taalluqli, uning VII asrga tеgishli bo’lgan to’plami turli 
mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik 
an'analariga ko’ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratushtraga vahiysi 
hisoblanadi. Biroq unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning kеng tarqalishi, qahramonlik epik 
rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdеk, diniy yo’l-yo’riq “payg’ambar davridan” kеyin 
zardushtiylikning rivojlangan “e'tiqod ramzi” yuzaga kеldi.
“Avеsto” asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo’lib, mashhur sharqshunos 
olim Е.E. Bеrtеlsning fikriga ko’ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dеgan 


kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma” dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida 
yuzaga kеlgan. Xususan, dostonda Avеsto va Zеndni Zardusht dunyoga kеltirgani, uning tug’ilishi va 
kеyingi hayoti xususidagi ma'lumotlar kеltiriladi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning 
hayotligidayoq ko’plab o’lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining 
g’oyalari yanada kеng yoyila boshlaydi.“Avеsto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV asrning 
boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan qayta-qayta ishlanadi.
Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to’g’ri kеlishi barcha 
manbalarda alohida qayd etiladi. Arab, rus va o’zbеk olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama 
tahlil etishga harakat qilishgan. Zеro, “Avеsto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid 
ma'rifiy fikrlar ma'lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda 
mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida 
muhim ma'lumotlarga ega bo’lamiz. «Avеsto» diniy xaraktеrga ega bo’lish bilan birga o’zida falsafiy, 
siyosiy, filologik, ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan asardir. Abu Rayhon Bеruniy 
o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, 
Iroq va Balxdan tortib Suriya yеrlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa 
“Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi” kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-bеtlar) “Avеsto”ni faqat 
Ozarbayjon adabiyotining ma'naviy mеrosi, dеb e'tirof etadi. Tarixchi olim V.M.Avdiеvning fikriga 
ko’ra, “Avеsto” nomli qadimgi diniy to’plamning dastlabki qismlari aynan O’rta Osiyo hududida vujudga 
kеlgan, dеyish uchun barcha asoslar yеtarli. Zеro, asarda kеltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat 
bеradi. Rivoyatlardaaytilishicha, zardushtiylikdininingbirinchi “Muqaddasolovi” Xorazmdayoqilgan. 
“Avеsto” 
asaridatasvirlangan 
“AyrianaVayjo” 
mamlakatiXorazmbo’lganbo’lishimumkin. 
BumamlakatdaAxura-MazdaZardushtgako’rinishbеrgan. “AyrianaVayjo” dеganafsonaviymamlakatning 
“Avеsto” 
asaridasaqlanibqolgantasviriXorazmninggеografiksharoitlarigato’lamuvofiqkеladi. Zardusht 
eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urug’idan 
bo’lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’p 
xudolikka sig’inish hamda ko’plab qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib kеtayotganligi, 
shuningdеk, turli qabilalar o’rtasida nizolar kеlib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini 
izlaydi va ana shu maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi. Lеkin qabila boshliqlariga uning 
ta'limoti va unda ilgari surilgan g’oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kеlgan vahiy orqali ko’pxudolikka 
qarshi yakkaxudolikni targ’ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat o’rnatib, yеr yuzida tinchlikni barqaror 
etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani ximoya qiladi. 
Zardushtning yangi ta'limotini qabila a'zolari orasida targ’ib qilishini istamagan qabila boshliqlari uni 
ta'qib etadilar. Ana shu ta'qib tufayli u Ray (Eron)ga qochadi va o’z dinini o’sha yеrda to’laqonli 
shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. “Avеsto”ni shoh Vishtasp (Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp 
uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, 
zardushtiylik dinining g’oyalari kеng yoyila boshlaydi. Zardusht shoh Gushtasp vazirining qizi- Havoviga 
uylangani, undan uch o’g’il - Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz - Frеni, Triti, Pourichistalarni 
ko’rganligini qayd etadi. 1 Vishtaspning farmoniga ko’ra 1200 bobdan iborat “Avеsto” oltin taxtga 
yozdirilib, shoh otashkadasiga topshiriladi. “Avеsto”ning kitob holidagi matni eramizdan oldin o’n ikki 
ming oshlangan mol tеrisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa Makedoniyalik Iskandar istilosiga qadar 
Istaxr shahrida saqlangan. Iskandar Istaxrni bosib olgach, “Avеsto” kitobida bayon etilgan tibbiyot, 
nujum ilmi hikmat sohalariga oid g’oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar 
yoqib yuboriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada yеtib kеlgan. Mazkur 
nusxalarning birinchisi - duolar to’plamidan iborat bo’lib, “Vеndidat-sеdе”, ya'ni “Pok Vеndidat” dеb 
ataladi. Ushbu kitobga “Yasna” va “Vispеrеd”lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchi kitobdagi kabi 
“Vеndidat”, “Yasna” va “Vispеrеd”lar o’rin olib, unda sharhlar ham bеriladi. Izohli tarjima “Zand” (sharq 
ma'nosida) dеb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi “Avеsto va Zand” yoki “Zand 
Avеsto” dеb nomlangan. Ikkinchi variantiga binoan “Avеsto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 


1. “Vеndidat”. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo’lib, asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning o’rtasida 
kеchgan savol-javob shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, dеvlarni yеngish voqеalari, gunohlardan pok 
bo’lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o’z ichiga oladi. Xaraktеrli jihati so’z yuritilayotgan qismda 
dеvlarga qarshi yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada 
aytilishicha, yomonlik timsoli bo’lgan dеvlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. Axura Mazda yurtda 
yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga kеltirsa, Anqra Manu (Axriman) o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi. 
2. “Vispеrеd”. U 24 bobdan iborat bo’lib, ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi. 
3. “Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida, shuningdеk, qurbonlik 
chiqarish marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolarga bag’ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni 
tashkil etgan. Ushbu qismning 17 -bobi Gotlar dеb yuritiladi. Gotlar “Avеsto”ning eng qadimgi qismlari 
sanaladi. 
4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga aytilgan 22 qo’shiq (gimn) 
larni o’z ichiga oladi. 
5. Kichik Avеsto (Xurda Avеsto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo 
hamda ma'budalar sharafiga bag’ishlangan kichik ibodat (gimn) matnlaridan iborat. 
Inson va uning jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan munosabat masalasi “got”lar mazmunida o’z ifodasini t
opgan.“Avеsto”tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytib o’tilganidеk, Zardusht 
qadimgi qabilalar a'zolarining diniy e'tiqodlariga aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Zardusht 
ta'limotining ilg’or g’oyalari shundan iboratki, Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo’lgan adolat 
va yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha yomonliklarni yuzaga kеltiradi. 
“Avеsto”ning mazmuni borasida uning bizgacha yеtib kеlgan parchalarda ilgari surilgan qarashlar 
mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kеlish mumkin: “Vеndidat”ning dastlabki uch bobida xalq 
hayotida yеrning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va 
adovat hukmron bo’lgan o’lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o’lkasining asoschisi, 
Anhra Manyu esa jaholat urug’ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Asarda ana shunay o’lkalardan 16 tasi 
qayd etib o’tiladi.Kеyingi boblarda Yima haqidagi afsona kеltiriladi. Afsonada yеrni uch barobar 
ko’paytirish, shuningdеk, o’simlik, hayvon va odamlarni himoya qilish maqsadida chеgara 
bеlgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu afsonada, shuningdеk, qadimgi hind-eron qabilalarining yerning 
suvdan paydo bo’lganligi borasidagi dastlabki tasavvurlari ham o’z ifodasini topgan. 3-19-boblarda esa 
gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanadi, olov, suv, yеr, chorva, daraxt hamda o’simliklar 
ulug’lanadi, kohin, harbiy, dеhqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta 
gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigiyеnaga amal qilishga oid qoidalar - tirnoq va 
sochlarni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. XIX bobda odamlarning Axura Mazdaga 
bo’lgan e'tiqodlari darajasini ifodalash maqsadida ular boqiy dunyoda qil ko’prikdan o’tadilar, 
ko’prikning o’rtasi qilich kabi o’tkir bo’ladi, dеyiladi. Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga 
ishonmasa, u “qil ko’prik”dan o’tolmay, jahannamga tushadi. Dindor va doimiy ravishda ibodat 
qiluvchilar esa jannatga tushadilar. Axura Mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan o’n ming yil o’tgach, 
Axrimanning kuchi tugab, Adolat o’lkasi qaror topadi. Shunda barcha mayyitlar (qazo qilgan kishilarning 
tanalari) bir joyga to’planadi, ularga jon ato etilib, yaxshi kishilar bir tomonga, yomon kishilar ikkinchi 
tomonga ajratiladi. Shu tariqa yaxshilar jannatga, yomonlar esa do’zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch 
kun davomida otash irmog’ini kеchib o’tgach, gunohlardan poklanib, Axura Mazda yurti - Adolat 
o’lkasiga kiradilar. Bu o’lkada inson o’zining axloqi va yaxshi amallari, xatti-harakatlari bilan yaxshilik 
tarafdori ekanligini isbotlashi kеrak. Inson o’z hayot yo’lini tanlar ekan, o’z zimmasiga olgan 
majburiyatni bajarishga javobgar sanaladi. “Got”larda Axura Mazdaning yеrdagi yordamchisi 
hisoblangan chorvadorlarning dunyoqarashlari ifodalangan. Yaxshi kishilar yuksak axloqiy xislatlarga 
ega bo’lsalar, yovuz kishilar yomon xislatlarning egasidir. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik 


tushunchalari orqali yеr yuzida mavjud bo’lgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib 
bеriladi. 
Taqvodor chorvador odil va oqil bo’lib, atrofdagilarning hurmatlariga sazovor bo’lsa, katta podaning 
egasiga aylanadi. Chorvadorlarning nazarlarida ko’chmanchilar ularning dushmanlaridir. Chunki ular 
odamlarni talaydi, molini haydab kеtadi. Asarda ko’chmanchilar axloqsiz maxluqlarga qiyoslanadilar. 
Ular azob-uqubatlarga loyiq, zеro sеrhosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum 
qiladilar. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra shaxsning 
axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. 
Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson-sahovatli 
bo’lishi kеrak, dеgan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht 
tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi 
ekanligi e'tirof etilishi bilan birga dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib bеriladi.
Zardusht Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sеvimli joy qayеrda ekanini so’raganda, 
u shunday javob bеradi: u shunday joyki, kishilar u yеrda uy-joy quradilar, otashkada (ibodatxona)lar 
barpo etadilar, dеhqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib, bola-chaqali bo’ladilar; mеn har ikkala 
qo’li bilan mеhnat qiluvchi kishini qo’llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka bag’ishlayman, dеydi. 
Bunda mеhnat, dеhqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi dеb ko’rsatiladi. 
Zеro, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik bеlgisi - mеhnat dеb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik 
barcha nuqsonlarni kеltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u bеriladi. Ayniqsa, dеhqonchilik sohasida 
qilinayotgan mеhnat yaxshilikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil dеya ta'kidlanadi.
Dеhqonchilik bilan shug’ullanish, mo’l-ko’l hosil yеtishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda 
qonuniga bo’ysunish sanalgan. Don ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik 
e'tiqodini ilgari surishi, iymonni oziqlantirib turishi o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab 
qurbonlik qilishga tеng dеyiladi. “G`alla yеrdan unib chiqqanda, dеvlar larzaga kеladi, g’alla o’rib 
olinayotganda dеvlar nola-faryod chеkadi, g’alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir 
qilinganda esa dеvlar mahv bo’ladi. G’allaning mo’l-ko’l bo’lishi dеvlarning labiga qizitilgan tеmir 
bosilgandеk ularni tum-taraqay qiladi”. Ushbu misollarda “Avеsto”da inson mеhnati tufayli barcha 
yomon xislat, yomonlik hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, dеgan g’oya ilgari suriladi. 
Zardusht yovuzlik kuchlariga ko’maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz munosabatda, shuningdеk, 
chorvachilik rivojiga halal bеruvchi yolg’onchilik ixlosmandlariga qarshi kurashda esa shafqatsiz bo’ladi. 
“Kimki mеnga sodiq bo’lsa, eng yaxshi narsaga musharraf bo’ladi, kimki sodiq bo’lmasa, unga eng 
yomon narsa nasib etadi. Kimki mеni - Zardushtni quvvatlasa buning evaziga istagan barcha narsalari 
bilan birgalikda bir juft sog’in sigir ham oladi” (“Yasna”, 46-bob), dеyiladi asarda.“Yaxshi fikr” 
iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan 
mеhribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, 
kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda 
yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad 
qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga bеrilmaydi. Zеro, bunday ruhiy 
holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. 
Zardusht ta'limotining ulug’ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini bеradi. Har kim ham 
Yovuzlikni yo’q etish va Ezgulikning hukmron bo’lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda hamma bir 
xilda tеngdir. Zardushtiylik axloqi kishidan kamtarin va mеhnatkash dеhqonning barcha majburiyatlarini 
bajarishni talab qilgan. Zardushtiylikda birinchi bo’lib esxatalogik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq 
jahon tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal 
qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan mеtall oqimi yo’q qiladi, biroq haloskor 
Saoshyant halok bo’lgan dunyoni va barcha marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do’zaxdan 
chiqarib Oxuramazdaning idеal hukmronligida abadiy hayot kеchiradi. Shu tariqa zardushtiylikda birinchi 


bo’lib oxiratda jazo, marhumlarning tirilishi so’roq kuni g’oyasi shakllanadi. Zardushtiylik ilohining 
yеtmish ikki nomi borligi ma'lum. Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amaldan 
iborat uchlik g’oyasini ilgari suradi va ushbu g’oyaga, avvalo, uning o’zi amal qiladi. Inson o’limidan 
so’ng marhumning faoliyati ustidan o’tkazilgan hisob-kitob vaqtida haqiqat ilohi u tomonidan sodir 
etilgan ezgu va yovuz amallarni maxsus tarozida o’lchaydi. Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu 
kalom, ezgu amal - xayrli ishlar, boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-harakatlar 
qo’yiladi. Ezgu amallar salmog’i og’irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi va jannatga tushadi, yovuz 
va yomon harakatlar qo’yilgan palla og’irlik qilsa, chog’ga tushadi. Zarushtiylik ta'limotida 15 yosh 
balog’at yoshi sanalgan. O’smir balog’at yoshiga yеtganda unga Zardusht qonunlari - falsafa, axloq-odob 
qoidalari va axloqiy yo’riqlar mazmuni o’rgatilgan. O’smirlarning xudojo’y mеhnatkash, adolatli bo’lib 
voyaga yеtishlari, o’y-niyat, so’z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e'tibor bеrilgan. Bolalarga 
ularning yoshligidayoq ko’chat o’tkazish, daraxtlarni parvarish qilish, uy-ro’zg’or buyumlarini yasash, 
yеrga ishlov bеrish hamda chorva mollarini boqish borasidagi bilimlar bеrilib, amaliy ko’nikmalarning 
hosil bo’lishiga alohida e'tibor qaratilgan.Zardushtiylik ta'limotining axloqiy yo’riqlariga binoan inson 
tomonidan o’z burchini his etishning eng birinchi bеlgisi ma'naviy poklik sanalgan. Ayollarga 
g’amxo’rlik ko’rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko’rsatish 
asosiy insoniy burch hisoblangan. Diniy g’oyalarga ko’ra tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddas 
sanaladi, odamlar ularni e'zozlash, quyoshga sajda qilishga da'vat etiladi. Zardusht ta'limotida shaxsiy va 
turmush gigiyеnasiga qat'iy amal qilish kishilar o’rtasida turli xil kasalliklar kеlib chiqishining oldini 
oluvchi tadbir ekanligi alohida uqtiriladi. Shu o’rinda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga 
muvofiqligiga urg’u bеriladi: qabristonlarning shahar yoki qishloqdan tashqarida bo’lishiga alohida 
e'tibor bеrish, hayvonlarning qabrlarni oyoqosti qilmasliklari uchun qabristonlarning atrofini o’rab 
qo’yish, mayyit (o’lik)ni yuvish vaqtida ozodalikka rioya qilish, murda tеkkan libos yoki murda qo’yilgan 
joyni suv yordamida yuvib tashlash, turli jonzotlarning o’ligi (inson murdasi) tushgan suv havzalarini bir 
nеcha bor qatron qilish (havzani yomg’ir yoki daryo suviga bir nеcha bor to’ldirib, suvni havzadan 
chiqarib tashlash), badan va sochning toza bo’lishiga ahamiyat bеrish, tirnoqlarni vaqti-vaqti bilan olib 
turish, kuniga bеsh marta yuvinish va hokazolar. Zardusht g’oyalarining amaliy ahamiyati shundaki, 
ularda turli kasalliklarning oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini ta'minlovchi usullar to’g’risida 
ham ma'lumotlar bеriladi. Bu boradagi usullar quyidagi uch guruhdan iboratdir: 
1) axlatlarni bеrkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash; 
2) olov yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida mikroblarni yo’q qilish; 
3) kimyoviy usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - sandal va isiriq tutatish, aloe, piyoz, sarimsoq, qizil 
qalampir va hokazolarni istе'mol qilish orqali mikroblarni yo’qotish) orqali yuqumli kasaliklarga barham 
bеrilgan. 
Bizga yaxshi ma'lumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida tеz tarqaladi va 
kеng hududga yoyiladi, shu bois “Avеsto” g’oyalariga ko’ra ularni asrash, ulardan foydalanishga nisbatan 
oqilona munosabatni qaror toptirish o’ta muhim sanalgan. Ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 400 
qamchi urish bilan jazolanganlar.Darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni 
ham bajara olmaydi. Insonning ma'naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan aloqador ekanligi 
asarda alohida qayd etilgan. Xususan, “Yasna”larda “yeb-ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishga 
quvvati yеtmaydi”, - dеyiladi. Zardushtiylikda dunyoviy noz-nе'matlardan voz kеchish talab etilmaydi, 
balki noz-nе'matlarni mе'yorida istе'mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson hayotining “yaxshi 
kun ko’rish uchun zarur narsalar mo’l-ko’lchiligida” xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi 
lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari suriladi. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra oila muqaddas hisoblangan. 
Oila qurish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan. Erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo’lgan holda 
oila qurmasa, unga muayyan jazo bеrilgan. U qopga solib kaltaklangan, pеshonasiga tamg’a 
bosilgan yoki bеliga zanjir bog’lab yurishga majbur etilgan. Ko’p bolali oilalarning davlat tomonidan 


mablag’ bilan ta'minlashi yo’lga qo’yilgan. Egizak yoki bir yo’la uchta farzand ko’rgan ayollarning 
maxsus ravishda taqdirlanishlari e'tirof etilgan. Zardusht g’oyalariga ko’ra naslning sog'lom bo’lishi, 
qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kеlib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin 
qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan. 
“Avеsto”da inson omili, uning salomatligini ta'minlash masalasi alohida bayon etilgan. Bugungi kunda 
xalq 
tabobatida 
qo’llanilib 
kеlayotgan 
va 
kishilar 
salomatligi 
saqlashda 
muhim 
ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma'lumotlar bеriladi. Bildirilgan fikrlar mazmuniga ko’ra 
mavjud kasalliklarni davolashda dorivor o’simlik (giyoh) lar yordamida tayyorlangan vositalardan 
samarali foydalanilgani ma'lum bo’ladi. Ana shunday dorivor vositalar sirasida kunjut, ko’knori, zira, 
piyoz, savsan, turp, xurmo, sabzi, bеhi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda sеdananing nomi qayd 
etiladi. Ayrim kasalliklarni bartaraf etishda dorivor o’simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mеvasi va 
urug’laridan tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta'kidlanadi. Kasalliklar rivojlanish 
davri, holati va turiga ko’ra rеjim asosida, duo o’qitish, parhеz saqlash, dori istе'mol 
qilish, shuningdеk, jarrohlik amallarini tashkil etish kabi yo’llar bilan davolangan.
Asarda 
tabiblar 
tomonidan 
e'tirof 
etilgan 
va 
ularning 
faoliyatlarida 
asosiy 
axloqiy-
ma'naviy g’oya bo’lib xizmat qilgan qasamnoma matni ham kеltirilgan. Xulosa qilib aytganda, 
“Avеsto” asarida insonning barkamol bo’lib yеtishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va 
ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor bеriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng 
qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichlarida yaratilgan barcha 
ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zеro, unda insonning inson sifatida ma'naviy 
va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot 
kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy mеrosi bo’lib qoldi. Asarda 
ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht 
g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga 
olib kеlgan.
Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyatArab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o‘zgarishlar, 
yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy xayotga xam ta’sir etdi. IX asrda Sharq mamlakatlarida 
boshlangan va madaniy xayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy xayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga 
olib keldi. 
Ana shu ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yakin va o‘rta sharkni kamrab olganligi uchun xam Shar15 
Uygonish davri deb ataldi. Bu uygonish jarayoni IX asrlardan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom 
etdi.Bu jarayonda arab xalqlari bilan birga Eron, Kavkaz orti, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo olimlari 
ham ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uygonish davri xalifaligning 
Bag‘dod, Damashk, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshka xalqlar madaniy xayotiga tarkaladi, bu 
esa u davlatlarda xam madaniy rivoyaslanishga zamin tayyorlaydi va bu jarayonni boshlab beradi.Buni 
biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), so‘ng uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida Bag‘dodda «Baytul 
xikma» («Donishmandlik uyi»), hozirgi davrda Akademiya ma’nosida. tashkil etilganidan ham bilsak 
bo‘ladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlanagan. Akademiya koshida rasadxona ham 
bo‘lgan, yangi kutubxona kurilgan. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida Sharq va G‘arbda 
ilm-fanning tarakkiy etishiga, ma’naviy xayotning rivoyaslanishiga ta’sir etgan, bu xakida mazkur 
«Baytul xikma» ning ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning ilm-fan 
ravnaqiga qay darajada xomiylik qilganini «Al-jabr va al-muqobala xisobi xaqida» asarida shunday 
ta’riflagan: «Ollox Imom al-Ma’munga. Unga meros bo‘lib qolgan xalifalik lavozimini in’om qilib, 
muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga 
muxabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish (xissiyotini) o‘ygotganligi menga jasorat ato qildi, 
(chunki u) ularning ustiga o‘z xomiylik qanotini yozib, ularga noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular 
uchun mushkul bo‘lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashadi»Xorun ar-Rashidning ikkinchi o‘g‘li 


al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lib turganda 
ham Movarounnaxr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular 
orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Faryuniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning 
barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va «Baytul xikma» - donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da 
arab olimlari bilan xamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. 
Shuningdek, Sharq Uyg‘onish davrining paydo bo‘lishida asosiy manba qadimgi yaratilgan madaniy 
yodgorliklar ham bo‘lib, ular xox yunon, xox arab, xox Movarounnahr va Huroson xalqining eng qadimgi 
antik davrlar madaniy yodgorliklari xam bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va 
rivojlanishiga asos bo‘lib hizmat qildi. Bular bilan birga, yana eng muxim tomoni ham borki, IX-XV 
asrlarda Yaqin va o‘rta Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi va bu o‘zgarishlar 
natijasida Uyg‘onish davri kabi muxim bir jarayonni vujudga keltirdi.Zero, agar arablar Markaziy 
Osiyoni bosib olib, bu yerdan ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, 
ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa 
boshladi. Bularning barchasi bir-biriga qo‘shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va 
rivojlana boshlaydi. Yaqin va O‘rta Sharqda, jumladan, Eron, Zakavkazye va Movarounnahrda savdo 
aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, xunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy 
aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi.Bu davrda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer 
maydonlari kengaydi, ko‘plab sug‘oriladigan yerlar ochildi, sug‘orish inshootlari tiklandi, yangilari 
kurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to‘kildi. Movarounnaxr, xususan, Xorazm, 
Urganch, Farg‘ona, Samarkand va Buxoro to‘kimachilik maxsulotlari, ayniksa, Samarkand va Buxoro 
shoyisi dunyoga mashxur bo‘lgan. 
Qishlok xo‘jaligi, xunarmandchilik va savdoning rivojlanishiga yo‘l ochildi. Natijada Yakin va o‘rta 
Sharq davlatlari: Rossiya, Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari olib borildi.Taniqli 
olim F.Sulaymonova Shark madaniyatining Ispaniyaga va u orqali Ovrupoga ta’siri xaqida gapirar ekan, 
«Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yang yangi saxifalarini 
ochib berdi. Makedoniyalik Alekesandr orzu kilgan Sharq va G‘arbning yangi davri boshlandi. Bu 
jarayonning, ayniksa, Ovrupo uchun axamiyati beqiyos bo‘ldi. Sharq fakatgina Ovrupo madaniyatining 
rivojiga ta’sir etibgana kolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, 
xayot tarzini, tarixiy jarayonini tubdan o‘zgartirib yubordi», - deydi va matematika, falsafa, astronomiya, 
tabiat, tibbiyot, xulq-odob, turmish tarzi, ijtimoiy iqtisodiy xayotiga qay darajada ta’sir etganligiga 
ishonarli dalillar keltiradi.X asrdan boshlab Movarounnaxr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlari — 
Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo 
bo‘lishi va xalifalik yemirilishi xam madaniy xayotning orqaga ketishiga emas, balki yanada ravnak 
topishiga olib keldi.Bu davrda pul muomalasi rivojlanadi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy — iqtisodiy 
xayotidagi o‘zgarishlar, albatta madaniy xayotga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.Somoniylar 
davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlari sanalardi.Bu davrda 
arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy xujjatlar, shariat 
koidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar xam arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-
tojik tilida xam ish yuritila boshlandi. Ammo yoziladigan xujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham, arab 
imlosida yozilar edi.Bu shaharlardagi maktablarga xatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq
bolalari xam kelib o‘qiganligi manbalarda keltiriladi. O‘sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan, 
kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqat, munozaralar o‘tgan. 
Abu Ali ibn Sino kitob do‘konlaridan birida Forobiyning Aristotel «Metafmzika»siga yozgan sharxlarini 
sotib olganligini tarjimai xolida xikoya qiladi.Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo‘lgan. 
Amir kutubxonasini o‘sha davrdata SHeroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona 
kutubxona sifatida tan olganlar. Chunki SHeroz kutubxonasida kitoblar maxsus javonlarda saqlansa, 
amir kutubxonasida esa sandiqlarda saqlangan.Bu davrda hind, eron, arab-yunon tillaridan tibbiyot, 
astronomiya, matematika, mantiq, psixologiya, falsafaga oid asarlar tarjima qilinishi shu soxaga oid 


bilimlarning rivojlanishiga ta’sir etdi. Eronlik Abdulla ibn al-Mukaffo (724-750) yozuvchi, pedagog, olim 
va tarjimon sifatida salmoqli ishlar qildi- U «Buyuk ishlar uchun nasixatlar» va «Kichik ishlar uchun 
nasixatlar» asarlarini yaratgan, paxlaviy tilidan xindlarning «Kalila va Dimna» didaktik asarini, «Shoxlar 
kitobi», «Mazdak», «Oynoma»ni arab tiliga tarjima qilgan. Aristotelning «Kategoriya», «Talqin xaqida« 
va boshqa asarlarini xam arab tiliga tarjima qilgan. Ibn al-Mukaffo 750 yilda Moniy targ‘iboti tarifdorlari 
sifatida qatl etiladi.Qadimgi yunoniston olimlari Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Evklid, Ptolomey, 
Arximed va boshqalarning asarlari, fors tilidan badiiy-didaktik asarlar «Kalila va Dimna», «Fors shoxlari 
xayoti», xind tilidan «)Hind dorilari va ularning nomlari», «Saorad», «Siddxanta», «Nabotiy 
dexqonchiligi to‘g‘risida kitob» va boshqa kitoblar tarjima qilindi.Somoniylar davrida Rudakiy, 
Firdavsiy, Al-Xorazmiy, Al - Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod 
etganlar. 
X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ba’zi xonlar o‘z saroylarida 
kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va xatto G‘arbiy Yevropa olimlarining asarlari ham 
mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Hos Hojib, Maxmud Qoshg‘ariy kabi olimlar 
jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G‘aznaviylar davlati, keyinroq 
Saljuqiylar. Xorazmshoxlar davlati ham tashkil topdi. G‘aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoy fikrlar 
rivojlandi. Maxmud G‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘playdi, olimlarni ilmiy 
ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayxon Beruniyning mashxur «Hindiston» asari shu yerda yaratilgan 
edi.Saljuqiylar davrida Ali-Arslon Muxammad xokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-
Mulk o‘z davrining mashxur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo‘lgan. Saljuqiylar
xokimiyati xarbiylashgan bo‘lib, bu xokimiyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk 
boshqarar edi.U G‘aznaviylar ish uslubiga bir oz o‘zgartirishlar kiritib, xokimiyatni boshqarish uslubini 
ishlab chiqadi va o‘zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi. (1091-92). Bu asarda davlatni boshqarish 
tamoyillari bayon etiladi.Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qildi. 1067 yilda 
Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga o‘sha davrning eng mashxur o‘quv yurti- «Nizomiya» 
madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so‘fiylarga katta e’tibor berib, g‘amxo‘rlik qiladi. Uning 
katta xizmatlaridan yana biri taqvimni islox qiladi. U 1074 yili urta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-
taqvim tuzadiki, bu taqvim xozirgi eng takomillashgan kalendarlardan xisoblanadi.XI asrda Xorazmda 
ilm-fan ayniqsa taraqqiy etdi. Xorazm shoxi Ma’mun o‘z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U 
tashkil etgan «Baytul xikmat»- Donishmandlar uyi tarixda «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. 
Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayqon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, 
riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saql al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy 
ijodlar bilan muqim rol o‘ynadilar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargoqi o‘z faoliyatini 
to‘xtalib, olimlar tarqalib ketadi.XIII asrga kelib, o‘rta Sharq mamlakatlari, Movarounnaxr mo‘g‘ullar 
istibdodiga uchradi. Bu davrda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy markazlari vayron etildi. Xalq qattiq 
zulm ostida ezila boshladi.Movarounnaxr va Xurosonda mo‘g‘ullar istibdodi davrida «Uyg‘onish» davri 
tanazzulga yuz tutdi.Sharq uyg‘onish davri madaniy rivojlanishida ilm-fan shartli ravishda uch 
yo‘nalishda rivojlanganini ko‘ramiz. Birinni yo‘nalish - matematika, tibbiyot yo‘nalishidagi fanlar 
bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, 
farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muxammad Muso al-Xorazmiy, Axmad 
Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyot 
va falsafa, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyotga oid yirik asarlar 
yaratdilar.Birinchi yo‘nalish — ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, texnika, mantiq, fikx 
ruxshunoslik, notiklik va boshqa sohalar bo‘lib, bu sohada Al-Farobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, 
Zaxiriddin Bayxakiy, Muxammad Narshaxiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Lekin biz yuqorida zikr etgan olimlar qomusiy olimlar bo‘lib, asosiy kashf etgan ilm soxalari bilan bir 
qatorda boshqa bir necha fanlarga doir xam tadqiqotlar olib borganlar. 


Uninni—yunalish — ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini 
ijtimoiy — falsafiy asarlarida ifodalaydilar.Mazkur davrda ilmiy bilishga asoslanuvchi metod shakllandi.
Natijada aqliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi: Xorazmiy, Forobiylar bu metodni asoslab bergan 
buyuk mutafakkirlar bo‘lsalar, ular bilan bir qatorda o‘sha davrda yaratilgan barcha ta’limiy-axloqiy 
risolalarda xam aqliy tarbiyada zexnni tarbiyalash, aqliy kamolat yo‘llari, bilimning asl moxiyatlarini 
yortishga xarakat qildilar.Mutafakkirlarning o‘z ishlarida o‘qitish va ta’lim-tarbiyaga e’tibori natijasida 
ta’limiy-axloqiy masalalarga qiziqish orta bordi. Aniq fanlarni o‘qitishning uslubiy masalalariga ayniqsa 
e’tibor kuchaydi. Pedagogika soxasida inson va uning kamoloti bilan bog‘liq muammo asosiy o‘rin 
egallaydi. Ta’limiy — axloqiy asarlarda bir tomondan inson aqli, uning quvvati, ilm-fanni egallashi, 
xushxulq bo‘lishi ifodalansa, ikkinchi tomondan bu ifodalar ta’limiy-axloqiy asarlarda o‘zining badiiy 
ifodasini topadi.Mutafakkirlar ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarida inson kamolati baxt-saodatga erishish uchun 
sharoit yaratish degan g‘oyani ilgari surish bilan bog‘lab talqin etadilar.Xulosa qilib aytganda, 
markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va qadimgi ma’naviy 
yodgorliklar Movarounnaxr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish, Sharq Renessansi - 
uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi- Butun Sharq bilan bir qatorda, Movarounnaxr xam ilm-fan 
va ma’rifat soxasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashxur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, 
fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika soxasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy 
olimlar maydonga keldi-Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga xam 
katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning xam aqliy, xam axloqiy, estetik va 
jismoniy jixatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta axamiyatga ega bo‘ladi. 
Shuningdek Sharq Uyg‘onish davrida sof pedagogik asarlar yaratib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining 
xususiy va umumiy metodlar xaqida o‘lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan, tarbiyashunos olimlar xam 
maydonga chiqdi.Demak, Uyg‘onish davri inson kamolati muammolari ikki yo‘nalishda: 
1.Qomusiy olimlar yukodiy merosida komil insonni tarbiyalash muammosi. 
2.Sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolari yoritilganini ko‘ramiz. 
Quyida biz qomusiy olimlarning ta’lim tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari, ma’naviy, axloqiy qarashlari xaqida 
to‘xtalamiz. 
II .Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.Al-Xorazmiy (783-850) Jaxon
matematika fanining buyuk namoyandasi Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 y. 
Xorazmda tug‘iladi.U boshlang‘ich ma’lumotni o‘z uyida otasidan olgan. Chunki uning otasi o‘qimishli 
bo‘lgan. Qadimiy diniy urf - odatlarni, yerli xalq yozuvlarini bilgan. Diniy va ilmiy adabiyotlardan 
xabardor bo‘lgan. Shuning uchun Al-Xorazmiy bolaligidayoq bu ilmiy manbalardan o‘rganish imkoniga 
ega bo‘lgan. Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug‘ullangan. Shu soxaga oid barcha asarlarni qunt 
bilan o‘rgangan. U arab, fors, yunon tillarini xam o‘rganib, bu tilda yaratilgan asarlarni xam o‘qiy olish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan. U «Al jabr va al-muqobala» asari bilan matematika fanini rivojlantirdi 
xamda amalda ko‘llash usullarini bayon etdi. «Al-jabr» keyinchalik matematikaning aloxida bo‘limiga 
aylandi va «algebra» deb ataladigan bo‘ldi.Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Hind 
arifmetikasi xaqida kitob» bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan. 
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik 
jadvallar tuzdi. Shuningdek olim «Yer satxini o‘lchash», «Quyosh soati to‘g‘risida», «Yaxudiylar tarixi 
va ularning bayramlarini belgilash» kabi asarlari bilan fan soxasiga juda katta hissa qo‘shdi.Bular 
ma’rifiy-tarbiyashunoslik jixatidan ham xozirgi kunda axamiyatga molikdir. 
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va
sinov metodlariga asos soldi.U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda 


ifodaladi.Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy yevropa va sharqda falaqiyot va matematika soxasida yangi 
davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga 
yoyildi. 
Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan yer xaritasi 
ham sharq va g‘arb olimlari uchun tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muxim qo‘llanma bo‘lib 
xizmat qildi. Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga ko‘shgan xissasi bilan insonni 
akliy kamolga yetkazishda, ta’lim-tarbiyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir.
III.Al-Forobiyning ijtimoym – pedagogik qarashlari va uning ilmiy pedagogik merosidan 
foydalanish.Abu NasrForobiy (873-950). Forobiy 873 yilda Sirdaryoning forob degan joyida tug‘iladi. U 
boshlang‘ich ma’lumotni uz yurtida oladi. 5 yoshdan u yozish va o‘qishni bilar edi. U yoshligidanoq
o‘rta asr fanlarini chuqur o‘rganadi. U ilmiy malakasini takomillashtirish maqsadida 10 yoshidan Shosh, 
Samarqand va Buxoroga kelib ta’lim oladi. 
Lekin bu joylar uning ilmga bo‘lgan chankokligini qoniqtirmaydi. U Eronning Ray, Hamadon 
shaxarlarida bo‘ladi.U umrining 40 yildan ortig‘ini Bag‘dodda o‘tkazadi. U bir vaqtning o‘zida arab, fors, 
yunon tillarini o‘rganadi.Forobiy aniq fanlar: ilmi nujum, riyoziyot, musiqa, tabobat fanlariga qiziqadi. 
Lekin u ko‘proq falsafa ilmi bilan shug‘ullanadi. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra u Buxoroda bo‘lgan kezlarida Buxoro amiri Mansur ibn Nux Somoniyning 
iltimosiga ko‘ra falsafiy asar «At-taxlimiy» asarini yozadi. Shu asari tufayli «Muallim as-soniy» (ikkinchi 
muallim) laqabi bilan mashhur bo‘ladi. Olim 70 dan ortiq tilda so‘zlasha olgan. U 160 dan ortiq asarlar 
yozgan. Bizgacha 40 ga yaqini yetib kelgan xolos. 
Forobiy asarlarining mazmuniga qarab 7 ta katta guruhga bo‘lib chiqishimiz mumkin. Ana shu 
turkumlash jarayonidagi eng muhim bo‘limi tarbiya masalasiga bag‘ishlangan yettinchi qismdir. U ta’lim 
- tarbiyaga oid, «Baxt-saodatga erishish yo‘llari haqida risola», «Fozil odamlar shahri», «Fazilatli 
xulklar», «Shaharni o‘rganish haqida» kabi asarlar yaratgan.Olimning yuqorida biz tilga olgan asarlari 
butun jahon ziyolilari tomonidan haqli ravishda yuksak baholangandir. 
Forobiyning asarlari arab tilidan dunyoning ko‘p tillariga-rus, ingliz, ispan, fransuz, o‘zbek tillariga 
tarjima qilingan.Forobiy nihoyatda buyuk olim va mutafakkir edi. Chunonchi, uning asarlarini o‘rganish 
shuni ko‘rsatadiki, o‘z ilmiy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha bilgan va zamondoshlaridan bir 
necha asr olg‘a ketgan.Forobiyning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir.1.Ta’lim - so‘z va o‘rganish 
bilangina amalga oshiriladi. 
2.Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi, deydi. 
3.Har kimki ilm, hikmatai desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan 
saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-
dunyosini ayamasin.4.Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u 
ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan 
narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi. 
5.Ma’lumki, inson hech qachon tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida 
biron bir fazilatga yoki qabixlikka mayl, qobiliyat bo‘ladi va shu fazilatlarni 2 turga bo‘ladi. 
1.Fikriy fazilat 
2.XulqiyFikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan iborat. 


Xulqiy fazilat - intiluvchi quvvatga kirib iffat, injoat, sahiylik va adolatlilikni o‘z ichiga oladi. Yomon 
fazilatlar razillikdir.Xulosa qilib aytganda, Forobiyning yuqoridagi ta’lim-tarbiyaga oid konsepsiyasi 
shaxsni komil inson qilib tarbiyalashda muzsim rol o‘inaydi. 
IV.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani taraqqiyotidagi o‘rni 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 973 sentabrda Xorazmda 
dunyoga keladi.Beruniy yoshligidan ilmga ayniqsa aniq fanlarga qiziqadi. U matematika, jo‘g‘rofiya, 
yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qib chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi 
ajdodlar tillarini qunt bilan o‘rganadi.Beruniy bir necha yil koinot, metallar va qimmatbaho toshlar ustida 
kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Minerologiya» asarini 
yaratadi. Uning «Geodeziya» asarida geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda poleontologik 
kuzatishlari natijalari ham bayon qilingan. 
Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar"dir. Bu asarda 
ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha va ma’lumotlar bergan. Olim 1030 yilda o‘zining 
Sharq va G‘arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Xindiston» asarini yaratadi. Asarda Beruniyning 
Xindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini topgan.Hammasi bo‘lib 150 dan ortiq asarlar
yaratgan. Olim o‘z asarlarini o‘sha davr an’anasiga ko‘ra arab tilida yozgan. Beruniy yuqoridagi 
asarlarida inson kamoloti xaqida o‘z qarashlarini bayon etadi.Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-
fanning ravnaqiga bog‘liq bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va 
ma’rifatida deb biladi. 
Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga 
iltifotli, xayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka 
xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.Beruniy insonni tabiatning eng 
oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va 
yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi. 
Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni 
boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi 
lozim», - deydi.Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini 
kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab yetishiga ta’sir etadi. 
Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi. U xar bir 
hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi.Og‘ir mexnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, 
hunarmand, fan soxiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e’tibor beradi 
va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. Shu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, 
dexqonlar xaqida gapirib, ularning mexnatini rag‘batlantirib turish kerak deydiOlim bolalarni mehnatga 
o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida xam fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga 
o‘rgatish kerak deydi.Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar xaqida emas, 
xunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari xaqida 
qimmatli fikrlar bildiradi. 
«Saydana» nomli mashxur asarida esa sharqdagi dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. 
Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi. 


1.Irsiyat. 
2.Muhit. 
3.Tarbiya. 
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham 
dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: 
-o‘quvchini zeriktirmaslik; 
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; 
-uzviylik, izchillik; 
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini 
uqtiradi.Olim fan soxasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt 
bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-
odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini 
uqtiradi.Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari 
o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda xam katta axamiyatga 
egadir. 
V.Ibn Sino ta’lim –tarbiya haqida. 
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) 980 yilda Buxoro shaxri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida kichik amaldor 
oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Abdullox va uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy 
munozaralarida yosh Ibn Sino xam qatnashar edi. Bunday oilaviy muxit, Buxoro shaxridagi ko‘plab 
madrasalar, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxonalarning mavjudligi ham yosh va iqtidorli 
Ibn Sinoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
U maktabda o‘qib ko‘pgina ustozlardan ta’lim oladi. Masalan: Abdullox Notiliydan falsafa, mantiq, 
xandasa buiicha, Buxorolik Abu Mansur Qamariydan til bo‘iicha ta’lim oladi.IX asr oxiri va X asr 
boshlariga kelib o‘lkada siyosiy ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. Shuning uchun Ibn Sino Xorazmga-
Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda bir qator olimlar bilan xamkorlikda Beruniy boshqarayotgan 
«Ma’mun akademiyasida» ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Natijada o‘zining yirik asari «Tib konunlari», 
«Ash-Shifo» ustida ish olib boradi.Ibn Sino fanning turli sohasiga oid 450 dan ortik asar yaratadi. Lekin 
bizgacha 250 ga yakini yetib kelgan bo‘lib, ulardan 50 dan ortik qo‘l yozmalari O‘zbekiston fanlar 
Akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining kitob fondida saqlanib 
kelmokda. 
U ta’lim-tarbiyaga ta’lluqli bo‘lgan quyidagi asarlarni yaratgan. Masalan: «Tadbir al-Manozil» (turar 
joyni boshkarish), «Axloq haqida risola», «Burch hakida risola», «Nafsni pokiza tutish», «Badanni 
boshkarish», «Adolat hakida kitob», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Nomozning 
mohiyati haqida risola», «Ziyorat qilishning ma’nosi hakida», «An-Najot», «Ash-Shifo», «Donishnoma» 
kabi asarlari bilan ilm-fanga hissa ko‘shgan buyuk allomadir.Shuning uchun ham Sharqda unga, "Shayx 
ur-Rais" - ya’ni olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan.U o‘zining «Axloqqa oid risola»sida 
insonning umumiy fazilati hakida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo 
bo‘lish sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Uning fikricha yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan 
paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r bo‘ladi, 
deydi.Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, kanoat, saxiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sirni saklay bilishlik, 
ilm- ma’rifatli bo‘lish, kamtarlik, adolatlilik, do‘stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif 
beradi. U insoniy fazilatlarga: 


Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi; Chidamlilik - inson boshiga tushgan yomonlikni 
to‘xtatib turuvchi quvvat.Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saklovchi 
quvvat;Ziyraklik - sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushinishga yordam beruvchi 
quvvat.Ibn Sinoning fikricha insonlar xulgq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o‘ch 
olish, adovat, bo‘xton, irodasizlik kabilardir. 
U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan Olim birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini ko‘yadi. falsafani esa 
ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo‘ladi. U birinchi guruhga etika, ig^tisod, siyosatni kiritadi. 

kkinchi guruxga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha 
fanlarni kiritgan. Olim fizika, adabiyot, tarix fanlari bilan shug‘ullangan. 
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo‘lib maktabda o‘kitish zarurligini ko‘rsatadi va ta’limda 
kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi. 
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko‘ymaslik; 
-ta’limda yengildan og‘irga borish orkali bilim berish; 
-olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi; 
-o‘kitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish; 
-bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan ko‘shib olib borish. 
Bu talablar xozirgi davr ta’lim tamoyillariga xam mos kelishi bilan qimmatli bo‘lib, bolalarni yengil-yelpi 
bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustaxkam bilim olishiga yordam beradi.U bola 
tarbiyasi xaqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo‘iishdan boshlashni lozim deb topadi. 
Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Agar qadimgi yunon 
faylasuflari Platon va Aristotellar bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo‘ysalar, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan 
avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak deydi. 
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sino buyuk olim, faylasuf, adib, tabib bo‘lishi bilan birga buyuk murabbiy edi. 
U ta’lim-tarbiya xaqida juda ko‘p bosh qotiradi.Olimning pedagogika faniga qo‘shgan xissasi shundaki, u 
ta’limiy tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, xam axloqiy, xam estetik xamda jismoniy tomondan 
rivojlanishi, kamolga yetishining mezonini ishlab chiqadi.Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi 
esa olimning tarbiya soxasidagi katta xizmatlaridan xisoblanadi.Yana uning xizmatlaridan biri shundaki, 
u insonning mexnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘ladi, undagi qudratga ishondi. Inson tafakkurining 
tantana qilishi kerakligini targ‘ib qildi. 
XIV asrdan 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi. 
REJA 
Temuriylar davrida ilm fan ta’lim tarbiyaning ravnaq topishi, Abdurahmon Jomiy,Alisher Navoiy, 
Jaloliddin Davoniy, Husayin Voiz Koshifiylarning ta’limiy axloqiy meroslari. 
G’arb uyg’onish davrida ta’lim tarbiya va pedaggogik fikrlar taraqqiyoti. Ya.A Komenskiyning 
pedagogic tizimi. 
Turkistonda jadidchilik harakati.A.Avloniyning Turkiy guliston yohud axloq asari va uning ta’limiy 
tarbiyaviy ahamiyati.Sobiq Sho’ro davrida O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika.


Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnaxr mo‘g‘ul 
istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. 
Xonavayron bo‘lgan Movarounnaxr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo‘g‘ul istilochilari zulmidan 
kutila boshladi. Movarounnaxrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul 
istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarkand va Xurosonda 
esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat xatto xokimiyatni ham 
boshqarib turdilar. 
XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal xokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy 
qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Xokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida 
mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash 
kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi.Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-
yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir 
kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir 
Temur say’i xarakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barxam berildi va 
Movarounnaxrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida 
birlashtirildi. 
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal tarqoqligiga barxam berildi, 
mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal 
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan 
davr Movarounnaxr tarixida aloxida o‘rin egalladi.Markazlaiaan buyuk Temur davlatining barpo etilishi 
bilan Movaraunnaxrda yana fan va madaniyat, maorif kaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam 
tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi 
boskichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat 
gurkirab rivojlandi.Amir Temur xukmronligi davrida jaxonning ko‘plab shaxarlaridan Samarqandga
xunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-
ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi.Samarqand va Xirotda madrasalar, 
rasadxonalar, bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini 
o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, 
targ‘ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muxim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, 
Umar ^ayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, 
yunon-rim 
madaniyatini o‘rganishga xarakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni 
mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, shaxarlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini 
kengaytirishga katta e’tibor berildi.Soxibqiron Amir Temur say’i xarakati tufayli Samarqand shaxri 
yangidan qayta tiklandi. Shaxarda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shaxar atrofida 
Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo 
etildi. 
Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan 
Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir. 
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6yezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga 
ko‘tarildi.Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix,
huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, 
tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat — tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va 
elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga 
qo‘iildi.Amir Temur xukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq 
og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida 
muxim omil bo‘ldi.Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. 
Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning xam ravnaq topishiga katta e’tibor 


berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda qurilgan uch madrasa fan 
taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi. 
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol ko‘zga tashlanadi: «Ilm 
olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Shu sababli xam, biz xech ikkilanmay 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarix saxifalaridan 
o‘rin oldi deya olamiz.Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y berdi. 
Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima 
qilish ishlari jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga xomiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi ayniqsa 
astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muxim ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan 
rasadxona barpo etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur 
Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Bexzod, tarixshunos Xondamir, 
xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho‘qqilariga ko‘tarildilar.Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali 
ibn Muxammad qushchi Samarqandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnaxrning madaniy va 
ilmiy xayotida katta rol o‘ynadi, uning «Risolai dar falaqiyot» deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi 
jaxonga mashxur bo‘ldi va uni o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar. 
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab 
asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, 
Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-
fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik 
qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib o‘tdilar. Xirot ilmiy-madaniy 
markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Xirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi 
natijasida bu yerda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida 
nom qozondilar. 
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni 
uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda 
bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar 
o‘tkazildi. uquvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, 
G‘ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u yerda ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim 
olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda 
Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot 
darajasiga erishgan deb aytaolamiz.
Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarash-lari va uning pedagogika fanida tutgan o‘rni.. 
Sizlarga mu’lumki, uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida Kun kechirgan xalqimiz o‘z 
vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum 
edi.Mustaqilligimiz sharofati ila bunday nomaqulchiliklarga chek qo‘yildi. Tarixni xolisona o‘rganish, 
tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish 
imkoniyatlariga ega bo‘ldik...Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi 
tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning 
yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin 
o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida 
saqladi.Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, 
o‘tkir zexn va aklu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, xarbiy san’atni egalladi. Qur’oni 
Karimni yod oldi, xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, xalol-pok inson bo‘lib yetishdi». 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini 
tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch-kudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, 
adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o‘z 


asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, 
uni e’zozlab, ulug‘lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir 
Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, 
insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan 
samimiy muomalada bo‘lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi 
qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan. 
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer 
yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini xar sohada 
yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi.Amir Temur davlati qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar 
davomida Sharqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, 
me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari 
takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniksa 
ibratlidir.Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm-fan 
xomiysi sifatida xam qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o‘z mamlakatini, balki o‘zga 
o‘lkalarni xam obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning «Alq 
A’lom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, 
ularni yaxshi ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti Samarkandni katta 
g‘ayrat bilan obod kilib, u yerda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, 
«Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai xolini xam adabiy, chig‘atoy 
tilida yozgani xamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. 
Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida 
mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega 
bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. 
Amir Temurning xarbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, 
Rossiya va boshqa mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar 
o‘rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat 
beradi.Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, soxibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - 
davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa xaqiqat - sixat-
salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat - adolat deb tushunilgan. 
Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi»,
degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval 
shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, 
mukammallikkaerishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan 
yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy 
asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya. 
Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o‘zi amal qilgan sifatlarni 
yuksak baxolaydi. Bular quyidagilar: 
-... Hammaga xam bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim; 
-... Islomga kat’iy rioya kildim. ... 
-Men kambagallarga ko‘p xayr-ex,son kildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni 
mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni sarf kildim; 
-Xaloyikka rahm kildim, barchaga naf’ yetkurdim. 
-... Birovga nohak ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘krashdan itarmadim...; -
Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...; 


-Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal kildim... 
-Men har kimga va’da bersam, unga vafo kildim...; 
-Aoimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf 
etmadim...; 
-Men har doim insof bayroshni baland ko‘tardim va iymon tarkatishni o‘z buyukligimning kudratli 
zamini deb bildim...; 
-Men doim saidlarga ehtirom bilan karadim, ulamo va shayxlarni e’zozladim... 
Shunday qilib soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand-nasixatlari va purma’no o‘gitlarining har 
bir mazmun va ma’no kengligi, mantikning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga 
qaratilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya 
olamiz. 
Bu o‘gitlar Sozsibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, toh muvaffaqiyatsiz, 
goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad 
sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan 
durdona - pedagogikadir. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Soxibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning moxiyati va vazifasiga qarab 
quyidagi guruxlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: 
-Islom dini va shariat konunlari xaqidagi o‘git-nasihatlar; 
-Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish; 
-Podsho va vazirlar hakida o‘git-nasihatlar; 
-Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar; 
Yuqorida qayd etilgan pand-nasixatlar Soxibqironning o‘z tajribasida sinalgan, xayotga tatbiq etilgan juda 
katta ma’rifiy-tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar 
sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta axamiyatga molik bo‘ldi. 
Muxammad Tarag‘ay – Ulug‘bek 1394 yiliing 22 martida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shaxrida(bobosi 
Soxibqiron Amir Temurning xarbiy yurishi paytida) tavallud topdi. U Shoxrux Mirzoning to‘ng‘ich 
o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay deb ism berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan Ulug‘bek 
deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va u jahonga shu nom bilan shuhrat 
tarqatadi. Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlari davriga to‘g‘ri keladi. 
Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug‘ullanib, sevimli nabirasiga o‘qish-yozishni 
o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va rivoyatlar so‘zlab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab 
bo‘ldi. 
1405-1411 yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi 
bo‘lib tayinlangan. Otabegi Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o‘rgatgan.O‘rta asrlardan 
saqlanib qolgan kitoblardan ma’lum bo‘lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib 
— qoidalar bayon qilingan qo‘llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar 
bilishi zarur bo‘lgan «Suluk ul-mulk» (Podshoxlarga kullanma) kitobidir. Ulug‘bek ham an’anaga ko‘ra 
mazkur kitobni mukammal o‘rganadi va unda ko‘rsatilgan davlatni idora qilish san’ati, turli lavozimlar 
egallash, boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayri ehson, sadaqa berish kabi tartib-qoidalar 
bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydi.Ulug‘bek yoshligidanoq ko‘p kitoblarni mutolaa qilgan bo‘lib, u 


ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga juda qiziqadi.U bobosining xos munajjimi mavlono 
Badriddin Tusiy bilan ko‘p vaqtini o‘tkazar, undan hisob va tavqimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib 
osmon yorishgan paytlarida yulduzlarning o‘rni va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. 
Ulug‘bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy yordamida al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Nasriddin 
Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsaroy va o‘trorda «Ziji Malikshohi» 
bilan tanishadi.Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug‘bek 
astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab 
butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo‘ldi.1411 yilda 17 yoshli Ulug‘bek 
Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug‘bekning 
mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug‘bek hokim bo‘lgach, bobosidan farqli o‘laroq 
harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o‘rta asrlardagi boshka xokimlardan o‘zgacha yo‘l tutdi, 
ko‘prok ilm-fanga moyil edi. 
Lekin, ming afsuski, Ulug‘bekning boshlang‘ich ma’lumoti xamda murabbiy va ustozlari hakida to‘liq 
ma’lumotga ega emasmiz. Shunday bo‘lsada, munajjim Mavlono Axmad Ulug‘bekning dastlabki 
ustozlaridan biri bo‘lsa kerak, deb taxmin qilish mumkin, chunki bu kishi Temur saroyidagi eng yirik 
olimlardan bo‘lib sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik takvimlari jadvallarini tuza olgan edy. Lekin 
Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari bo‘lmish «Ziji»da faqat Qozizoda Rumiyni «ustozim» deb 
ataydi.Ulug‘bek tashabbusi bilan o‘lkada ilm-fan, adabiyot, san’at axllari fanlarning yangi-yangi 
kirralarini ocha boshladilar. Ulug‘bek o‘z faoliyatida asosan falakiyotni rivojlantirishga katta axamiyat 
beradi, bu bilan birga, ko‘plab iste’dodli shoirlar, ijodkorlarni to‘plab, ular faoliyat ko‘rsatishlari uchun 
sharoit yaratadi. Ma’naviy va moddiy jixatdan rag‘batlantirib turadi. Masalan uning raxnomoligida 
me’morchilik ravnaq topdi. Buxoro, Samarkand va G‘ijkduvonda madrasalar, Marvda xayriya 
muassasalari xamda «Chixl ustun» ("Qirk ustun"), «Bog‘i maydon» kabi bog‘lar barpo etiladi. Ulug‘bek 
1424 yilda Samarkandda Obiraxmat suvi yonida G‘iyosiddin Jamshid, Abduvali Birjoniy, Mansur 
Koshiy, Mirim Chalabiy va boshka olimlar bilan birgalikda kurgan rasadxonasida sayyoralar sirini 
o‘rganadi. Uning boshchiligida yuzdan ortiq olimlar ilmiy-tadkikotlar olib boradi, falakiyot va 
matematika soxasida katta kashfiyotlar qilib jahonga mashxur 
bo‘ldilar. Bu tadqiqotlar jaxonga dong‘i ketgan Samarqandrasadxonasida amalga oshiriladi. Natijada, 
Ulug‘bek 1018 yuzduzning xolati va xarakatini aniklaydi, falaqiyotga doir bir necha asarlar yozadi. Bu 
asarlarning asosiy mazmunini «Ziji Ko‘ragoniy» deb atalmish falakiyot jadvali tashkil etadi. Jadval jaxon 
fani rivojiga muxim hissa bo‘lib ko‘shiladi. 
Rasadxona negizida Samarqandda astronomiya maktabi vujudga keladi. Bu maktabda tanikli 
olimlar dars beradilar.Shunday qilib, Ulug‘bekning falakkiyot maktabi o‘z davrining akademiyasi
(«Dorul-ilm») bo‘lgan va o‘rta asrlar musulmon Sharqi falakiyotining rivojiga katta ta’sir 
ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning akdiy va
ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi,
xar qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. Ulug‘bek rivojlangan fan va madaniyat inson 
tafakkurining kamol topishini ta’minlashga ishonadi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligaga ishora 
qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va ximmatli bo‘lishga, xalollik va rostgo‘ylikka da’vat 
etadi.Ulug‘bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita xayotning o‘zidan xam olishni tavsiya 
etadi. Ulug‘bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U 
Movarounnaxr shaxarlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargoxiga aylantiradi. 
Ulug‘bek: «Bilimga iyupilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan shiorni ilgari suradi va uni 
madrasaning peshtohiga yozdirib qo‘yadi. Madrasada esa ilmning turli soxalarining o‘qitilishiga jiddiy 
e’tibor beriladi.Masalan, Samarqand madrasasida iloxiyot ilmlari: -Qur’on, Hadis, Tafsir, fiqx bilan birga 
riyoziyot, xandasa ilmi, xay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi 
dunyoviy ilmlar o‘rgatilgan.Ulug‘bek ilm fani ravnaki uchun kurashgan, shu maqsad sari xarakag ^ilgan, 
ta’lim-tarbiya rivojiga xissa qo‘shgan fuqarolarni doimo rag‘batlantirib, o‘qituvchi-ustoz, mudarrisga 


xurmat extirom bilan qarashni targ‘ib etgan. Uning mana shu say’i xarakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati 
yaxshilana bordi, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ta’limni jonlashtirishga katta axamiyat berildi. 
Madrasadagi o‘quv tizimi islox qilinib, unda falakiyog, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni 
o‘qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o‘qish muddatini 15-20 yildan 8 
yilga tushirdi.Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish 
maqsadida muxarrislardan o‘quvchilar bilan rasadxona amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etib, bunga 
o‘zi raxbarlik qiladi.Ulug‘bek o‘z pedagogik karashlarida bolalarning jismonan sog‘lom, xarbiy xunarni 
puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. 
Ulug‘bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari muxim axamiyatga ega va bu fanlar 
bolaning akliy qudrati va kobiliyatini o‘stirishda muxim vosita bo‘lsa, tarix va adabiyot fanlari esa 
bolalarning vatanparvar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.Ulug‘bek ta’lim - tarbiyada poraxo‘rlik, 
qalloblik, bo‘lmasligini uktiradi, mudarrislarning odil va halol bulishga o‘z pedagogik mahoratlarini, 
bilimlarini oshirib boridilar xar bir mashg‘ulotni yuksak saviyada o‘tkazishga da’vat qiladi ana shu 
bilangina o‘kuvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi 
avval o‘zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.Ulug‘bek axloqiy tarbiya xususida gapirar 
ekan, bu masalada insonlar orasidagi o‘zaro munosabat, do‘stlik va birodarlik aloxida aham0yat kasb 
etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqi(5ii va soxta Ao‘stlarni ajrata bilish lozim, g‘arazli kishi 
hech vaqt do‘st bo‘lmaydi, kishilarni u to‘g‘ri yo‘ld^n ozdiradi.Do‘st tanlashga e’tibor berilmasa, soxta 
do‘stlarning ko‘payishiga bu esa odamlar o‘rtasida nopok manfaatlarga xizmat qilishga olib kelishga 
ishonadi. Shu bois g‘arazli kish1dlardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, yiroq bo‘lish, kasbi va xulq " 
atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan do‘stlashish lozimligini tavsiya etadi. 
Har bir kishi do‘stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, kishi yolg‘iz o‘zi, 
do‘stlarsiz hech narsa kila olmaydi. Uning ta’killashicha, har bir insonning axloqiy 
shakllanishi olimlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham bog‘likdir, ular o‘rtasidagi yaxshi hamkorlik 
talabalarning axlokiy tarbiyasida g‘oyat muhimdir. Bunday do‘stona va beg‘araz hamkorlik mohiyatini 
bizUdurg‘bek faoliyati misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga 
sodiq qoldi. Ulug‘bek o‘zining ko‘p iillik mexnati evaziga yaratilgan «Ziji Ko‘ragoniy» asarini unga 
ishonib topshirdi. 
IV .Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlari. 
Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘zining 
g‘oyat samarali faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan, temuriylar avlodining so‘nggi vakillaridan
biri Umar Shayx Mirzo O‘g‘li Zaxiriddin Muhammad Boburdir. Bobur Mirzo Farg‘ona viloyatining 
hukmdori Umarshayx, ya’ni Sohibkiron Amir Temurning chevarasi oilasida 1483 yilda tavallud topdi. 
Bobur saroy muhitida tarbiyalandi va o‘qidi, yoshligidan ilmga, she’riyatta berildi. Dovyurakligi, jasurligi 
va epchilligi tufayli uni «Bobur ya’ni «Yo‘lbars» deb atadilar.Zahiriddin Muhammad Bobur ilm
va fanning, san’atning, umuman xayotning xamma soxalari bilan yakindan kiziqkan. G‘ayrat va 
tashabbus, sinchkovlik va iste’dod Boburni rivojlangan feodal davrning ulug‘ siymolaridan biriga 
aylantirdi. o‘tkir zexnli Bobur Mirzo 9 yoshida savodini chiqaradi, qur’onni yod oldi, she’rlar yozib uni 
sharxlay bildi. 10-12 yoshlarida xarbiy san’at sirlarini, davlatni boshqarish usulini, jismoniy tarbiya 
mashqlarini mukammal darajada egalladi.Iste’dod soxibi bo‘lgan Bobur 12 yoshida, otasi vafotidan so‘ng 
taxtni egallab, podshox etib tayinlandi va umrining oxiriga qadar o‘zi ko‘rgan, xayotda guvox bo‘lgan, 
jang suronlari, o‘zga yurtdagi jaxongashtaliklar, vatanni qo‘msash, bolaga, oilaga qarindosh-urug‘larga 
munosabat masalalarini o‘zining tarixiy-geografik kitobi bo‘lmish «BOBURNOMA»da bayon etdi. 
Bu borada o‘zbek olimi taniqli geograf prof. H.Hasanov uni faqat davlat arbobi emas, balki mashxur 
lashkarboshi, tarixchi, geograf, biolog, musiqachi, tilshunos, me’mor xam bo‘lganini ta’kidlaydi. Uning 


ijodiga mansub bo‘lgan «Xatti Boburiy» uzok yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o‘rgatish 
kitobi sifatida foydalaniladi. 
Zaxiriddin Muxammad Bobur xayotlik paytidayoq o‘ziga xos ma’rifiy maktab yaratdi. Maktab 
tushunchasi turli ma’nolarda ishlatiladi. Maktab tor ma’noda farzandlarga ilm-ma’rifat, ma’lumot 
beruvchi joy, keng ma’noda fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy, siyosiy xayot kabilarda o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lgan yo‘nalish, oqimdir. 
Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orkali boshlab berdi. Gulbadanbegim otasi 
Bobur vafotidan so‘ng bu maktabni davom ettirib, «Xumoyunnoma» asarini yozdi. Bu maktab XX asr 
adabiyotida xam davom etdi. «Esdaliklar» (S.Ayniy), «Bolalik» (Oybek) v.b. asarlar. «Boburnoma» 
nisbatan tor ma’noda bo‘lsada, yozuvchi yashagan davrni, muxitni bir muncha aks ettirdi.Boburning 
ta’lim nazariyasidagi yana bir muxim xususiyati, o‘zi bilgan bilimlarni kelajak avlodga ilinishidir. 
Avlodim bilsin deb eliga o‘rgatgisi keladi. Bu xol uni bashariyatga buyuk ma’naviy boyliklar qoldirishiga 
muvaffaq qildi. Undan meros bo‘lib kolgan lirik she’riy asarlar; «Boburnoma», «Muxtasar», 
«Mubayyin», «Volidiya» va boshka asarlari jaxon fanida, ayniqsa xalq tarbiya konunlarida aloxida o‘rin 
tutadi. «Boburnoma»da esa shu darajada ko‘p va turli-tuman ma’lumotlar borki, ulardan xozirgi davrdagi 
mavjud fanlarning deyarli barcha soxalariga tegishli ma’lumotlarni olish mumkin. Shu jixatdan 
qaraganda, «Boburnoma» bolalar va yoshlar kitobxonligida katta axamiyatga molikdir.Shunisi diqqatga 
sazovorki, "Boburnoma" katta tarixiy manbaa xisoblanadi Chunonchi, 12 yoshli Bobur Andijonga suv 
qayerdan, kaysi ariklardan kelishini, u yerda qanday mevalar pishishini, qanday qushlar ov qilinishini, 
qushlarning og‘irligi qancha ekanligini biladi.Asarda bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. 
Shuni ta’kidlash zarurki, darxaqiqat «Boburnoma» - muxim terminologik va topinomik manba xisoblanib, 
unda yer-suv, xavo va turli tabiiy xodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi». «Boburnoma»da 
XVI asr boshlaridagi (bir mingdan ortiq) o‘sha davrdagi xolatida, shuningdek ayrim nomlarning turli 
variantlari berilishi xam katta axamiyat kasb etadi. Bobur Mirzo o‘z xayoti faoliyatida ko‘p yo‘l 
bosganligi uchun yer-suv taqsimotidagi xamda qurilish ishlaridagi masofa o‘lchovlariga katta axamiyat 
bergan. «Boburnoma»da tilga olingan o‘lchov birliklarini xozirgi paytda qo‘llaydigan bo‘lsak, bu 
kuyidagichadir: Yig‘och - 8 km; kurux - 2,5 km; shar’i - 2,4 km; kari - 55 sm; tutam, musht - 8 sm; bir 
o‘q otim yer -110-125 metr; bir o‘q choptirim yer - 215 metr; Xarvor (bir eshak ko‘taradigan yuk) - 300 
kilodan 565 kilogacha; mo‘g‘uliy masofa, quloch - 170 sm. Bir kunlik yo‘l - 40-45 km va xakazo.Shunisi 
diqqatga sazovorki, Bobur xar bir territoriyani ma’lum bir tartibda tavsiflaydi; avvalo joyning geografik 
o‘rni, so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi va qishloq xo‘jaligi, shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari, 
xayvonoti va axolisi, uning urf-odatlari xaqida ma’lumot beradi. Bu bilan u dunyoviy iqlimlarni 
mukammal egallaganligi, olim darajasidagi bilimga ega ekanligi kishini lol qoldiradi... 
Umuman olganda Zaxiriddin Muxammad Boburning ilmiy merosini o‘rganish yoshlarda mexnatsevarlik, 
oliyjanoblik, fan, madaniyat san’atga, ma’rifatga mexr uygotish xissini shakllantiradi. 
Boburning she’rlari original ijod samarasi sifatida ko‘p avlodlarga manzur bo‘lib kelgan, ota-bobolarimiz 
serqirra faoliyatidagi ijobiy jixatlari uchun Boburni e’zozlaganlar. Biz xam uning ma’naviy merosini, 
xususan yosh avlod tarbiyasida muxim axamiyatga molik bo‘lgan axloqiy - ma’rifiy pedagogik 
qarashlarini qadrlaymiz.Xulosa qilib shuni aytamizki, umuman XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyoning 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti bilan tanishishdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Amir Temur barpo 
etgan mustaqil markazlashgan davlatda u qo‘llagan siyosat o‘lkada ilm-fan, san’at, adabiyot, 
xunarmandchilik va yoshlar tarbiyasida muxim axamiyat kasb etadi. Soxibkiron Amir Temur va Temuriy 
shahzodalar tomonidan ma’rifatga katpsh e’tibor berilishi natijasida shaxar va kishloklarda, ovullarda 
bolalarni 6 yoshdan o‘kitish keng joriy etildi, madrasa ta’limi isloh kilindi, kurilish inshootlari, me’moriy 
obidalar, bogu-roglar, savdo shoxobchalari barpo etildi, «Buyuk ipak yo‘li» jonlantirildi. Davlatni 
boshkarish, siyosat, hukukshunoslik, iktisodiyot-tadbirkorlik mezonlari ishlab chikildi.Amir Temurning 
tarix oldidagi ulkan xizmatlaridan biri uning ilm-fan taraqqiyotiga xissa qo‘shganidadir.Temuriy 


shaxzodalar orasida, ayniqsa Mirzo Ulug‘bekning xizmatini aloxida ta’kidlab o‘tmoq maqsadga 
muvofikdir. Cheksiz akl-idroki, azmu qat’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug‘bek qariyib qirq yil 
mobaynida Movarounnaxr diyorining donishmand xukmdori bo‘lib, xalklarning azaliy orzusi — tinchlik, 
totuvlik, xar tomonlama tarakkiyotni qaror toptirish yo‘lida shijoat va matonat ko‘rsatdi.Mirzo Ulug‘bek 
avvalo, ilmiy farazlar bilan bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod kildi. Minglab yulduzlarni jamlagan 
mukammal xarita va bugungi zng zamonaviy xisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal astronomik 
jadvalini yaratdi. 
Uning xayoti va ijodi o‘zbek xalqi ma’naviyati poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, 
xalqimizning o‘rta asrlarda fundamental fanga nechog‘lik buyuk axamiyat berganini ko‘rsatadi.XIV-XVI 
asrlarda xattotlik, tilla suv bilan yozish, surat solish va muqovalash kabi soxalar yanada rivoj topdi. Bu 
borada Kamoliddin Bexzod, Sulton Ali al-Kotib va Maxmud Muzaxxib al-Xiraviylarning xizmati 
katta bo‘ldi. 
Ular Eron, Buxoro va Samarkandda kitob bezash bo‘yicha o‘z maktablarini yaratdilar va dunyo 
kutubxonalarida saklanib kelayotgan qimmatbaxo ko‘lyozmalar xazinasini meros qilib qoldirdilar. 
Boburning pedagogika olamida xizmatlaridan biri shundaki, u Farg‘ona, Samarqand, Afg‘oniston, 
Xindiston geografiyasini o‘zbek tilida birinchi bo‘lib tavsiflagan olimdir. Shu sababli xam Jaxon ilmu-
fanida, uni birinchi o‘zbek afg‘onshunosi va Beruniydan keyingi xindshunosi deyilishi bejiz 
emas. Shuni ta’kidlash kerakki, Bobur o‘zining Afg‘oniston va Xindiston to‘g‘risidagi ajoyib xotiralarini 
yozgan davrda G‘arbiy Yevropa olimlarining Markaziy Osiyo, Afyuniston va Xindiston to‘g‘risidagi 
tasavvurlari taxminiy bo‘lgan. 
Boburning «Boburnoma» asari zoologiya, botanika, astronomiya, etnografiya, tarix, tilshunoslik 
soxasidagi kimmatli yodgorlikdir.Shu bilan birga "Boburnoma"da adabiyot, diplomatiya, xarbiy san’at, 
moliya soxalaridan xam ma’lumotlar olish mumkin. Boburning «tabiat va viloyatlar shaydosi» bo‘lishi 
uning avlodlariga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatgani, uni o‘g‘illari Xumoyun va nabirasi Gulbadanbegim,
xolavachchasi Xaydar Mirzo xayotida xam ko‘ramiz. Gulbadanbegim XVI asr o‘rtalarida akasi Xumoyun 
safarini xikoya qiladigan «Xumoyunnoma» tarixiy-geografik asarini yozgan tarixnavis o‘zbek
ayolidir. Bu asarni sharkshunos olimlar «Boburnoma»ning davomi deb juda o‘rinli aytadilar. 
Boburning xolavachchasi Toshkentlik Muxammad Xaydar Mirzo xam Xindiston, Tibet, Qashkar va 
Issikko‘l atrofini kezib, «Tarixi Rashidiy» voqeanomasini yozib qoldirgan. 
Yuqoridagi fikrlarimizdan ko‘rinib turibdiki, Soxibqiron Amir Temur va temuriy xukmdorlar xamda 
ularning avlodlari o‘qimishli, fan va madaniyatni egallagan, zukko insonlar bo‘lib, ularning bizga 
qoldirgan ilmiy merosi bugungi kunda xam xayotimizda ulkan axamiyat kasb etmokda va Mustaqil 
o‘zbekistonning obro‘sini oshirish yo‘lida katta xizmat kilmokda. 
Yurtboshimiz taklifi bilan va say’i xarakatlari tufayli o‘tkazilgan Amir Temur, Ulug‘bek, Imom al-
Buxoriy, Al-Farg‘oniy va boshqa buyuk siymolarning tavalludiga bag‘ishlangan tantanalar va ular nomi
bilan atalayotgan ma’rifat maskanlarining mavjudligi xalqimizning ularga bo‘lgachukur extiromidir 
ABDURAHMON JOMIY XV asrda yashagan boshka mutafakkirlar kabi insonni, uning yuksak ahloqiy 
xislatlarini, go‘zal fazilatlarini bayon etgan allomalardan sanaladi. 
Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida insoniy yuksaklikni tarif etadi. Tadkikogchi Sh.SHomuhamedov 
A.Jomiy hakida fikrlar ekan, «Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib 
porladi», - deydi.Jomiy uchta lirtik devon, etti dostondon iborat «haft rang» («Yetti taxt»), ta’lim-
tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati tarakkiyotida munosib o‘ringa ega 
bo‘ldi.Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axlokiy karashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan 
«Bahoriston» asari va «Xaft avranga kirgan «Tuhfatul axror» hamda «Silsilatuz zahab» (Oltin tizmalar») 
va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da Jomiy hakiqiy kamolatga 


erishgan insgon haqidagi qarashlarini bayon etadi.Jomiy o‘zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin 
tizmalar») dostonida esa «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi 
zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo‘lib, bu umrni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan 
so‘ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi. 
Alloma ilmning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu bilimni egallashda kitobning har bir yoshning bilim 
olishidzgi o‘rniga, uning hislatlariga alohida to‘xtab o‘tadi va kitobni «teri yopingan olim» 
o‘xshatadi.Bilimni yoshlikdan egallash lozimligini ta’kidlaydi va johillikni qattiq qoralab, dono bilan 
nodonni bir-biriga qarama-karshi qo‘yadi: 
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo‘l, 
Nodonlik yurtidan chik, bilim tomon olshl yo‘l. 
Har bir kishiga bu so‘z, oyna kabi ayondir, 
Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir. 
Abduraxmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, avvalo, mamlakatni boshqaruvchi xukmdorlar ilmli 
bo‘lishi, agar rahbar nodon, joxil bo‘lsa, el boshiga juda ko‘p nadomat, zulm yog‘ilishi mumkinligini 
ifodalaydi: 
Shoh agar bo‘lmasa bilimdon hokim, 
Jahl botkoshda bo‘lur mukim. 
Yo gar undan doim jaholat, o‘lim, 
El boshiga tushar nadomat, zulm. 
«Baxoriston» asarida esa ilmni bexuda egallamaslik, xar bir shaxs foydasi tegadigan ilmni egalashi 
zarurligini ta’kidlaydi: Eng zarur bilimni kunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini 
hosil kilgandan keyin, Unga amal kilmay umr o‘tkurma. Abduraxmon Jomiy asarlarida xam boshqa 
allomalardagi kabi tarbiyaning axamiyatiga katta e’tibor beriladi. Yetuk insonga xos bo‘lgan axloqiy 
xislatlar uning barcha asarlarida keng tarannum etiladi. Masalan, xaqiqiy insonga xos bo‘lgan axloqiy 
xislatlardan yaxshilik, saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do‘stlik, rostgo‘ylik, 
mexnatsevarlik kabilarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratadi. Bunday sifatlardan saxovat va kamtarlik, 
karamni eng ulug‘ insoniy fazilatlardan biri deb biladi. «Baxoriston»da u «saxovat biror narsaga qarab 
yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, xatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorchilik bo‘lgani 
taqdirda xam, u saxovat emas», - deydi. Abduraxmon Jomiy inson ta’masizlik va qanoatda xirs va 
ta’madan uzoq bo‘lishini istaydi. 
Kimning qalb diliga kirdi qanoat, hirs bilan ta’madan qutuldi bori. Qanoat gilami to‘shalgan yerda, Sindi 
ochko‘zligu ta’ma bozori. Jomiy insoniylik fazilatlaridan sanalgan kamtarlikni targ‘ib etar ekan, kibr-
havo, manmanlik, razolat, joxillik kabi illatlarni fosh etadi. 
Masalan, utakabbur, manman shaxslar bosh ko‘targan boshoq kabi o‘roq zarbi bilan erga yiqilib, 
sarg‘ayib so‘lishi mumkin desa, kamtar kishilarni esa o‘zini tuproqqa tashlagan don, qushlar tomonidan 
avaylab erdan ko‘tarib ketganlaridek e’zozda bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. 
Ayniqsa, Jomiy «Iskandar xiradnomasi» asarining «Iskandarning pokizalar shaxriga etishi» bobida 
ifodalangan insonga xos xislatlarning tarannum etilishi, bizga Forobiyning «Fozil odamlar shaxri» 
asaridagi «Fozillar shaxri xokimining fazilatlar»ni eslatadi. Har ikki asarda xam fozillar shaxri axolisiga 


xos xislatlar yaxshilikning g‘olib kelishi va barcha yomon illatlar: urush, nizo, joxiliyat, zulm, boylikka 
xirs, ta’magirlik yo‘q etilishi yoritiladi. 
Iskandar jaxon aylanib, bir shaxarga keladi. U yerning xalqi, turmush tarzi shoxni lol qoldiradi. Mazkur 
shaxarda odamlar tinch, osoyishta, urush-janjallarsiz xayot kechiradi; barcha barobar mexnat bilan 
shug‘ullanadi. SHaxarda o‘g‘ri yo‘q, barcha eshiklar qulfsiz. Bu shaxarda adolat xukmron bo‘lib, barcha 
fuqarolar bir xil xayot kechiradi. Ularga bunday xayot ota-bobolaridan meros qolgan bo‘lib, shaxar axli 
bu an’analarni e’zozlab asraydi va amal qiladi. Jomiyning «pokizalar shaxri» uning yuksak orzu-umidi, 
insoniyat tarixidagi ideal tuzum timsolidir. 
Jomiy tasavvurida xaqiqiy etuk inson el, xalq uchun xizmat qilib, yaxshi nom qoldirishi zarur. "Silsilatuz-
zaxob" dostonidagi quyidagi pandlar uning barcha qarashlariga yakundek sanaladi: 
O‘z koningdan pshshkari ko‘ygil kadam, 
Gavharingni ayla, pardoz dam-badam. 
El uchun undan kelur ne foyda, 
Konda gavhar yotgani befoyda. 
Koldiray desang jahonda yaxshi nom, 
YAxshilik kil, yaxshilik kilgil mudom, 
Hech keshiga ranju ozor bermagil. 
Jomiy asarlarida yaxshilikning barkamol inson ega bo‘lishi zarur bo‘lgan eng muqaddas axloqiy xislat 
sifatida tarannum etilishi bejiz emas. Zero, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan boshlab yaxshilik va 
yomonlik o‘rtasidagi kurash va yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga bo‘lgan oliy istak barcha 
pandnomalarning asosini tashqil etgan. 
Xulosa qilib aytganda, Abduraxmon Jomiyning yetti dostondan iborat "Haft avrang" ("Yetti taxt") 
asarining "Tuqfatul-axror" ("Erkinlar tuxvasi"), "Sabxatul-abror" ("Yaxshilar tasbixi") kabi falsafiy-
axloqiy asarlari;"Xiradnomai Iskandar" dostoni, "Silsilatuz zaxob" ("Oltin tizmalar") asarlarida uning 
barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy goyalari o‘z ifodasini topgan.Alisher Navoiy va uning 
ta’limiy- axlokiy asarlarida ilgari surilgan g‘oyalari. 
Qomusiy bilimlar soxibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, 
tarix, til bilimlarini rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga xam e’tibor berdi. U o‘z 
«Xamsa»sida, «Maxbub ul-qulub» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarida, shuningdek, «Munojat», 
«Vaqfiya», «Majolisun nafosat», «Muxokamat ul - lug‘atayn» kabi asarlarida Aduraxmon Jomiyning 
Arba’yin nomli asari tarjimasi «Chixil xadis («Qirq xadis)da tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ifoda etadi. 
Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi 
fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, 
yo‘llari, usullarini bayon etdi. 
V.Zoxidov ta’kidlaganidek, «Navoiy ijodining, amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, 
yo‘nalish nuqtasi xar narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yashashi, zarur jamiyat 
masalalaridir». 
Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra inson tabiatan tabiat bilan bog‘liq, shunga ko‘ra xudoning mevasi 
sanaladi, chunki tabiatning o‘zini xam Ollox yaratgan. SHuning uchun xam u xayotda xamma narsadan 
yuqori turadi, borliqning, butun mavjudotning bebaxo boyligi sanaladi. Inson o‘ziga xos xislatga, xulqqa, 


xatti-xarakatga ega bo‘lganligi uchun xam boshqa mavjudotlardan farq qiladi.«Bular xush ovoz bilan kuy 
kuylashdan, yokimli soz chalishdan tortib, to do‘stga vafodorlikkacha, ilmu xunar o‘rganib tog‘ni tall^on 
qilishdan, tabiatni o‘z manfatlari xizmatiga ko‘yishdan, qaxramonlikdan tortib, to xalol, o‘z kuchi bilan 
mexnat qilib, shod-xurram yashashlikkacha, insofli, vijdonli bo‘lishdan tortib, to qanoatli sabrli, matonatli 
bo‘lishigacha, ozodlikni, xurlikni sevishdan tortib, to inson uchun zararli bo‘lgan yomonlikni nafratga 
uchratishgacha, shafoatli, shafqatli, adolatli bo‘lishdan tortib, to razillarga ayovsiz kurash e’lon 
kilishgacha, shirin so‘zlikdan tortib, to ochiq ko‘ngillikkacha, sofdillikkacha..», - namoyon bo‘ladi, deydi 
V. Zoxidov yuqoridagi fikrini davom ettirib. 
Shuning uchun xam Alisher Navoiy butun umri davomida yiqqan tajribasi asosida «Maxbub ul-qulub» 
(«Ko‘ngillarning sevgani») asarini yozadi va ana shu asarida o‘zining «Hayrat ul-abror», «Nazmul 
javoxir» va boshqa ta’limiy-axloqiy asarlaridagi axloqiy qarashlarini rivojlantiradi.Uning mazkur asarni 
yozishdan maqsadi xam muqaddimada bayon etilgan: "Xar ko‘cha-ko‘yda yuguribman va olim axlidan 
xar zsil kishilarga o‘zimni etkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi 
xislatlarni tajriba qilibman". Alisher Navoiy muqaddimada kishilarni ikki guruxga «munosib kishilar» va 
«nomunosib kishilar»ga bo‘lib, xayotda inson ana shu nomunosib kishilardan o‘zlarini tiyishi va yaxshi-
yomonni ajrata olishda «Maxbub ul-kulub»dan foydalanishi zarurligini ta’kidlaydi. Demak, Navoiy xayot 
tajribalari asosida yoshlarni xaqiqiy, komil inson bo‘lishga undaydi va xayot saboqlaridan xulosa 
chiqarishda ushbu asaridan foydalanish mumkin, deydi. 
Yaxshilik va yomonlikning aslini xam, zaxrini xam torgib ko‘rdim. Xasislar va karamlilar etkazgan yara 
va bergan malxamni ko‘nglim tag-tugi bilan sezgandirman. Zamon axlidan ba’zi xamsuxbatlar va davr 
kishilaridan ayrim do‘stlar bu xollardan xabarsiz va ko‘ngillari bu yaxshilik va yomonlikdan asarsizdir... 
Bu xildagi xam suxbat va do‘stlarni xabardor qilmoq va bu xollardan ogoxlantirmoq lozim ko‘rindiki, xar 
toifaning xislatlaridan ma’lumotlari va tabaqaning axvolidan bilimlari bo‘lsin, keyin munosib kishilar 
xizmatiga yugursinlar va nomunosib odamlar suxbatidan tortinishni zarur bilsinlar va barcha odamlar 
bilan maxfiy sirlardan so‘z ochmasinlar. Shayton sifatlar xiyla va aldovlariga o‘yinchoq bo‘lib 
qolmasinlar. Kimki xar xil kishilar bilan suxbatlashish va yaqinlashishni xavas qilsa, bu 
kaminaningtajribasi yoshlar uchun etarlidir». Asar uch qismdan iborat bo‘lib, Navoiyning o‘zi 
ta’kidlaganidek, birinchi qismi xar xil toifa odamlar fe’l-atvori va axvoli, kayfiyati; ikkinchi qism yaxshi 
fe’llar va yomon xislatlar xosiyati; uchinchi qism esa xilma-xil foydalar va xissalar ko‘rinishi, ya’ni 
yaxshi fe’llar va xyslatlarga oid tanbexlardan iboratdir. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z davrining 
ilg‘or, ma’rifat allomasi sifatida inson kamolatida ilm-fanning o‘rni, aql va idrokning axmiyati, aqliy 
tarbiyaning moxiyatini yoritib beradi. 
Navoiy tasavvuridagi komil insonga xos bo‘lgan eng yuksak fazilatlarga ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga 
muxabbat xam kiradi. Chunki baxtli xayotga intilgan Navoiyning ijodkor, oqil, qobiliyatli, dono inson 
o‘zining kuch-kuvvatiga, aklu zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning axamiyatini- 
yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, xayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, 
odamlarning xaqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflzydi. Bu fikrni «Nazmul-javoxir» 
asarida: 
Kim olim esa nuktada barhak de oni. 
Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni. 
Har kimsaki yo‘k ilm anga ahmok de oni. 
Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmoq de oni. 
«Hayrat ul-abror» dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni shunday sharxlaydi: «Ilm sexrining baland 
axtarligidakim, jaxl tunin yoritmoq uchun «ayn»i, quyoshdan «lom»i oydin va «mim» kunduzdin nishona 


aytur. Va jaxl shomi tiyra manzarlig‘idakim, g‘aflat choxini zalolat kechasida zoxir qilib, bu kechada 
shaxovatdin fasona aytur. Va olimning bovujhai falokat quyoshdek sar balandligi va joxilning bovujudi 
ganju mol tufroq aro najandlig‘i». Bunda arab tilda aynning ma’nosi quyosh, lomning ma’nosi esa oy 
bo‘lib, yana lom shakln oyga o‘xshaydi va abjad xisobida «o‘ttiz»ni bildiradi. Mim esa kunduz ma’nosini 
bildiradi. 
Alisher Navoiy ilmni quyosh va oy xamda kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-saodatiga eltadi demoqchi 
bo‘ladi: ya’ni bu maqolat «ilm osmonining yulduzlardek baland martabaliligi xaqidakim, bilimsizlik tunni 
yoritish uchun «ayn» quyosh, «lom» oy, «mim» kunduz belgilarini ko‘rsatadi; bilimsizlik shomining 
qorong‘u ko‘rinishi xaqidakim, g‘aflat chaqini pastlik kechasida zoxir qilib, bu kechada baxtsizlikdan 
xikoya aytadi; olimning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi joxilning esa butun borlig‘i 
boylik, mol bo‘lsa xam tuproqdek xorligi» xaqida fikr bayon etadi. 
Demak, Alisher Navoiy ilmni inson kamolati uchun eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni 
insonni, xalqni nodonlikdan, jaxolatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflayda. Alisher Navoiy orzu qilgan 
komil inson xam faqat ilmli bo‘lishi bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni xaqiqiy inson sifatida ta’riflashga 
yana sabr-qanoat, saxiylik, ximmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq-vafo va xakozolar xam asos 
bo‘ladi. Navoiy insonning axloqiy xislatlari-yaxshi fe’l-atvorlar xususida to‘xtalib o‘tar ekan, avvalo xar 
bir insoniy fazilatning ta’rifini beradi. 
U yaxshi fe’llarga kanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq va vafo, saxovat. ximmat, karam, muruvvat, 
yumshoq ko‘ngillik (xilm) kabi xislatlarni kiritib, xar birining ta’rifidan so‘ng tanbex va xikoyatlar 
vositasida o‘z fikrini to‘ldiradi. Navoiy asarda mazkur xislatlarga ta’rif berish bilan birga, ularga qarama-
qarshi bo‘lgan yomon illatlardan kutulish yo‘llarini bayon etadi. 
Axloqlilikning eng muxim mezoni sanalgan odob xakida fikr yuritar ekan. «Adab kichik yoshdagilarni 
ulug‘lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod baxramand bo‘ladi. Adab kichkinalar 
mexrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muxabbat ko‘ngilda abadiy qoladi...» - deb ta’kidlaydi. 
Demak, yaxshi xulq asosi - odob Navoiy taxsilida barcha insoniy xislatlarning boshlanishi sanaladi. 
Komil insonga xos xislatlar ana shunga bog‘lik ravishda ta’rif beriladi. Zero, xaqiqiy insonga xos xislatlar 
- kanoat, sabr, tavozul’, ishk, vafo, saxovat, ximmat, karam, muruvvat, xilm (yumshoq ko‘ngillik) xuddi 
shu odobli kishida tarkib topadi. 
Masalan, «qanoat-buloqdir-suvi olgan bilan qurimaydi, xazinadir-naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, 
ekinzordir-urug‘i izzat va shavqat mevasi beradi; daraxtdir-shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi 
yetkazadi» - deb ifodalaydi. 
Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlardan sabr, saxiylik, karam, muruvvat, ximmat, bir-biriga 
xamkor va g‘amxo‘r bo‘lishini, bularni inson shaxsini ulug‘lashga etaklaydigan, uni sof va pokiza inson 
darajasiga ko‘taradigan xislatlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. «Sabr achchikdir - ammo foyda beruvchi, 
qattikdir -ammo zararni daf etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. 
Achchiq so‘zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekinzaminda maqsad xosil bo‘ladi. Badxo‘r dori 
beruvchi tabibday kasalundan qiynaladi, ammo so‘ngida sog‘lik yuz beradi.» 
Saxiylik esa insoniylikning xaqiqiy mezoni sifatida ta’rifberiladi. Saxovatni Navoiy odamlarning 
mushkulini oson qilishdaunga beriladigan minnatsiz yordam sifatida tushunadi va shungada’vat etadi. 
qimmatlilik, muruvvat, karam saxovatning tarkibiyqismlari sifatida yoritiladi. «YAxshilik,karam-
birjabrlanganning qattiqchilik yukini ko‘tarmoq va uni o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam 
birovning mashaqqat tikani og‘irligini ko‘tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o‘sha qilingan 
ishni qaytib tilga keltirmaslik, og‘izga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik», - 
deb, uning asl moxiyatini yoritib beradi. Muruvvatni esa ana shu «karamning urug‘-avlodi, egizak 


qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo‘lsa izzat va xurmatga sazovor bo‘ladi», - deydi alloma. U karam 
va muruvvatni ota-onaga o‘xshatsa, vafo va xayoni egizak farzandlarga o‘xshatadi. Lekin alloma xar bir 
qanday exsonni saxiylik deb tushunmagan. Saxovat deb isrofgarchilik qilishni, minnatni qoralagan. 
Ularni (saxovat, ximmatni) tor ma’noda olmagan, aksincha, chuqur ijtimoiy ma’noda, keng ko‘lamda 
olgan, ularda, bir tomondan, aqliy, yirik didaktik qoidalardan, jamiyatni tuzatadigan vosita va odamlar 
ulug‘langan tekinxo‘rlar qoralangan. 
Qanoatni — sharaf va izzatning tantanasi desa, davlatli ta’magirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning 
uchun xam yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi xislatlarni o‘zida tarkib toptirish, nafs istagidan o‘zining 
tiyishini ulug‘laydi, takabburlik, manmanlik, faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, 
nodon va joxillik, ikkiyuzlamachilik, ta’magirlik, shoshma-shosharlik, yalqovlik, xaromdan xazar 
qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo‘lish yo‘llarini xam bayon etadi. 
Uning quyidagi ruboiysi ana shu yomon illatlar insonni ma’naviy o‘limga olib borishi mumkinligi 
xaqidagi xukmidek tuyuladi: 
Uch fe’l erur kishiga kotil oxir, 
K,otillik aro zahri halohil oxir. 
Buxl atla birin, birin havo bil oxir, 
Kil ujbin ham alarga dohil oxir. 
Demak, Alisher Navoiy o‘zining asarlari bilan bir katorda, ilmiy-axlokiy asarlarida o‘zi orzu etgan 
insonga xos axlokiyFazilatlar deb kanoat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik,ilm, rostgo‘ylik, 
tavozu’, adab va boshkalarni tushungan, ana shu hislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik 
bo‘lmasligi,unday inson yashagan jalliyat ham ravnak topishi, barcha xalk baxt- sodatga erishishi 
mumkin deb hisoblagan. 
Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy –axloqiy qarashlari. 
Husayn Voiz Koshifiy xam o‘z davrining yirik olimi sanaladi. 
Husayn Voiz Koshifiyning (taxm.1440-1505 yy.) Hirotda Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiylar bilan 
xamkorligi 
ilm-fan 
taraqqiyotida 
katta 
axamiyat 
kasb 
etgan.Husayn 
VoizKoshifiy 
axlok,nujum,mantiq,adabiyotshunoslik, riyoziyot, xisob, islom tarixi, iloxiyot, tarix, musiqashunoslik, 
tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar qoldirib, sharq ma’naviy madaniyatini 
rivojlantirishda o‘z o‘rniga ega. 
Koshifiy Xurosonda Husayn Boyqaroning voizi (notig‘i), ta’birchisi, maslaxatchisi sifatida shuxrat 
qozonadi. CHunki Koshifiy Xuroson shaxarlarida va’z aytib, xulq-odob qoidalari, Qur’on va Hadis 
masalalarini sharxlab, xalq orasida xurmat-e’tibor kozongan. 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqiy Muxsiniy" asari ingliz, nemis, 
o‘zbek, turk tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abdulmuxsin Mirzoga 
bag‘ishlangan bo‘lib, inson kamoloti uchun eng zarur xislatlar ta’riflanadi. 
Asarda inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Aqlni xaqiqat sifatida ta’riflab, inson o‘zining 
faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi. 
U ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas, balki xayot kechirish uchun zarurdir, chunki ilm — doimiy, 
mol-dunyo o‘tkinchi deb tushuntiradi. Haqiqiy dono, bilimdon kishilar o‘tkinchi narsalarga e’tibor 
bermaydilar, deydi. Demak, Koshifiy ilmni amaliyot bilan bog‘lab tushuntiradi. Koshifiy xar bir ishning 


muvaffaqiyatini bilimlarni amalda qo‘llanishi bilan belgilagan. Bunda u inson aqlini faoliyatning asosi 
sifatida talqin etib, o‘z navbatida bu faoliyat yangi bilimlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi, deydi va bu 
fikri bilan ancha ilgarilab ketadi. Masalan, u "Axloqi Muxsiniy" asarida aql bilan faoliyatning o‘zaro 
aloqasi xaqida gapirar ekan, barcha kishilar aqlga extiyoj sezadi, aql esa amaliy faoliyatga extiyoj sezadi. 
Harakat, faoliyat aqlning ko‘zgusi sanaladi. Aql yordamida insoniyat tajribasi, ma’naviy 
qadriyatlaryig‘ilib boradi va kelgusi avlodlarga etkaziladi» deb ta’kidlaydi. Koshifiy shuning uchun xam 
avvalo ilm-fan, olimlarning jamiyatdagi o‘rniga katta baxo beradi, ustozlarning qadriga etish zarurligini 
uqtiradi. Ikkinchidan, ustozga xurmat odoblilik namunasi sifatida xam qaraladi. 
Xusayn Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqliy qobiliyatini o‘stirish mumkin, deb 
bilimning insonni shakllantirish mezoni sifatida talqin etadi. 
U ilgari surgan axloqiy tushunchalar: yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni 
ta’riflab, xar birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini xam bayon etadi, ularning tarkibiy 
qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi. SHu bilan birga asosiy mezonlarini 
xam ko‘rsatib beradi. U axlokiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik, adolatlilik, sof insoniy 
munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan xatti-xarakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, 
xasad, baxillik, pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini xam bayon etadi. 
Shuningdek, Koshifiy axloqiy talablarni xam bayon etadi. Bu talablar axloq koidalari bo‘lib xisoblanadi. 
u o‘ttizdan ortiq axloqiy qoidalarni bayon etib, bular sabr, xayo, pokizalik, sobitqadamlik, avf, saxiylik va 
saxovat, tavoze’ kamtarlik, rostgo‘ilik, shijoat, xushyorlik, farosat kabi insoniy fazilatlarni barcha 
qirralariga ta’rif beradi. 
Demak, Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida ifodalagan ilm-
ma’rifatli, xaqiqatparvar, adolatli, xar qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson qiyofasini 
tasavvur etamiz. Xusayn Voiz Koshifiyning yana bir asari "futuvvatnomai Sultoniy" bo‘lib, unda komil 
insonni shakllantirishning aynan amaliy yo‘llanmalari beriladi. 
Ma’lumki, X asrdan boshlab javonmardlik yoki futuvvatchilik xarakati keng yoyilgan. Bunda barcha yosh 
yigitlar o‘z xayotini faqat ezgu xislatlarni tarkib toptirishga bag‘ishlab, zoxiran va botinan pok bo‘lish, 
o‘z ezgu niyatlarini amalga oshirish uchun jamoa bo‘lib uyushgan. Bunday yoshlarni javonmardlar yoki 
futuvvatlar deb atashgan. Ular ma’naviy va jismoniy etuklikka intilgan, mardlik va oliyjanoblik 
namunasini ko‘rsatgan. Ularning o‘z jamoasi, piri, ustozlari, yig‘iladigan joylari bo‘lgan. Sarbadorlar Abu 
Muslim, YAqub ibn Lays, Maxmud Torobiy kabi qaxramonlarimizxam o‘z vaqtida javonmardlar 
bo‘lishgan. 
Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari xam boshqa ta’limiy-axloqiy asarlar qatori ana shu 
javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda etgan. 
Futuvvat (javonmardlik) ilmi xam tasavvuf, so‘fiylikka muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, mexru 
shafqat, ximmat va mardlik ko‘rsatishni targ‘ib etgan. Tasavvuf futuvvatda yuksak g‘oyalarning amaliy-
ijtimoiy tadbiqini ko‘rsa, futuvvat esa tasavvufda nazariy-e’tiqod asosini topgan. 
Odatda futuvvat sifatlari mavjud kishini fatiy deganlar. Fatiylarning lug‘atiy ma’nosi — yoshlik. Bu so‘z 
yosh yigitga nisbat berilgan. SHu bilan birga majoziy ma’noda insoniy fazilatlar nuqtai nazaridan kamolat 
chegarasini zabt etgan olamga - yoshlarga nisbatan ko‘llanilgan. 
Javonmardlikning ruknlari (ustunlari) o‘n ikkita bo‘lgan: oltita zoxiriy, oltita botiniy. 
Zoxiriy ruknlar: 
1.G‘iybat, yolgon, bo‘xton, behuda so‘zdan tilni pshyish. 


2.Nojo‘ya, nomakbul so‘zlardan kulokni berkitish. 
3.Ko‘rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish. 
4.Harom narsalardan ko‘lni tortish. 
5.Borish man kilingan joylardan oyokni tortish, gunohga sabab bo‘ladigan gammozlik, gap tashish, 
ziyon-zahmat ishlarga qadamqo‘ymaslik. 
6.Harom ovqatdan og’izni, zinodan a’zoni berkitish. 
Botiniy ruknlar: 
1.Saxovat. 
2.Kamtarlik (tavoze’). 
3.Qanoat. 
4.Avf va marhamat. 
5.Kibr va g’ururni tark etish. 
6.Kubr (ko‘ngil) dunyo tashvishlaridan tozalanib, do‘st (xudo) muhabbatining makoniga, ishq sultoni 
o‘tiradigan taxtga aylanishi. 
Asarda keltirilishicha futuvvat sharti 71 ta bo‘lib, uning 48 tasi vujudiy, 23 tasi azaliydir. 
Vujudiyga: islom, imon, aql, ilm, xilm (xalimlik), zuxr (takvo), vara’ (parxez), sidq, karam, muruvvat, 
shafqat, exson, vafo. xayo, tavakkul, shijoat, g‘ayrat, sabr, istiqomat, nasixat, nafs, taxorat, 
oliyximmatlilik, sirni yashirish, raxmdillik, shariat rioyasi,amri ma’rufni bajarish, ota-ona xurmatini bajo 
keltirish, ustoz xizmatida bo‘lish, xamsoya xaqqini ado etish, tilga faqat savobga qaratilgan kalomni 
keltirish, ko‘p bilib, oz gapirish, ya’ni bilim mo‘lligidan sukut saqlash, xalollikning talab etilishi, salom 
odobini bajo keltirish, yaxshilar va poklar bilan suxbatlashish, oqillar bilan suxbatlashish, shukr qilish, 
mazlumlarga yordam, etim-esirlar, yolg‘iz kishilar xolini so‘rab turish, fikrat (o‘y-fikr, andisha) va ibrat 
ko‘rsatish, ixlos bilan amal qilish, omonatga xiyonat qilmaslik, shaytoniy nafsga karshi dushmanlik 
ko‘rsatish, insof chizig‘idan chiqmaslik, rizo-rozilik xissini yo‘qotmaslik, kasallarni ko‘rishga borish, 
nokaslardan uzoqda turish, doimiy zikr bilan band bo‘lish (xudoning nomini tilga olib turish) kabilardir. 
Futuvvatning barcha qoida-nizomlari ustoz yordamida sinovdan o‘tgan va bel bog‘lash shartlari, shogird 
tushish shartlari bajarilgach, jamoaga qabul etilgan.Asarda eng muximi, tariqat axlining odobi xaqidagi 
fasllardir. Unda tariqat axlining ko‘nglini asrash, ko‘z, quloq, til, og‘iz, qo‘l va farq (tanosil a’zosi)ni 
saqlash odobi, tariqat ardobi va ularning toifalari odobi, taqyadorlar (xonaqo) odobi, o‘tirish odobi, suxbat 
odobi, mexmon kutish, yo‘lda yurish, salom berish odobi, kasal ko‘rishga borish, janoza, ta’ziyaga borish 
odoblari, kasb-kor, savdo-tijorat odoblari, ma’rakaga borish odoblari bayon etilib, turmush odobiga oid 
xar bir xatti-xarakatning uslubi xam o‘z ichida bayon etilgan. So‘ng turli kasb egalarining odobi, faoliyati 
ta’riflangan.YUkoridagi javonmardlar qoida, talablaridan, umuman, tajribalardan xozirgi davrda qanday 
foydalanish mumkin, degan fikr tug‘iladi. Ta’lim-tarbiyada o‘rin-o‘rni bilan bu talablarni singdirib 
borish, ularniig xozirgi davrga moslaridan tanlab olish juda muxim. Zero, Koshifiyning bu asari o‘z-
o‘zicha paydo bo‘lmagan, albatta. Javonmardlik xaqida ko‘p ta’limiy-axloqiy asarlarda bayon etilgan. 
Xususan, Kaykovusning "Qobusnoma" asarining oxirgi 44-bobi xam javonmardlikka bag‘ishlangan. 
Xusayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asarini tojik olimi Qurbon Vose’ tojik tiliga va 
o‘zbek olimi N.Komilov uning 12 bobidan 7 bobini o‘zbekchaga tarjima etdilar. 


Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi 
Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning 
asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U o'zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy 
asarlarini, xalq bolalarini o'qitish va tarbiyalashda bag'ishladi. 
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika 
fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish 
yo'llarini ko'rsatib o'tdi. 
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada “Chex qarindoshlari” 
jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib 
kelishgan, shuning uchun ham ularni bu erda Komnachilar oilasi deb atalgan. 
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash keskinlashib tarixiy voqeallar sodir 
bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab chiqarish munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum 
asoslarining targ'ib topayotgan davri edi. Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining 
mohiyati jihatidan chex xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. Yevropaning barcha kuchli 
davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan Komenskiylar oilasi chetda 
turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo'lgan “Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik 
islohotlar o'tkazishni talab qilib, bu kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z safiga chex 
xalqining ozodligi va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex 
xalqining ozodligi uchun kurash yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib borilayotgan kurashning bir 
qismi edi. Chex qardoshlari cherkovning diniy marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, dvoryanlarga 
qarshi kurashdilar hamma bolalarga ijtimoiy ta`lim berishni amalga oshirdilar, kambag'al oilalarga 
yordam berdi. 
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex qardoshlari” jamoasi ochgan 
maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan 
Germaniyada o'qishga yuborildi. Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U 
“Hamma narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda ona-tilining 
to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik ideallari bilan tanishdi. 
Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda 
“Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan 
maktabda boshchilik qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi. 
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya 
kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi. 
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg'in 
kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar. 
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida 
tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning 
ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi 
asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va maktablarda lotin 
tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. 
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga asosan “Lotin tilining 
muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi. 
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish jarayonini jonlashtirish, 
bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta 


o'quv pyesasini yozdi va ulardan “O'yin maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi 
bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim mamlakatlari 
maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida foydalandi. 
Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va Amsterdam shahrida o’rnashib 
qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. 
Komenskiy umrining so'nggi yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini 
o'rganishga bag'ishladi. 
U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o'z vatanining mustaqilligi uchun kurashdi. Uning barcha asarlari 
chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan. Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid 
barcha asarlarida o'sha davrning ta`siri ko'rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga 
16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining ta`siri kuchli. Komenskiy idrok 
qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi. 
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo'lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan 
qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan 
demokratizm ifodasidir. U o'g'il va qiz bolalarni ham o'z ona tilida o'qitishini talab qildi. 
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatning ta`siri ostida vujudga keldi. 
Komenskiy inson eng mukammal va eng go'zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko'rsatgan yo'ldan 
borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb 
bildi. Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch 
vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy 
tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya). 
Komenskiy o'rta asr pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb 
hisoblaydi. 
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, 
insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim. 
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani 
batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi 
haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar. 
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o'qtishning tabiatga uyg'un 
bo'lishi haqidagi g'oyadir. 
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy va amaliy jihatdan ishlab 
chiqdi. 
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning eng asosiy 
umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonuniyatlari 
o'simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek insonga nisbatan ham o'z ta`sirini o'tkazib turadi. 
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o'z harakatlarida namoyon 
qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning 
tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o'qitish mumkin”. 
1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan turib boshlash kerak. 
2. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim. 


3. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim. 
4. Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak. 
5. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin. 
6. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim. 
7. Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik kerak. 
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. 
9. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak. 
Go'daklikda jismoniy jihatdan o'sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik davrida eslash qobiliyati, til 
va qo'li rivojlanadi. O'smirlik davrida tafakkuri o'sadi. Yetuklik davrida iroda takomillashadi. 
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida 
jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang'ich maktab bo'lishi lozim. O'smirlar uchun 
shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo'lishi kerak. 
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo'lishi lozim degan fikrni ilgari surdi. Uning fikricha onalar 
maktabida bolalar boshlang'ich ma`lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, yomg'ir, qor, muz, 
tosh, temir, daraxt, o'simlik, qush, ho'kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak. 
Bolalarni yoshlik chog'idanoq uy ruzg'or ishlariga, mehnatga o'rgatish kerak. Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, 
mo'minqobillik, rostgo’ylik, odillikka o’rgatish kerak. 
Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar o'qitilishi kerak. 
Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo'lishi kerak. Komenskiy didaktik prinsiplar 
deganda quyidagilarni nazarda tutadi: 
1.Onglik va faollik. 
2. Ko'rsatmalilik. 
3. Izchilik va tizimlilik. 
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. 
Оnglilik vа faollik tamoyilii tа`lim jаrаyonidа o’qquvchilаrning pаssiv bo’lib mаtеriаlni tushunmаy 
mеxаnik rаvishdа quruq yodlаshi emаs, bаlki bilim vа mаlаkаlаrini fаоl rаvishdааnglаb chuqur vааsоsli 
bilim 
оlishi 
zаrur. 
Tа`limdа ko’rsаtmаlilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha, ko'rsatmalilik tamoyili 
ko’rsatib o'tish usuli emas, balki barcha sezgi organlari narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli 
mustahkam puxta o'zlashtirib olishga jalb qilish vositasidir. 
Ko'rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur: 
1) mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o'tkazish; 
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish; 


3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko'rsatish. 
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi. 
1. Sof aqlga ega bo'lish; 
2. O'rganish zarur bo'lgan narsani ko'rish; 
3. Diqqatni to'play olish; 
4. Kuzatish lozim bo'lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket ko'rsatish. 
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq vaqt mustahkamlanadi. 
Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand yegan bo'lsa, tuyani bir ko'rgan bo’lsa, bulbul 
xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib 
ketmaydi”. Ko'z bilan ko'rilgan narsani isbotlashning hojati yo'q. Shuning uchun Komenskiy maktablar 
va muallimlar darslarda ko'rsatma qurollarni ko'proq ishlatishi zarur deb bildi. 
Izchillik vа tizimlilikni ajratib bo'lmaydi. O'quv materiallarini matematikaga xilof ish qilmasdan to'g'ri 
tekshirib chiqish o'qitishni nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan 
oldin o'tilganlarni bir-biriga bog'lash. 
Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi ta`limning poydevorini mustahkam 
qurilishini ta`minlaydi. Hozir o'rganilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yo'l ochiladi. 
Ta`limda umumiydan-хususiyga, ma`lumdan-noma`lumga, uzoqdan-yaqinga kabi qoidalarga amal 
qilinadi. Uning fikricha, mashq qilish va takrorlash tamoyilii o'quvchilarning ongiga asoslanib bilimlarini 
puxta egallashga xizmat qilishi kerak. 
Mashqlar natijasida bola so'zlarni quruq yodlay olmasligi, narsa va hodisalarni tushunib olishi bilimlarni 
o'zlashtirishi va amalda qo'llashi lozim. Bola o'qib to'g'ri tushunib olgan bilimlarning barchasi uning 
xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. O'rgatmoqchi bo'lgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. 
Mashq qilish va takrorlash bilimlarning ongli va puxta o'zlashtirishida muhim rol o'ynaydi. 
Dars o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo qiladi. 
a) bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilarning o'zgarmas tarkibi: 
b) o'quv mashg'ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish: 
v) muallim bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarga bir fan o'rgatishi: 
g) butun o'quv mashg'uloti davomida o'qituvchilarning rahbarlik roli. 
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish lozim. O'qishga qabul 
qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bo'lsa, sinf xonalari ham 
shuncha bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari har kuni to'rt soat, gimnaziya o'quvchilari olti soat 
o'qishi kerak. Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak.
Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, 
iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, 
ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, 
bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan 


iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik 
uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini 
o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini 
oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi. 
Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan 
musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-
1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy 
topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, 
maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884—yilda Qrimdagi Boqchasaroy 
shahrida jadid maktabiga asos soldi. 
«Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari 
uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda 
shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 1888— yilda «Rahbari muallimin 
yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, 
jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. 
lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893— yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar 
bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik 
ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 
1898— yilda Qo'qonda Salohiddin domla, 1899— yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda 
Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903— yilda Turkistonda 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta 
jadid maktablari faoliyat ko'rsatdi. 
Turkiston jadidlariga Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munawar qori Abdurashidxonov, 
Abdulla Avloniy vaboshqa o'nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isjoh qilish 
yo'lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog'i kengayib bordi, ularda diniy ta'limot bilan birga 
tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o'rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi. 
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o'rgatishga alohida e'tibor berildiki, bu ularning milliy ongini 
uyg'otishga, jamiyatni etnik jjhatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O'z urug'i otini 
bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so'zlari talabalarni milliy o'zligini anglashga 
chaqirar edi. Munawar qorining «Adibi awal», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», 
«Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug'rofrya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi 
muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori 
saviyaga ko'tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk, o'z 
xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o'zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi. 
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or 
vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab, mablag' bilan ko'maklashdilar. Ko'pgina umidli yoshlar 
Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o'qishga yuborildi. 1910— yili 
Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911— 
yilda 15 ta, 1912— yilda 30 ta talabani Turkiyaga o'qishga jo'natdi. 1909— yilda Munawar qori tuzgan 
«Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o'qishga yuborishga 
yordamlashar edi. 
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munawar qori 1906— yilda «Xurshid» («Quyosh») 
jurnalini tashkil etib, unga o'zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning o'z haq-huquqlarini tanishiga, milliy 
uyg'onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma'murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. 
M.Behbudiy 1913— yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti 
Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va 


jurnalda miilat va ona yurt dardi, xalqni ma'rifatli qilish, erkinligini ta minlash masalalariga bag'ishlangan 
dolzarb maqolalar chop etiiardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg'oniston, 
Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi. 
Taraqqiyparvar o'zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja 1913^— yilda 
«Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914— yilda firqaning «Sadoi 
Turkiston», «Sadoi Farg'ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e'lon qilingan maqolatar 
ommani mustabid tuzumga qarshi qo'zg'atishga xizmat qildi. 
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munawar qori rahnamoligida 1913— yilda musulmon drama san'ati 
havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914— yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri 
binosida o'zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Munawar qori o'zbek milliy 
teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynal-
mag'onligi barchangizga ma'lumdir... Teatrning asl ma'nosi «ibratxona» yoki «ulug'lar maktabi» degan 
so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn 
va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur». O'sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» 
pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e'tiborini 
najot yo'li - maorif, maorifm esa «poklangan din» bera oladi, degan g'oyaga qaratadi. «To'y», «Zaharli 
hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlaming huquqsizligi, ko'pxo-linlik, majburiy 
nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san'ati odamlarga millatda mavjud bo'lgan 
qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo'lib xizmat qildi. 
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo'rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid 
ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va 
poraxo'rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa 
shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o'z mavqeyini suiiste'mol qilganliklarini asosiy 
sabab qilib ko'rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik 
kabi illatlarni qoralashdi. 
Jadidlar, ijtimoiy va hududiy birlik to'g'risidagi masalalarni ko'tarib, xalqni milliy vadiniybirlikka, 
jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko'tarishga intildilar. 
Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma'murlar qarshilik 
ko'rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko'targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni 
padarkushlar, maktabiari haqida esa: «Bu xil maktabda o'quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o'qiy 
boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag'darib, 
turmaga tiqib qo'yishadi»,- der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o'qitish be'manilik, dahriylik deb 
hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «Qur'oni ICarim» ham, Muhammad payg'ambarning 
hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, «Qur'oni Karim»ning chorak qismi tarixiy ma'lumotlardan 
iboratligini asoslab beradi. 
Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash chora-larini ko'rdilar. Ular ustidan nazorat 
o'rnatilib, gazeta va jurnallari man etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob do'konlari, qiroat-xonalar 
yopib qo'yilar edi. Ayniqsa, 1905-1907—yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag'on kuchaydi. Bu 
inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo'rqib ketib mustamlakachi ma'murlar 
panohiga intildilar. Jadidlardan o'ng qanot ajralib chiqib, reaksiya lageriga qo'shildilar. Qadimchilar deb 
atalgan bu guruh, Rossiyaning obro'si bizning obro'yimiz, xudodan qo'rq, podshohni hurmat qil, 
podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi 
tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlati qo'li ostida birlashtirish, 
panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g'oyalari soyasida qolib ketdilar. 


Jadidlar tobora olg'a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo'llagan zo'ravonlik choralari, 
ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko'rsatish darajasiga ko'tarilishiga olib keldi. 
Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vujudga keldi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, 
ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o'sib mustamlakachilarga qarshi ko'tarilgan milliy-ozodlik harakatining 
mafkurasiga aylandi. 
Abdulla Avloniy
1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, maydahunarmand-
to‘quvchi oilasida dunyoga 
keldi. Ota-onasi savodli kishilar 
bo‘lganlar.Abdulla Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasagao‘qishga kir
adi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o‘qiredi. 
Abdulla Avloniy o‘z tarjimai holida yozishicha: «1885 yildan boshlang‘ich maktabda o‘qidim. O‘q
chi mahallada Akromxon domladan xat-
savodim chiqdi. 1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o‘qiy boshladim. Yoshim 13ga 
yetgach, yo‘qsullik menga ta' sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, otaonamѓa biroz yordamda bo‘l
ib, qish kunlarida o‘qir edim. So‘ngra O‘qchi mahalladagi domlamizning kam havsalaligidan, o‘qu
vda davomsizligidan O‘qchi madrasasini tark qilib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi Abdulmalikboy
dahasiga kelib, Mullo Umar Oxunddan dars o‘qiy boshladim. Bu chog‘larda ham qish kunlarida o‘q
ib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim».
O‘ta iqtidorli bo‘lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. U 1894 yildan boshlab she'rlar
yozishga kirishgan bo‘lsa-
da, biroq yoshlik davrida yozgan she'rlari bizgacha saqlanmagan.Dastlabki she'rlarida va 
«Hijron» degan maqolasidaxalqni yangi usul maktablarida o‘qib-
o‘rganishga targ‘ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907 yilda «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara
boshladi, lekin choramaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq«S
adoyi Turkiston» (1914-
1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida
muharrir bo‘lib ishlaydi.Shundan so‘ng, u o‘zbek matbuotning zabardast vakili, o‘zbek matbuotni
ng asoschilaridan biri sifatida taniladi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqning san'ati va adabiyoti hamda
milliymadaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib,jamoat arbob
i va iste'dodli pedagogdir.
“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari oʻzbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. 
Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Saʼdiy (1184–1310)ning “Guliston” 
asaridan taʼsirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir 
necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqgʻa gʻayrat va jasorat qilmish edim. 
Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabʼihada muvaffaq oʻldum, chunki Turkiston maktablarida oʻz 
shevamizda (oʻzbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va 
muhtoj ekanligʻi oʻzum muallimlar jumlasidan oʻldigʻimdan manga ham ochiq maʼlum oʻldi. Shuning 
uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram shayx Saʼdiy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish 
bolʼsa ham, oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib 
koʻrdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Saʼdiyning “Guliston” asari usulida 
oʻzbek tilida yozilgan axloq kitobidir. 
Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) 
usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka boʻlgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop 
qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom 


Abdurahmon oʻgʻli, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (oʻzbek milliy teatrining mashhur 
aktyori Mannon Uygʻur Majidov) dastxatidir. 
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 1967 yili “Oʻqituvchi” nashriyoti amalga oshirdi. 
Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga koʻra tushirib qoldirildi. 
Asarni “Oʻqituvchi” nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi oʻzbek yozuvida) va 
rus alifbosi asosidagi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin soʻzlar lugʻati ilova 
qilingan holda bosib chiqardi. 
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda 
kotib Mannon Uygʻur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi oʻzbek yozuviga 
oʻgirilgan matni, qiyin soʻzlar lugʻati berilgan.
Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet 
pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. 
Natijada o`zbek pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib 
ketdi. 
Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi mafkuraga asoslangan Turkiston 
Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq Respublikalari tashkil topdi. 
Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga 
e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars 
va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa 
rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni 
o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi. 
Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq 
RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida 
turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi. 
Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, 
o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq 
maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. 
Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan 
maktablarning soni 330 taga yetdi. 
1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 
216 ta maktab ishladi. 
Qizlar maktablari ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova 
maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi. 
O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1918 - 20 yillar ichida Turkiston 
sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi bilim yurt, Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil 
ximiya - formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi ishga tushdi. Bular 
orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega 
bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti 
bilan shu universitet negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi. 
Pedagogika o`quv yurtlari - ped texnikumlar ochildi. Lekin o`qituvchi kadrlar yetishmasligi katta 
muammo edi. 1920 yilga kelib 1200 o`qituvchi tayyorlandi. 


1920 yili birdan 7 ta maorif instituti (inpros) tashkil etilib, ularga 1145 talaba qabul kilindi. 1921 - 22 
o`quv yilida o`lkada 2403 ta maktab va boshqa bolalar muassasalari ishlab, ularda 170105 bola 
o`qiganligi aytiladi. 
1924 - 1941 yillarda xalq maorifi, o`quv dastur, qo`llanma va darsliklarning yaratilishi, ta’lim - tarbiya 
ishlari. 
1924 yili davlat chegaralanishi o`tkazilib, sobiq sovet respublikalari tashkil topgandan so`ng 
respublikalarda iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy yuksaklikka erishish maqsadida bolalarni umumiy 
ta’limga tortish, kattalar orasida yangi yo`sindagi savodsizlikni tugatish kerak edi. Shuning uchun 1930 
yili 14 avgustda sobiq SSSR MIK va XKS tomonidan "Umumiy majburiy boshlang`ich ta’lim haqida" 
qaror qabul qilindi. Unda 8 - 10 yoshli bolalarni boshlang`ich maktablarning kamida 4 yillik kursi 
hajmida umumiy majburiy o`qishga jalb etish, 11 - 15 yoshli mehnat maktabining 4 yillik kursida 
o`qimaganlar uchun tezlashtirilgan 1 - 2 yillik kurslar tashkil etish, sanoat shaharlarida 1930 - 31 o`quv 
yilidan 7 yillik majburiy maktabga bolalarni tortish masalalari ko`zda tutildi. 
1929 yili O`zbekistonda arab alifbosi o`rniga lotin alifbosi qabul qilindi. 
1931 yil 5 sentabr "Boshlang`ich va o`rta maktablar to`g`risida" qarorida yo`l qo`yilgan kamchiliklar 
ko`rsatildi, darsni uyushtirish va o`tkazish metodikasini yaxshilashga e’tibor berildi. Fanlar bo`yicha sikl 
birlashmalari tashkil etish, pedagogik birlashma tashkil etish masalalari ko`rildi. 
Yangi o`quv dasturlari tuzildi. 1932 yil 25 avgustda "Boshlang`ich va o`rta maktablarning o`quv 
programmalari va rejimi haqida" sobiq VKP(b) MK ning qarori chiqdi. 
1933 yil "Boshlang`ich va o`rta maktab darsliklari" haqidagi qaror chiqdi, tez o`zgaradigan darsliklar 
yaratish qoralandi. 
1933 yildan sinfdan - sinfga ko`chirish sinovlari joriy etildi. 
1934 yildan maktablarda sinf rahbari vazifasi ta’sis etildi. 
Pedagogika darsliklari yaratila boshlandi. 1932 - 40 yillarda A.Afrikanov, P.Gruzdev,, I.Kairov, 
B.Yesipovlarning pedagogika oliy va o`rta o`quv yurtlari uchun darslik, qo`llanmalari nashr etiladi. 
1940 yil Toshkentda respublika o`qituvchilarining 1 - se’zdi o`tkazildi. Ta’lim - tarbiyani yaxshilash, 
majburiy o`rta ta’limni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 
1940 yil may oyida sobiq O`zSSR Oliy sovetining 3 - sessiyasida "O`zbek yozuvini lotinlashtirilgan 
alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o`zbek alfavitiga ko`chirish to`g`risida"gi qonun qabul qilindi. 
Oliy va o`rta maxsus ped. o`quv yurtlari soni ortdi. 1933 - 37 yillarda respublikada 26 ta pedtexnikum, 5 
ta rabfak, O`rta Osiyo davlat universiteti, Navoiy nomidagi Samarqand DU, Toshkent, Farg`ona, Buxoro 
pedinstitutlari faoliyat ko`rsatdi. 
Bu davrlarda hukumatning maorif sohasida olib borgan siyosati natijasida o`zbek xalqi o`z tarixi, milliy 
urf - odati, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o`rganish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi., 
millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun kurashgan ma’rifatparvarlar surgunlarda azob chekdilar. 
Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi yillarda O`zbekistonda xalq maorifi va ta’lim - tarbiya 
ishlari. Majburiy 7 yillik ta’limga o`tilishi. 
Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. O`zbekiston 
ham himoyaga o`z hissasini qo`shdi. 


Dushman bosib olgan yerlardagi ko`plab ishlab chiqarish korxonalari O`zbekistonga ko`chirildi. 
O`zbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga 
hissa qo`shdi. 
Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik bo`ldi. Ko`plab o`qituvchilar 
armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, o`quv qurollari yetishmasdi. 
O`quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni hisobga 
olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili o`g`il va qizlarni alohida o`qitish 
ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi. 
O`zbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 
1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi. 
Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm 
darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor 
qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib 
ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi. 
1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi. 
Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari ko`rildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga 
o`tildi. Kasbga o`rgatish maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi. 1956 yildan internat maktablar 
vujudga keltirildi. 
O`qituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari o`rta maktab negizida ishlaydigan bo`ldi, 
o`qish muddati 2 yil edi. 1952 yildan o`qituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi. 
1962 - 63 o`quv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi. 
1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy darajalar beruvchi 
Birlashgan Sovet tashkil etildi. 

Download 362,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish