Davlatiy moliya



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana02.05.2020
Hajmi0,49 Mb.
#48571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Давлат молияси Курс ишлари буйича услубий кулланма 2020 конвертирован



 

 



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

“DAVLATIY MOLIYA” KAFEDRASI 

 

 

NURMUXAMEDOVA B.I., XAMDAMOV SH.K. 

 

 

 

DAVLAT MOLIYASI 

 

fanidan kurs ishlarini bajarish yuzasidan 



 

USLUBIY QO‘LLANMA 

 

Oliy ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 

talabalari uchun 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2020 


 

 



 

Nurmuxamedova  B.I.,  Xamdamov  SH.K.  Davlat  moliyasi.  Kurs  ishlarini 

bajarish  bo‘yicha  uslubiy  qo‘llanma.  (Oliy  ta’limning  5230600  –  “Молия” 

bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishi  talabalari  uchun)  –  T.:  “IQTISOD-MOLIYA”, 

2020. – 30 b. 

 

Taqrizchilar:  

 

X.A.Qurbonov    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” 

kafedrasi dotsenti, i.f.n.; 

 

 

 

N.E.Jiyanova 

  Toshkent moliya instituti “Davlatiy moliya” kafedrasi 

dotsenti, i.f.n. 

 

Mazkur  uslubiy  qo‘llanma  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim 



to‘g‘risida”gi  Qonuni  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  talablari  hamda 

Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  “Davlat 

moliyasi” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. 

Uslubiy  qo‘llanmada  keltirilgan  kurs  ishi  mavzulari  O‘zbekiston 

Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  hozirgi 

bosqichida  davlat  moliyasini  boshqarishning  dolzarb  muammolari,  byudjet 

tizimi  taraqqiyotining  hozirgi  zamon  xususiyatlari  hisobga  olingan  holda 

mamlakat  va  hududlarning  istiqboldagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  bilan 

bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan. 

Uslubiy qo‘llanma “Davlat moliyasi” fani bo‘yicha kurs ishi mavzulari 

namunalarini,  talabalar  uchun  kurs  ishini  bajarishga  oid  tavsiyalarni,  kurs 

ishiga  rahbarlik  qilish  va  himoya  etish  yuzasidan  vazifalarni  hamda  tavsiya 

etilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. 



 

 



 

KIRISH 

 

5230600  –  “Moliya”  bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishi  o‘quv  rejasida  ko‘zda 



tutilgan  asosiy  fanlardan  kurs  ishlarini  bajarish  –  o‘quv  jarayonining  zaruriy 

elementi hisoblanadi. Talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini 

tarbiyalash,  tanlangan  mavzuni  mustaqil  ravishda  chuqur  o‘rganish,  nazariy 

bilimlarni  amaliyot  bilan  bog‘lash,  ilmiy,  nazariy  va  amaliy  xulosalarni 

shakllantirish  va  pirovardida  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashda 

kurs ishlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. 

Mazkur  qo‘llanma  Oliy  ta’limning  5230600  –  “Moliya”  bakalavriat 

ta’lim  yo‘nalishi  o‘quv  rejasida  ko‘zda  tutilgan,  ushbu  yo‘nalishlarning 

asosiy  fanlari  qatoridagi  “Davlat  moliyasi”  fanidan  kurs  ishlarini  bajarish 

bo‘yicha tavsiyalar va tartib-qoidalarni o‘z ichiga oladi.  



Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad – talabalarda mustaqil ishlashni 

joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlashdir. Kurs ishi ustida ishlash 

davomida  talaba  tegishli  fandan  olgan  nazariy  bilimlarini  mustaqil  ravishda 

kengaytirish  va  chuqurlashtirishga  erishadi,  maxsus  adabiyotlardan  olingan, 

moliya,  g‘aznachilik,  soliq  organlarining,  byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan 

mablag‘  oluvchilarning  moliyaviy  hisobotlari  materiallarini  o‘rganish  asosida 

to‘plangan,  shuningdek,  Internet  resurs  manbalaridan  olingan  ma’lumotlarni 

qayta  ishlash,  umumlashtirish,  tahlil  qilish  va  muayyan  bir  tizimga  keltirish 

bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.  

Qo‘yilgan  maqsadning  muvaffaqiyatli  bajarilishi  uchun  kurs  ishlarini 

bajarishga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

–  kurs  ishida  mavzuga  taalluqli  Oliy  Majlis  sessiyalari  materiallari, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari,  ma’ruzalari  va 

Prezident  asarlaridan  ma’lumotlar,  byudjet  tizimini  boshqarish  organlarining, 

xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  me’yoriy  hujjatlari 

sharhi o‘z aksini topishi lozim; 

–  kurs  ishini  bajarish  jarayonida  tadqiq  etilayotgan  mavzu  va 

o‘rganilayotgan  amaliy  ma’lumotlarga  faoliyat  samaradorligini  oshirish 

imkoniyatlarini  va  zaxiralarini  izlab  topish  va  ishlatish,  byudjet  jarayonining 

bosqichlarini  yaxshilash,  iqtisodiyotni  liberallashtirishning  bugungi  sharoitida 

byudjet-soliq siyosatining turli dastak va vositalaridan foydalanish shakllari va 

usullarini takomillashtirish nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy yondashish zarur; 

–  kurs  ishi  mazmunini  ravon  adabiy  tilda  bayon  qilish,  tadqiqotlar  va 

izlanishlar  natijalarini  rasmiy  hujjatlarga  qo‘yiladigan  asosiy  talablarga  rioya 

qilgan holda aks ettirish lozim. 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish