Davlatiy moliya


DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH VA BOSHQARUV ORGANLARINING GURUHLANISHI



Download 199,24 Kb.
bet2/6
Sana29.12.2021
Hajmi199,24 Kb.
#52919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aziz Turaev 4-kurs MM-96 i guruh kurs ishi 25.04.20

DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH VA BOSHQARUV ORGANLARINING GURUHLANISHI

Iqtisodiy munosabatlar jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko`ra butunlay yangi bo`lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo`g`inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo`linadi:



  • davlat moliyasi va mahalliy moliyasi;

  • xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.

Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar bilan ham ta'minlab turadi.

Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati bu – jami ijtimoiy mahsulotning qiymatini hamda milliy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi, shuningdek, kengaytirilgan ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy-madaniy tadbirlarini moliyalashtirishdagi pul munosabatlari yig’indisidir. Mazkur sohadagi pul munosabatlarining sub'ektlariga davlat, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va keng aholi qatlami misol bo’la oladi.

Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o`rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo`jaligi o`zini o`zi tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning ―ko`rinmas qo`li) bo`lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan.

Davlat byudjeti davlatning qo`lidagi iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo`lish bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar yig`indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat byudjetini va, umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo`ladi.

O`z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog`liq ravishda bir necha bo`g`inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo`g`inlardan iborat bo`lishi mumkin:


  • Davlat byudjeti;

  • Davlat maqsadli jamg`armalari;

  • Davlat krediti.

O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo`ljallangan markazlashtirilgan pul jamg`armasi.2

Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag`lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko`zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik xujjatdir.

Davlat maqsadli jamg`armalari iqtisodiy kategoriya sifatida, jamlanma byudjet tushunchasiga chambarchas bog`liq holda ifoda etiladi. Sababi, byudjetdan tashqari fondlarda jamlanadigan mablag`lar, o`z o`rnida jamlanma byudjet mablag`larining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak, jamlanma byudjet - davlat pul mablag`larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg`armalari mablag`larining) markazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlari uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.3

Davlat krediti moliya tizimining, davlat moliyasi va mahalliy moliya sohasining o`ziga xos bo`g`ini hisoblanadi. Uning o`ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag`larni jalb qilish bo`yicha moliya-kredit munosabatlariga doir alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi pul munosabatlarining o`ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag`larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.

Davlat krediti iqtisodiy atama sifatida davlat moliyasi, qimmatli qog`ozlar bozori, korxonalar va uy xo`jaliklari moliyasi, iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy statistika, iqtisodiy tahlil, xalqaro moliyaviy munosabatlar, milliy iqtisodiyot, moliya huquqi va boshqa iqtisodiy atamalar bilan bog`liq. Davlat krediti moliya tizimining muhim bo`g`ini sanaluvchi kreditning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Muddatlilik, qaytarilishi lozim ekanligi, haq olish evaziga berilishi kabi xususiyatlar har qanday kreditga, jumladan davlat kreditiga ham xosdir. Ammo shu bilan birga davlat krediti va bank krediti o`rtasida iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan jiddiy farqlar mavjud.

Davlat krediti iqtisodiy jihatdan kapitalni ishlab chiqarishga qaratilmagan maqsadlarda, ya’ni davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun ishlatiladi va ishlab chiqarish harakati doirasida qatnashmaydi. Davlat krediti foizlari odatda soliqlar yoki yangi davlat qarzlari hisobiga qoplanadi, shu ma’noda, davlat krediti oldindan olingan soliqlar deyilishi mumkin.

Shuning uchun ham davlat moliyasini boshqarish ancha muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish deganda esa quyidagilar nazarda tutiladi:


  • byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish;

  • barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko`rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;

  • byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet mablag`larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.

Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo`lib, u alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari Nizomlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.

Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo`lib byudjet munosabatlari, byudjetning daromadlar bo`yicha shakllanishi va xarajatlar bo`yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag`laridan foydalanish asosidagi xo`jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo`lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko`ra, quyidagicha guruhlash mumkin:




Download 199,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish