Davlatiy moliya


-jadval. 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma parametrlari hamda 2021-2022 yillarga byudjet mo’ljallari8



Download 199,24 Kb.
bet6/6
Sana29.12.2021
Hajmi199,24 Kb.
#52919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aziz Turaev 4-kurs MM-96 i guruh kurs ishi 25.04.20

1-jadval. 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma parametrlari hamda 2021-2022 yillarga byudjet mo’ljallari8













mlrd. so'm



Ko'rsatkichlar


2020 yil
uchun prognoz





Byudjet mo'ljallari



2021 yil

2022 yil

I.


Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari



158 961,1

191 781,6

226 318,5

1.

Davlat byudjeti daromadlari

128 460

152 100

177600

2.

Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari *

25 385,1

30 686,6

33 570,5

3.

O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg'armasiga tushumlar

5 115

8 995

15 148

II.


Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari



162 385

192 957

223 854,7

1.

Davlat byudjeti xarajatlari *

121 856,4

142 497,8

159 455,1

2.

Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari

35 413,6

41 464,2

49 251,6

3.

O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larininig sarflanishi

5 115,0

8 995,0

15 148,0



III.



Davlat maqsadli jamg'armalariga transfertlar




9 248,1


11 055,6


15 875,5

IV.




Konsolidatsiyalashgan byudjet saldosi
(pofitsit +, defitsit -)



-3 424,9

-1 175,4

2 463,8


V.




Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga
xarajatlar




14 394,1

15 724,5

16 615,4



VI.




Umumiy fiskal balans
(pofitsit +, defitsit -)



-17 819,0

-16 899,9

-14 151,6

VII.

Davlat qarzlarini so'ndirish **





3 289,9

4 221,8

4 988,4



* Davlat maqadli jamg'armalariga transfertlarni hisobga olmagan holda







** O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasi statistikasini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun 2020 yildan boshlab davlat
qarzlarini (asosiy qarz) so'ndirish bo'yicha xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari tarkiviga kiritilmaydi.


Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


  1. MOLIYA VAZIRLIGINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI

Iqtisodiyot har doim o`z sikllariga asoslanib o`zgarib turishga moyil. Bunda turli ichki va tashqi omillar ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat har doim davlat moliyasini boshqarishda iqtisodiy vaziyatlarga qarab ma`lum bir o`zgartirishlarni kiritishi hamda mukammal davlat moliyasi mexanizmini shakllantirishga intilib borishi kerak. Shuning uchun ham davlat moliyasi mexanizmini yanada rivojlantirish bo`yicha kerakli takliflar doimo kiritib boriladi. O`zgartirishlar ma`lum bir maqsadlarni ko`zlaganda yoki ma`lum bir muammolarni bartaraf etish uchun kiritiladi. Shuning uchun avvalo ba`zi bir kamchiliklarni keltirish maqsadga muvofiq bo`lar edi.

O`zbekiston Respublikasi davlat moliya tizimida mavjud muammolar sifatida quyidagilarni e’tirof etishimiz mumkin:


  • davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi to`liqligicha davlat moliyaviy nazorati tomonidan qamrab olinmaganligi;

  • davlatning o`z funksiya va vazifalarini bajarish uchun dastak bo`lib hisoblangan davlat moliyasining tarkibiy qismlaridan biri davlat kreditida davlatning kreditor bo`lib ishtirok etish holatlaridan foydalanish miqdorining pastligi;

  • rivojlangan davlatlar amaliyotida davlat byudjeti tarkibida to`g`ri soliqlar ulushi yuqori hisoblanadi, shundan kelib chiqib, mamlakatimiz davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning yuqori ulushda ekanligi;

  • xarajatlarning ijtimoiy yo`naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga oid muammolardan byudjetlar orasida subvensiya munosabatlarining mavjudligi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847 sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga ko`ra davlat moliyasini takomillashtirishga oid quyidagilar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo`linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo’nalishlari etib belgilandi:

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:

  • makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;

  • xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

Shuningdek, yana bir boshqa hujjat ham bevosita shu Moliya vazirligining ish sohasiga bog`liqdir. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 2 mart kuni “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagan hujjatdir.

Ushbu dasturilamal hujjat 284 ta banddan iborat bo‘lib, uni amalga oshirish uchun 18 171,4 mlrd. so‘m va 10 301,5 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda e`tiborga molik jihati 3-yo`nalish hisoblanadi hamda ushbu yo`nalish iqtisodiyotga bog`liq bo`lib bir qator loyihalarni amalga oshirish belgilab qo`yildi.

3-yo‘nalishi – Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida 96 ta loyiha;

Ushbu loyihalardan biri quyidagidir:

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi loyihasi ishlab chiqiladi. Unda:



  • axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

  • davlat xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish;

  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

  • axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarga qo‘yiladigan asosiy funksional talablarning yagona reestrini belgilagan holda davlat organlari va tashkilotlarida ushbu mahsulotlardan foydalanishga o‘tish;

  • mahalliy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona bazasini shakllantirish;

  • mahalliy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

  • davlat boshqaruvi sohasida ma’lumotlarni shakllantirish va qayta ishlashga standartlashtirilgan yondashuvni joriy qilish;

  • ma’lumotlar faqat bitta davlat organi yoki uning bo‘linmalarida shakllantiriladigan “ma’lumotlarning yagona manbai” tamoyilini joriy etish;

  • hujjatga yo‘naltirilgan tizimdan ma’lumotlarning reestr yozuviga asoslangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari nazarda tutiladi.

Shuningdek, moliya tizimimizni yanada rivojlantirish maqsadida yana bir boshqa hujjat ham qabul qilindi.

2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Unda bir qator takliflar keltirilgan bo`lib bularni hammasi Moliya vazirligining yanada samaraliroq faoliyat olib borishiga hissa qo`shadi.

Taklif etilayotgan islohotlar

Byudjet ustuvorligini ta’minlash.

o‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishga to‘liq o‘tishni ta’minlash va ichki nazorat samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar - byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (oluvchilar) ning roli va funksional majburiyatlari qayta ko‘rib chiqilishi lozim.



Byudjet jarayonini takomillashtirish.

byudjet jarayoni bosqichlari (O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) byudjetni rejalashtirishning o‘rta muddatli tizimiga o‘tishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar) rollari va funksional vazifalarini qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqiladi.



Makro – fiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash.

Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash doirasida Moliya vazirligining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, Davlat moliyasini boshqarish tizimini maqbullashtirish uchun tahliliy imkoniyatlarni yaratishda ish jarayonlarini yangilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Bu jihatning rivojlanishiga Moliya vazirligi va boshqa davlat organlarining tarkibiy bo‘linmalarini axborotlashtirish va funksiyalarini optimallashtirish jarayonlarini rivojlantirish turtki bo‘ladi.



Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish.

Moliya vazirligi tuzilmasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan holda vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklar va boshqa birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablag‘lari taqsimlovchilari o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganish lozim.

Moliya vazirligidagi joriy biznes jarayonlarini o‘rganish, shuningdek, keyinchalik biznes jarayonlarni boshqarishning maqsadli modeli bo‘yicha tavsiyalar, shu jumladan vazirlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar va echimlar ishlab chiqqan holda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va informatsion dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish.

G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalarining va Davlat moliyaviy nazorat departamentining faoliyatini qayta ko‘rib chiqib respublika g‘aznachiligini boshqarishning markazlashgan tizimini o‘rnatish.



Kutilayotgan natijalar:

  • Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

  • o‘rta muddatli byudjetlashtirishni to‘laqonli tatbiq etish;

  • o‘rta muddatli makro-fiskal prognozlash va tahlil qilishning barqaror va oldindan prognoz qila olish tizimini yaratish;

  • mahalliy byudjet parametrlarini shakllantirish va tasdiqlash jarayonida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning byudjet sohasidagi vakolatlarini va mustaqilligini kengaytirilishi va o‘z navbatida ularning mas’uliyatini sezilarli darajada oshirilishi;

  • ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda byudjet mablag‘larini taqsimlash samaradorligini oshirish, soliq-byudjet siyosatining maqsadlariga erishishning samaradorligi va natijadorligini baholashning son va sifat ko‘rsatkichlarini joriy etilishi;

  • davlat moliyasi to‘g‘risida ishonchli, shaffof, aktual va o‘z vaqtida kompleks ma’lumotlarni mavjudligi;

  • davlat investitsiyalarini samarali boshqarish va natijadorlikning oshishi;

  • davlat moliya tizimini barqarorligini mustahkamlash, soliq-byudjet tavakkalchiliklarini ishonchli baholanishi va ularni minimallashtirilishi;

  • davlat qarzini samarali boshqarish tizimini joriy etilishi;

  • byudjet jarayonida jamoatchilik va fuqarolar ishtirokini keng faollashtirish uchun byudjet ma’lumotlari oshkoralik darajasini oshirilishi;

  • samarali elektron davlat xaridlari tizimini joriy etilishi;

  • xalqaro moliya institutlarining reyting va indekslarida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilanishi.

Bundan tashqari, Davlat moliyasini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarimni amalga oshirilishi ma’lum miqdorda o`z hissasini qo`shadi deb o`ylayman:

  • Byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish, yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga beriladigan subvensiyalar ulushini qisqartirish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, bunga mahalliy hududlardagi yirik ishlab chiqarish guruhlarini hisobga olmagan holda soliq ba’zasini kengaytirish, sanoat ishlab chiqarish sohasida yangi korxonalarni tashkil etish, xizmat ko`rsatish, servis korxonalari tashkil etish, mavjud korxonalarni sog`lomlashtirish, modernizatsiya qilish, qayta qurollantirish, istiqbolsiz ishlab chiqarish korhonalarini yangi mulk egalariga sotish orqali sog`lomlashtirish, soliq to`lovlari bo`yicha berilgan imtiyozlarni muddati tugashini hisobga olish va soliq yig`uvchilikni oshirish orqali erishish;

  • Davlat kreditining xorijiy andozalaridan biri munitsipal kreditlar shaklini amaliyotimizga tadbiq etish, shuningdek mahalliy moliya organlariga muddatli qarz majburiyatlarini chiqarish huquqini berish va buning natijasida yig`ilga mablag`larni mahalliy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yo`naltisrish, davlat majburiyatlarini yirik korxonalarga qo`shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishni yaratishi hisobidan soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qoplash;

  • Davlat maqsadli jamg`armalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bu borada byudjetdan tashqari jamg`armalar uchun yaxlit boshqaruv tizimini yaratish, har bir jamg`armaning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish.


XULOSA
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, chuqur modernizatsiya va zamonaviy diversifikatsiyaning jadallashuvi natijasida real sektorning, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turli o`zgarishlar, yangilanishlar sezilarli darajada sodir bo`lmoqda. Davlat o`zining moliya tizimida ham byudjet-soliq, investitsiya, baho, pul-kredit va boshqa siyosatlarini iqtisodiy hayot ravnaqi uchun amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 2017 - 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasinining 3-yo`nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari bo`lib uning asosiy vazifalaridan biri xarajatlarning ijtimoiy yo`naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag`batlantiruvchi choralarni kengaytirish9 hisoblanadi.

Iqtisodiyotning barcha qatlamlari bilan bir qatorda davlat moliyasi va uning barcha bo`g`inlari tizimi ham takomillashib rivojlanib bormoqda. Davlat byudjetining profitsit bilan ijro etilayotganligi, g`aznachilik tizimining yanada mukammallashoyatganligi, davlat maqsadli jamg`armalarining xarajatlar va daromadlarini mustaqil idora etayotganligi hamda davlat kreditidan samarali foydalanilayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Xulosa qilib aytganda, davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda byudjet tashkilotlari moliyasini yanada takomillashtirish qator omillarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak. Bu omillar: byudjetning daromad va xarajatlar bo`yicha barqarorligi, me’yoriy-huquqiy bazaning takomillashganligi, menejer-kadrlarning nazariy va amaliy salohiyati, sohalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tobora kengroq va shiddatliroq kirib borishi va boshqa omillar. O`ylaymizki, bu omillarning o`z vaqtida hisobga olinishi islohotlarning kutilgan natijalarini beradi, ularning samarali va ta’sirchan bo`lishini ta’minlaydi, hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to`laqonli bajarishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish va modernizatsiya qilish, davlat moliyasini boshqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar har tomonlama asosli va chuqur o’ylab chiqilgan. Ilmiy asoslarga tayangan va iqtisodiy qonunlar talabi asosida to’g’ri tashkil qilingan byudjetning g’azna ijrosining ijobiy natijasida jamiyatda aholining farovonligi oshadi, aholining turmush darajasi yaxshilanadi. Mamlakatda byudjet taqchilligini boshqarish, huquqiy fuqarolik jamiyatini qurish, aholi farovonligini oshirish, g’aznachilik tizimida byudjetni to’liq ijro etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda davlat byudjeti g’azna ijrosi g’aznachilik operatsiyalari orqali amalga oshirilmoqda. G’aznachilik operatsiyalari – O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining g’azna ijrosida tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash va hisobini yuritish, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va byudjet ijrosi to’g’risida hisobotlar bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. «G’aznachilik operatsiyalarini to’g’ri amalga oshirish davlatning ichki va tashqi qarzi va O’zbekiston Respublikasining kafolatlari masalalariga bog’liq».

Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta'minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimini samarali ishlatish, byudjet taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Byudjetning uch asosiy holati farqlanadi: taqchillik, profitsit va mutanosib holat. Mutanosib byudjet – xarajatlar va daromadlar miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada byudjet taqchilligi umumiy xarajatlar hajmidan 1,0 foizga oshib ketmasa, bunday byudjet mutanosib deb hisoblanadi. Byudjet xarajatlarining daromadlardan oshib ketishi (byudjetning salbiy saldosi) byudjet taqchilligini anglatadi. Byudjet daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi (byudjetning ijobiy saldosi) byudjet profitsitini anglatadi.

Hozirgi sharoitda byudjet davlat iqtisodiy siyosatining g’oyat muhim vositasi bo’ladi. Davlat byudjetidagi taqchillikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan mablag’larni ajratish va taqchillik o’rtasida eng qulay bo’lgan mutanosiblikni o’rnatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi jarayonlarning kuchayishi, dunyodagi iqtisodiy globallashuv darajasining ortib borishi bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishda so’nggi ma'lumotlarni qabul qilish, yig’ish, qayta ishlash va ularni chuqur tahlil etish muhimahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Shundan xulosa qilish mumkinki, mamlakatdagi mahalliy va umumdavlat moliyasining holatini real baholash bilan bir vaqtda, xorijiy mamlakatlarda yuzaga chiqayotgan moliyaviy jarayonlarni o’rganib, ular bilan uyg’unlashgan holda dinamik tarzda amal qilishi, yuqorida sanab o’tilgan takliflarning hayotiylik darajasini oshiradi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston. 2015-40b. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. O‘RQ-360-son. 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y. №52-I-son.

  3. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 21 noyabrda qabul qilingan “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonun

  4. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni//O’zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y.

  5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847 sonli qarori. “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risi”da. 18-mart 2017-yil.

  6. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 553-sonli qarori. “O`zbekiston Resspublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi qaror. 23-noyabr 1992-yil (o`z kuchini yo`qotgan)

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

  8. Malikov T.S. Moliya: O‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.-T.: “Iqtisod-moliya”, nashriyoti, 2018 y. – 268b

  9. Malikov T.S. , Jalilov Sh.Q. Moliyaviy tizim: Zamonaviy talqin: o`quv-uslubiy qo`llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2016,-116b

  10. A.V.Vahobov, G.A.Qosimova. “Davlat moliyasini boshqarish” o`quv qo`llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2008. 260 bet.

  11. Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma. T:,“Iqtisod-moliya”, 2014.207b.nashr.

  12. Nurmuxamedova B.I. “Davlat byudjeti”, O`quv qo`llanma. T:,“Iqtisod-moliya”, 2018.575b.nashr.

  13. A.Shernayev, N.E.Jiyanova. “Davlat moliyasini boshqarish”, T:,“Iqtisod-moliya”, 2019.378b.nashr.

  14. www.gov.uz – O`zbekiston Respublikasi hukumat portali

  15. www.lex.uz - Adliya vazirligining qonunchilik bazasi.

  16. www.tif.uz – Toshkent moliya instituti rasmiy sayti.

  17. www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

  18. https://strategy.uz/index.php?news=850 (“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi)

  19. www.stat.uz – O`zbekistonn Respublikasi Davlat Soliq Qo`mitasi rasmiy sayti

  20. https://openbudget.uz/#/ Aholi uchun ochiq byudjet sayti

1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. 8 bet.

2 O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2013-yil 26-dekabr. 3-modda.

3 Davlat moliyasi tizimi. 2-J. – T.: O`zbekiston. 2003

4 Nurmuxamedova B.I. “Davlat byudjeti”, O`quv qo`llanma. T:,“Iqtisod-moliya”, 2018.575b.nashr. 140-bet

5 Rasm talaba tomonidan www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti ma`lumotlari asosida chizildi

6 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2015-y., 27-son, 355-modda

7 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 13-son, 201-modda

8 Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 21 noyabrda qabul qilingan “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonun

9 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida” PF-4947 Farmoni. 2017-yil 7-fevral


Download 199,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish