Davlatiy moliya


-rasm. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bo`limlar jihatdan tarkibiy tuzilishi5



Download 199,24 Kb.
bet5/6
Sana29.12.2021
Hajmi199,24 Kb.
#52919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aziz Turaev 4-kurs MM-96 i guruh kurs ishi 25.04.20

2-rasm. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bo`limlar jihatdan tarkibiy tuzilishi5.


2017-yilga qadar Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo`yicha vakolatlari, asosiy vazifalari va funksiyalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan – “O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to`g`risida”gi Nizom bilan tartibga solinib kelingan.6

2017-yilga kelib, respublikadagi barcha moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat`iy rioya etilishini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag`laridan samarali foydalanishga yo`naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko`rib chiqish maqsadida 2017-yil 18-martda ―”Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847-sonli Qarori qabul qilindi.7



O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishdagi bir qancha keng vakolatlarga egadir, Moliya vazirligining vakolatlari O`zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga asoslangan holatda belgilab qo`yilgan hamda ushbu vakolatlar quyidagilar hisoblanadi:

  • Davlat byudjeti hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini tayyorlaydi;

  • davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini har chorakda etkazadi;

  • byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini etkazadi;

  • byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 144-, 145- va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjeti, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;

  • ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

  • byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;

  • Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

  • byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

  • byudjet ssudalarini beradi;

  • davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi;

  • byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • byudjet tizimi byudjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;

  • byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi;

  • davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;

  • O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi;

  • byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

  • o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Hududiy moliya organlari ham Moliya Vazirligiga bevosita bog`liq hisoblanadi va aynan shuning uchun ham hududiy moliya organlarining vakolatlarini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hududiy moliya organlari vakolatlariga quyidagilar kiradi:



  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  • tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

  • byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini etkazadi;

  • byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • ushbu Kodeksning 146-148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;

  • tegishli byudjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;

  • byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

  • tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:

  • Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha etkazadi;

  • byudjet ssudalarini beradi.

Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini Hisob palatasi bilan birgalikda tuzib chiqadi. Shuning uchun ham konsolidatsiyalshgan byudjet to`g`risida ma`lumot berish Moliya vazirligi vakolatlari xususida misol sifatida keltirib o`tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Quyida 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma parametrlari hamda 2021-2022 yillarga byudjet mo’ljallari to`g`risida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.

Download 199,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish