Davlatiy moliya


 Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

3. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy   

davlatlardagi ko’rinishi 

Butun  dunyo  miqyosida  sug’urta  xizmatlarining  xalqaro  savdosini 

rivojlanishi  bilan  turli  mamlakatlarda  sug’urta  faoliyatini  nazorat  qilishni  bir 

qolipga solingan. 1994-yilda tashkil qilingan  “Sug’urta nazorati organlari xalqaro 

assostiastiya” si doirasida sug’urta xizmatlari savdosini nazorat qilishning xalqaro 

standartlari ishlab chiqila boshlandi, bu standartlarda har bir mamlakatning milliy 

siyosatidan kelib chiqqan holda sug’urta bozorini nazorat qilishda ma’muriy yoki 

iqtisodiy metodlardan qay birini qo’llash mumkin ekanligini tanlash maqsad qilib 

olingan. 

Nazorat  va  boshqaruv  funksiyalarini  o’zida  mujassam  etgan  ijro 

hokimiyatining organi maqomiga ega bo’lgan davlat sug’urta nazorati organlari 

sug’urta  faoliyatini  boshqarishda  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Turli  mamlakatlarda 

sug’urta nazorati organi turli vazirliklar yoki idoralar qoshida ochilgan bo’lishiga 

qaramasdan mustaqil ravishda harakat qilishi va qarorlar qabul qilishi darajasida 

bo’ladi.   

Ko’pgina mamlakatlarda sug’urta nazorati organi to’liq mustaqildir. AQSh 

da – har bir shtatda alohida sug’urta muomalalari nazorati komissarlari faoliyat 

yuritadi,  Germaniyada  –  sug’urta  faoliyati  nazorati    Federal  moliya  idorasi 

tomonidan, Fransiyada sug’urta faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv sug’urta 

nazorati Komissiyasi tomonidan, Shvetsiyada – sug’urta inspektorligi tomonidan, 

Buyuk  Britaniyada  esa  –  bu  funksiyalar  savdo  va  sanoat  Departamentiga 

yuklatilgan,  Kanadada  –  sug’urta  faoliyati  nazorati  Moliya  vazirligi  qoshidagi 

tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, Rossiyada esa – davlat sug’urta nazorati 

Moliya bozorlari bo’yicha federal xizmati organi tomonidan olib boriladi.   

Yuqorida  aytilganlardan  bir  nechta  mamlakatlar  sug’urta  nazorati 

orgnalarining faoliyatiga to’xtalamiz. 

 AQShda  sug’urta  sohasi  har  bir  federal  shtatning  o’z  nazorati  ostida  olib 

boriladi. Butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritmoqchi bo’lgan kompaniya o’z 

faoliyatini 50 ta shtatning federal qonunlari, Kolumbiya umumdavlat okrugi va 

Puerto-Riko  qonunlariga  mos  holga  keltirishi  zarur.  Shundan  kelib  chiqadiki 

Sug’urta kompaniyasi 50 ta federal hokimiyatdan, Kolumbiya okrugi va Puerto-

Riko    hokimiyatlaridan,  ya’ni  umumiy  hisobda  52  ta  ruxsatnoma  olishi  kerak 

bo’ladi.

130


  

                                                           

130

  Адамчук  Н.Г.  «Мировой  страховой  рынок  на  пути  к  глобализации»  М:  Российская  политическая 




706 

Hozirgi  vaqtda  Senat  va  Vakillar  Palatasi  komiteti  tomonidan  doimiy 

izlanishlar  olib  boriladi  va  sug’urtani  davlat  nazorati  muammolari,  savollari 

bo’yicha yig’ilishlar o’tkazilib turiladi.  

Federal  shtat  hududida  Ichki  daromadlar  federal  xizmati-  IDFX  (Internal 

Revenue  Service)  sug’urta  kompaniyasining  tashkiliy-huquqiy  shakli, 

investistion  faoliyat  yo’nalishi  va  tizimi,  soliq  siyosati  orqali  sug’urta 

kompaniyalarining  sug’urta  zahiralari  miqdoriga  ta’sir  qilib  turadi,  sug’urta 

xizmatlarining narxi va hayot sug’urtasi shartnomalarini ishlab chiqilishi ustidan 

nazorat va kuzatuv olib boradi.  

Sug’urta sohasini boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana bir muhim organ 

Depozitlar sug’urtasi federal korporastiyasi – DSFK (Federal Deposit Insurance 

Corporation) hisoblanadi. Bu korporastiyaning  vazifasi  turli  kredit  institutlarini 

sug’urtasini  olib  borilishi  ustidan  nazorat  qilish  va  mamlakatning  moliyaviy 

bozorini  barqarorligini  qo’llab  quvvatlashdan  iborat.  Aynan  DSFK  birinchi 

navbatda sug’urta nazorati bilan shug’ullanadi.  

Fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya – FBQQK sug’urta 

xizmatlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishni  nazorat  qiladi,  shu  jumladan 

hayot sug’urtasi va rentani qamrab oladi. Davlat kapitali ishtirok etgan sug’urta 

kompaniyalarini nazorat qilish ham shu Komissiyaga yuklatilgan. Davlat kapitali 

ishtirok  etgan  kompaniyalar  Komissiyaga  moliyaviy  hisobotlarini  va  ishchi-

xodimlar  haqidagi  ma’lumotlarni  qamrab  olgan  hujjatlar  to’plamini  topshiradi. 

Shu  bilan  bir  qatorda  Komissiya  qimmatli  qog’ozlar  bilan  bog’liq  noqonuniy 

operatsiyalar, firibgarliklarga qarshi kurashishga javobgardir.  

Federal  hokimiyatning  boshqa  organlari  ham  sug’urta  faoliyatini 

boshqarishda  qatnashadi.  Masalan,  Savdo  departamenti,  AQSh  Savdo 

vakolatxonalari  davlat  departamenti    harakatlarining  natijasi  bo’lib  Amerika 

sug’urta kompaniyalari Shimoliy Amerika Erkin Savdo Zonasi doirasida Kanada 

va Meksika bozorlariga kirish huquqini qo’lga kiritishdi.  

Federal zahira tizimi – FZT (Federal Reserve System), Prezident tomonidan 

tayinlanadigan  Valuta  nazoratchisi  (Controller  of  the  Currency),  Sug’urta 

qonunshunoslarining  milliy  konferenstiyasi  -  SQMK,  butun  50  ta  shtatda, 

Kolumbiya  okrugi  va  4  ta  Amerika  hududida  o’z  komissarlariga  ega  bo’lgan 

Sug’urta  komissarlari  milliy  assostiastiya  –  SKMA  (National  Association  of 

Insurance  Comissioners)  lari  ham  sug’urta  faoliyatini  bevosita  boshqarishda 

ishtirok etadi.  

Barcha  50  ta  shtat,  Kolumbiya  okrugi,  Puerto-Riko,  Guamadagi  sug’urta 

komissarlari  Sug’urta  komissarlari  milliy  assostiastiyasiga  (SKMA)  a’zodir. 

                                                           

энциклопедия, 2004. 420 – bet.    




707 

Komissarlar davriy yig’ilishlarida o’zaro ma’lumotlar bilan almashishadi, faoliyat 

nazoratini jamlaydi, qonunchilik va turli shtatlar siyosatiga o’z takliflarini ishlab 

chiqadi.  SKMA  sug’urta  faoliyatini  tartibga  soluvchi  va  muvofiqlashtiruvchi 

organ bo’lishi bilan bir qatorda shtatlar ustidan nazorat qiluvchi ham hisoblanadi. 

Bu  assostiastiya  boshqarishning  yagona  standartlarini  va  qonunlarini  (Model 

Acts) ishlab chiqadi, SKMA milliy yig’ilishida qabul qilingandan keyin shtatlar 

qonunchiligiga o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bu qarorlar tavsiya kuchiga 

ega bo’lib, shtatlar qabul qilmaslik huquqiga ega. Lekin shu paytgacha bunday 

holat kuzatilmagan.    

Mamlakat  miqyosida  barcha  sug’urta  kompaniyalari  SKMA  taklif  qilgan 

yillik  hisobot  shakllaridan  foydalanadi,  investistiya  shaklida  yo’naltirilmoqchi 

bo’lgan  qimmatli  qog’ozlarni  baholashning  yagona  qoidalarini  qabul  qiladi, 

kompaniyalarni  moliyaviy  tekshiruvlarini  yagona  tizimini  ishlab  chiqadi, 

shtatlardagi  sug’urta  kompaniyalarini  to’lov  qobiliyatini  nazorat  qilishni 

kuchaytirish bo’yicha davlat sertifikastiya dasturlarini yaratadi.

131

  

 Germaniyada  sug’urta  faoliyati  ko’p  yillar  hukumat  tomonidan  qattiq 



nazoratga olingan edi. Bu holat hayot sug’urtasi va hayot bilan bog’liq bo’lmagan 

sug’urta  sohasida  Yevropa  yo’riqnomasining  «uchinchi  bo’g’ini»  qabul 

qilinishigacha  davom  etdi.  Yevropa  yo’riqnomasi  amal  qilishi  boshlangandan 

keyin  sug’urta  tariflari  liberallashdi,  shartnomalarning  bosh  shartlarini 

ma’muriyatdan dastlabki ruxsat olishga ehtiyoj qolmadi. Sug’urta kompaniyalari 

o’rtasidagi  raqobat  shartlari  qayishuvchan  holatga  keldi,  lekin  kapitalni  uzoq 

muddatga joylashtirish va hisobini yuritish bo’yicha davlat nazorati qattiqligicha 

qolmoqda.  Sug’urta  faoliyatida  erkinlik  tamoyili  e’lon  qilingan  bo’lsada, 

Germaniya  hududida  faoliyat  yuritadigan  xorij  sug’urta  kompaniyalari  o’z 

yurtlarida litsenziyaga ega bo’lsalarda, bu hududda ma’lum talablarni bajarishlari 

kerak. 

Germaniyada  sug’urta  ishi  qattiq  nazorat  qilinadigan  sohadir.  1983-yilda 

qabul 

qilingan 



«Davlat 

sug’urta 

nazorati 

to’g’risidagi» 

qonun 

(Versicherungsaufsichtsgesetz - VAG)



132

  hozirgi kunda sug’urta munosabatlarini 

tartibga  soluvchi  huquqiy  normalarini  o’zida  jam  qilgan  asosiy  qonun 

hisoblanadi. 

Sug’urta faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yuridik shaxs  2002-yil         

1-mayda  tashkil  qilingan,    Federal  Moliya  Vaziriga  hisobot  topshiradigan 

“Sug’urta  faoliyati  nazorati  Federal  moliya  idorasi”  (Federal  Financial 

                                                           

131

  Адамчук  Н.Г.  «Мировой  страховой  рынок  на  пути  к  глобализации»  М:  Российская  политическая 



энциклопедия, 2004. 423 – bet.    

132


  Адамчук  Н.Г.  «Мировой  страховой  рынок  на  пути  к  глобализации»  М:  Российская  политическая 

энциклопедия, 2004. 425-bet. 




708 

Supervisiory  Authority  yoki  BaFin)dan  litsenziya  olishi  kerak.  Nazorat  organi 

sug’urta kompaniyalarining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy va huquqiy nazorat 

doirasida  boshqarib  boradi.  Davlat  tomonidan  sug’urta  sohasini  boshqarish 

bo’yicha  1994-yilda  ro’y  bergan  ba’zi  bir  o’zgarishlardan  keyin  Nazorat 

organining vakolatlari bir muncha kamaydi, bu o’zgarishlar Yevropa Ittifoqining 

sug’urta  xizmatlarini  xilma-xilligini  oshirish,  sog’lom  raqobatni  yuzaga 

keltirishga  qaratilgan  siyosati  natijasidir.  Biroq  sug’urta  kompaniyalarning 

sug’urta qildiruvchilar  manfaatlariga tahdid soladigan harakatlarini oldini olish 

hali ham Federal nazorat organi vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan BaFin 

ning vazifalari quyidagilardan iboratdir:  

– sug’urta va qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziya berish

–  joriy nazoratni amalga oshirish

–  sug’urta  kompaniyalarining  moliyaviy  barqarorligini  va  to’lov 

qobiliyatini tekshirib borish; 

–  sug’urta qilidiruvchilarning murojaatlarini ko’rib chiqish; 

–  raqobat  kurashining  maxsus  qoidalariga  rioya  qilishlari  ustidan  nazorat 

olib borish; 

–  sug’urta  qildiruvchilarning  manfaatlarini  himoya  qilish  shular 

jumlasidandir.  

Nemis  sug’urta  nazorati  qonunchiligi  bo’yicha  to’g’ridan-to’g’ri  sug’urta 

shartnomalari  tuzish  uchun  sug’urta  kompaniyasi  mulkchilik  shaklining 

aksionerlik jamiyati, birgalikda sug’urtalash jamiyati, jamoa korporastiyasi yoki 

muassasasi  bo’lishi  lozim.  O’z-o’zidan  ko’rinib  turibdiki  bir  shaxsga  tegishli 

bo’lgan,  shaxsiy  shirkat,  ma’suliyati  cheklangan  jamiyatlari  ko’rinishidagi 

tashkilotlar faoliyatiga yo’l qo’yilmaydi.  

Qayta  sug’urta  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  kompaniyalarga  bunday 

chegaralar  mavjud  emas,  biroq  nemis  bozorida  faoliyat  yuritayotgan  aksariyat 

qayta sug’urtachilar aksionerlik jamiyatlari shakliga ega. Hattoki qayta sug’urta 

kompaniyalari  nazorat  organidan  maxsus  ruxsatnoma  olishlari ham  shart  emas, 

birgalikda sug’urtalash jamiyatlari bundan mustasnodir. Nazorat organiga qayta 

sug’urta faoliyati bilan shug’ullunmoqchi ekanligi haqida bildirgi xat berib qo’ysa 

shuning o’zi kifoya. Qayta sug’urtachilarga VAG ning faqatgina ayrim bandlari 

tegishlidir, masalan, kompaniyaning tashqi  va  ichki  buxgalteriya  hisobot  tizimi 

to’g’risidagi band. Qonunning sug’urta kompaniyasini o’z mablag’lari zahiralari 

va  to’lovga  layoqatliligi  marjasi  bandi  ham  qayta  sug’urtachilarga  tadbiq 

qilinmaydi.  BaFin  ning  qarorgohi  Berlinda  joylashgan  bo’lib,  Germaniyadagi 

barcha milliy va xorijiy sug’urta kompaniyalari ustidan majburiy davlat nazoratini 

olib boradi.  

Dunyoning  barcha  mamlakatlarida  bo’lgani  kabi  Fransiyada  ham  sug’urta 

faoliyati  davlat  tomonidan  qattiq  nazoratga  olingan  sohadir.  Sug’urtaning 



709 

jamoatchilikka 

foydasini 

va 


sug’urta 

kompaniyalarini 

iqtisodiyotni 

harakatlantiruvchi  kuchlardan  biri  ekanligini  his  qilgan  holda  davlat  sug’urta 

biznesini  rivojini  rag’batlantirishni  o’z  zimmasiga  olgan.  Fransuz  Sug’urta 

Kodeksining  L  310.1  moddasida  shunday  keltirilgan:  «Sug’urta  ustidan  davlat 

nazorati sug’urta qildiruvchilarning va naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari 

va  kapitalni  joylashtirish  manfaatlaridan  kelib  chiqib  amalga  oshirilishi 

darkor»

133


.  

Fransiyada  sug’urtani  tartibga  solish  Moliya  va  iqtisodiyot  vazirligi 

qoshidagi G’aznachilik boshqarmasiga qarashli sug’urta biznesini nazorat qilish 

Boshqarmasi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ushbu  Boshqarmaning  vazifalari  

qonuniy,  iqtisodiy  va  soliq  jihatlarini  qamrab  olgan  holda      sug’urta  bo’yicha 

davlat  siyosatini  ishlab  chiqishdan  iborat.  Sug’urta  kompaniyalari  ustidan 

nazoratni  1989-yilda  tashkil  qilingan  sug’urta  biznesi  ustidan  nazorat  qiluvchi 

Komissiya  olib  boradi.  Komissiya  Moliya  vazirligi  tomonidan  tayinlanadigan 

beshta  a’zolaridan  iboratdir,  ularga:  Davlat  maslahatchisi,  Kassastion  sud 

magistri, Hisob palatasi a’zosi, qolgan ikkita a’zo sug’urta va moliya sohasidagi 

mutaxassislardir.  Komissiya  amaliy  ishlarni  olib  borishi  uchun  nazoratchi-

komissarlar  guruhiga  ega.  O’z  ishi  davomida  Komissiya  buxgalteriya 

operatsiyalarini,  texnik  zahiralar  nazorati,  to’lovga  layoqatlilik  tahlili, 

investistiyalarning  nazoratini  asosiy  maqsad  qilib  oladi.  Komissiya  faqatgina 

to’g’ridan to’g’ri sug’urtachilarni nazorat qiladi.  

Fransiyada  boshqa  mamlakatlarda  bo’lgani  kabi  sug’urta  tashkilotlarining 

ikki xil yuridik shakli qonunchilik bilan ko’zda tutilgan: 

 aksionerlik jamiyatlari, tijorat tashkilotlariga tegishli qonunchilik asosida 

faoliyat yuritadigan; 

 birgalikda  sug’urtalash  jamiyatlari,  sug’urta  qildiruvchilarning  tijoratga 

asoslanmagan jamiyatlari. 

Qonunchilik  bilan  sug’urtachilarning  eng  kam  nizom  jamg’armasi 

darajasiga ham talablar belgilab qo’yilgan. Aksionerlik jamiyatlari va birgalikda 

sug’urtalash  jamiyatlarining  faoliyat  sohasiga  qarab  (life,  non-life)  nizom 

jamg’armasiga talablar mavjud (2-jadval).  Komissiya sug’urta kompaniyasining 

moliyaviy holati ustidan diqqat bilan kuzatib boradi, agarda holat yomonlashsa 

sug’urta kompaniyasiga ogohlantirish beradi yoki ma’lum vaqt ichida moliyaviy 

holatini  yaxshilash  talabini  qo’yadi.  Sug’urtachining  harakati  sug’urta 

qildiruvchilarning  manfaatlariga  zid  ekanligi  xulosasiga  kelsa  ,  Komissiya 

kompaniyaning moliyaviy faoliyati rejasini talab qiladi yoki aktivlarini muzlatib 

                                                           

133


  Адамчук  Н.Г.  «Мировой  страховой  рынок  на  пути  к  глобализации»  М:  Российская  политическая 

энциклопедия, 2004. 130 – bet.    




710 

qo’yishgacha  boradi.  Nazorat  organi  hal  qiluvchi  qaror  sifatida  litsenziyani 

qisman yoki to’liq to’xtatib qo’yadi.  

Buyuk  Britaniyada  sug’urta  faoliyati  ustidan  nazoratni  Davlat  kotibi 

tomonidan boshqariladigan G’aznachilik departamentining (Tresuary) zimmasiga 

yuklatilgan.  Departamentning  zimmasiga  sug’urta  faoliyatini  litsenziyalash, 

sug’urtachilarning  moliyaviy  barqarorligi  ustidan  nazorat  qilish,  sug’urta 

shartnomalarini  tuzish  va  majburiyatlarni  bajarilishini  tekshirish  kabi  vazifalar 

yuklatilgan.  

XULOSA 

Milliya  iqtisodiyotning  hali  jahon  darajasida  rivojlanmaganligi,  o’z 

navbatida  sug’urta  biznesining  aholi  uchun  hali  yangi  qarash  ekanligi  tufayli 

miliya sug’urta bozori rivojanishida davlat bosh islohotchi bo’lib keldi. Buni har 

tomonlama  soliq  imtiyozlari  berib  borilishi,  yangi  kompaniyalar  ashkil  etilishi 

misolida  ko’rishimiz  mumkin.  Sug’urta  faoliyatining  kuchli  huquqiy  normalar 

bilan  ta`minlanganligi  sug’urta  ishtirokchilarining  manfaatlarini  himoyasini 

kafolatlagan. 

Dunyoning  barcha  mamlakatlarida  sug’urta  faoliyati  davlat  tomonidan 

qattiq  nazoratga  olingan  sohadir.  Sug’urtaning  jamoatchilikka  foydasini  va 

sug’urta  kompaniyalarini  iqtisodiyotni  harakatlantiruvchi  kuchlardan  biri 

ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z 

zimmasiga olgan. Sug’urta ustidan davlat nazorati sug’urta qildiruvchilarning va 

naf  oluvchilarning  sug’urta  shartnomalari  va  kapitalni  joylashtirish 

manfaatlaridan  kelib  chiqib  amalga  oshiriladi.  Sug’urtachilarning  faoliyati 

sug’urta  xizmatlari  turining  har  biriga  alohida  litsenziyalash  tartibida  olib 

boriladi. 

Milliy  sug‘urta  bozori  rivojlanishi  Davlat  miqyosida  ijtimoiy 

rivojlanishning  asosiy  omillaridan  biri  sifatida  qaralgan  bo‘lib,  mavjud  shart-

sharoitlar,  milliy  sug‘urta  an’analari  va  madaniyati  hisobga  olingan  holda 

bosqichma-bosqich  isloh  etilgan  va  O‘zbekiston  sug‘urta  bozori  sug‘urta 

sohasidagi davlat siyosati, rahnamoligi va qo‘llab-quvvatlanishi (soliq imtiyozlari 

berib borilishi, yangi sug‘urta kompaniyalari tashkil etilishi va h.k.) tufayligina 

rivojlanib, shakllangan.Respublikamiz bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi 

qamrovi  oxirgi  besh  yilda  sezilarli  darajada  oshgan.  Bu  holat  sug‘urta 

kompaniyalarni  sug‘urta  bozorida  sug‘urta  mahsulotlarini  taklif  qilishi  va 

mijozlarga  sifatli  sug‘urta  xizmatlari  ko‘rsatilishi  yaxshilanib  va  sug‘urta 

menejmenti asta sekin rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish