Davlatimiz ramzlarini o'quvchilar ongiga singdirish



Download 23,5 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi23,5 Kb.
#432132
Bog'liq
Otayeva Dilafruz Saidqulovna


Davlatimiz ramzlarini o'quvchilar ongiga singdirish."
Surxondaryo viloyati Termiz shahri 6-maktab boshlangich sinf oqituvchisi Otayeva Dilafruz Saidqulovna
Anotatsiya:Ushbu maqolada Davlat madhiyasi,Davlat bayrog'i,Davlat Gerbi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Bayroq,madhiya,Gerb,O‘zbekiston,mustaqil,davlat.
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgandan keyin oʻz Davlat Ramzlariga ega boʻlishni boshlagan, shu jumladan Bayroq , Gerb va Madhiya Oʻzbek milliy qadriytlari va davlatchilik tarixidan kelib chiqib qabul qilingan.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:ko`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.
O`zbekiston Respublikasining davlat Gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga "O`zbekiston"deb yozib qo`yilgan.
Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar. Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».
Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Yuqoridagi Davlat ramzlarini o'quvchilarga o'rgatish jarayonida dastlab Davlat ramzlarining rasmlari bilan tanishtirish kerak.Shundan keyin Davlat ramzlarini ta'riflab berish kerak.Keyin qachon qabul qilingan shu haqida ma'lumotlar beriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari xonalariga Davlat ramzlarini rasmlarini xamda ularning qachon qabul qilinganligi yopishtirib va yozib qo'yish orqali o'quvchilarni ongiga singdirish mumkin.Shunda o'quvchilar Davlat ramzlari rasmlarini xar kuni ko'radi hamda ular haqidagi ma’lumotlarni yotlab oladilar.
Xulosa qilib aytganda ushbu maqolada Davlat ramzlari qachon qabul qilinganligi haqida hamda Davlat ramzlarini o'quvchilar ongiga singdirish to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Davlat ramzlari haqida qo’llanma.
Download 23,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish