Davlat yer kadastrini yuritish tizimi Tayanch so'zlar



Download 108 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi108 Kb.
#576912
Bog'liq
3. Davlat yer kadastrini yuritish tizimi


Davlat yer kadastrini yuritish tizimi
Tayanch so'zlar: Topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanika, hisobot, yer monitoringi, yer-kadastr axborotlari, fazoviy koordinatlar, yagona tizim, yer fondi.

O'zbekiston Respublikasida Davlat yer kadastrini yuritish «Davlat yer kadastri to'g'risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq tartibga solinadi.


Davlat yer kadastrini yuritish quyidagilar bilan ta'minlanadi:
-aerokosmik suratga olishlarni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o'tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatiga olish;
-yerlar mavjudligi va ulardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlarni tuzish;
-joriy tadqiqotlar suratga olishlar hamda yer monitoringi materiallaridan foydalangan holda yer-kadastr axborotlariga oid ma'lumotlar majmuini yaratish va tartibga solib turish.
Davlat yer kadastrini yuritish O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer kadastrini yuritish tumanda (shaharda) quyidagi yo'l bilan amalga oshiriladi:
-yer uchastkalariga bo'lgan huquqni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro'yxatiga olish;
-kadastr suratga olishlarini o'tkazish;
-yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlaridan ma'lumotlar olish, ularning to'g'riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o'zgartishlarni kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-mamlakatning butun hududini to'la qamrab olish;
-fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo'llash;
-yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
yer kadastriga doir axborotlarning to'g'ri bo'lishi.
O'zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri obyekti hisoblanadi.
Yerning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama o'rganish va baholash davlat yer kadastrining mavzusi hisoblanadi.
Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli yer kadastri axboroti berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Dastlabki kadastr ma'lumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan o'zgarishlar aniqlanadi va ro'yxatdan o'tkaziladi. Yer uchastkalari mulkdorlari, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalariga ko'rsatib o'tilgan o'zgarishlar to'g'risida o'n kun muddatda axborot berishga majburdirlar


Nazorat savollari:

  1. Davlat yer kadastrini yuritish qanday amalga oshiriladi?

  2. Davlat yer kadastrining yagona tizimi qanday tashkil qilinadi?

  3. Davlat yer kadastrlarini yuritish tartiblari?

  4. Davlat yer kadastrini yuritishni ta'minlash?

  5. Davlat yer kadastrini yuritishni tartibga soladigan xuquqiy xujjat?

  6. Tumanda (shaharda) yer kadastrini yuritish usuli?

  7. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari?

  8. Davlat yer kadastrining asosiy vazifalari?

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish