Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
Asosiy talablar
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy,
moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning
mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan
qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining
mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd
etilmaganligi.
Qo‘shimcha talablar
Davlat buyurtmachisi zarur bo‘lganda tovarlarning
(ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos xossalaridan
yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar belgilashga
haqli.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar
davlat xaridlarining asosiy prinsiplarga zid
bo‘lmasligi kerak.
Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborotda ishtirokchilarga
qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ushbu axborot
e’lon qilingan paytda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |