Davlat xaridi” fanini o’rganishda shuningdek, induktsiya va deduktsiya, taqqoslash, iqtisodiy-matematik usullardan ham foydalaniladi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini boshqarishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va regratsion tahlil usuli, integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar kabi usullar kiradi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy axborotlarni kompyuterlarga kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli hisobot ma’lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma’lumotlarni qisqa fursatda mas’ul idora va tashkilotlarga yuborishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |