Davlat va xususiy sektor hamkorligi reja



Download 55,65 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi55,65 Kb.
#811843
1   2   3   4   5
Bog'liq
davlat

Institutlar, bu – jamiyatdagi iqtisodiy birliklarning o‘zaro kelishuvi asosida yuzaga kelgan tartib-qoidalar bo‘lib, davlat va xususiy sektor bir-biri bilan hamkorlikda bu qoidalarni doimiy shaklda takomillashtirib, tuzatib boradi. Me’yorlar, imtiyozlar, cheklovlar, ta’qiqlovchi qoidalar, rag‘batlantirish vositalari – bularning barchasi bozor subyektlari hisoblangan davlat, korxonalar hamda uy xo‘jaliklarining xatti-harakatla­rini o‘zaro moslashtirishga va uyg‘unlashtirishga, manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Jahon bozorida davlat o‘z holicha, yoki milliy ishlab chiqaruvchi o‘z-o‘zicha samarali harakat qila olmaydi. Davlatning jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy kuch-qudrati milliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatida namoyon bo‘ladi, o‘z navbatida, kuchli davlatgina xalqaro va mintaqaviy bozorlarda o‘z tadbirkorlari manfaatlarini har jihatdan himoya qilishga qurbi yetadi.

Islohotlarning bugungi bosqichida davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki so‘nggi yillarda yuz bergan va hali hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davlat va xususiy tadbirkorlik kuchlarini birlashtirishni, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda o‘zaro ko‘maklashish tizimini yo‘lga qo‘yishni taqozo etmoqda.

Davlat va xususiy sektor boshqaruv institutlari faoliyatining samarali bo‘lishi uchun tranzaksion xarajatlar kamayib borishi zarurati ham shunga olib kelmoqda. Bir turdagi transaksion xarajatlar – iqtisodiy yoki huquqiy tizimdan foydalanish sarf-xarajatlarini davlat va xususiy tadbirkorlik takror amalga oshi­rayotganligi ham hamkorlikni taqozo etmoqda. Transaksion xarajatlarga axborotni qidirib topish xarajatlari, o‘lchash xarajatlari, muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish xarajatlari, yuqori va quyi tashkilotlar rejalarining muvofiqlashtirilishi bilan bog‘liq xarajatlar, kamyob resurslarni qidirib topish xarajatlari va mulk huquqlarini himoya qilish xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar aksariyatining bir vaqtning o‘zida davlat va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan takror amalga oshirilishi umumiy iqtisodiy samaradorlikni pasaytirib yuboradi va raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 55,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish