Davlatning asosiy belgilari:
1.
O’ziga xos ommaviy hokimiyat davlat hokimiyatining mavjudligi,
ya’ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining borligi:
2.
Aholining hududlar boýicha uyushganligi. Bu fuqarolarning davlat
chegaralari doirasida, muayyan ma’muriy-hududiy birliklarda yashashini
bildiradi.
3.
Suverenitet, ya’ni ichki va tashqi siyosatni o’tkazishda mustaqil
bo’lish.
4.
Huquq tizimining mavjudligi.
5.
Soliq tizimiga egaligi.
Davlatning tipi – muayyan davlatlarga xos bo’lgan bir xil, muhim va
umumiy belgilar yigíndisi.
Davlatlarning tiplariga ajratishda formatsion va sivilizatsion yondashuvlar
mavjud.
Formatsion yondashuv – davlatlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish
darajasi bazis va ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda
funksiyalari mezoniga ko’ra tiplarga ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |