Maktabgacha tarbiya muassasasi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Maktabgacha tarbiya muassasasi - ta’lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy-axloq-odob yehtiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muhabbat uyg‘otish, salomatligini mustahkamlash kiradi. Maktabgacha ta’lim oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha tarbiya muassasasi "Ta’lim to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda maktabgacha ta’lim davlat standartlari tasdiqlangunga qadar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish dasturiga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
3. Maktabgacha tarbiya muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunga va boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Maktabgacha tarbiya muassasasi mazkur Nizom asosida jamoaning umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadigan hamda uning faoliyati shart-sharoitlarini belgilab beradigan o‘z Ustavini ishlab chiqadi.
5. Maktabgacha tarbiya muassasasi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z muhriga va nomi yozilgan shtampga yega bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshqaruvni mudira, ta’lim-tarbiya jarayonini uslubchi amalga oshiradi. Ular pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun mudira o‘z soxasini chuqur bilishi, xar xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha meyoriy xujjatlarni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni, «Bolajon» tayanch dasturini, Davlat ta’lim standartlarini, Maktabgacha ta’limga qo`yilgan Davlat talablari va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayyorlanadi. Ayniqsa bolani oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida maktab ta’limiga tayyorlashda hamkorlikda ish olib boorish muhim jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni tashkil etishda mudiraning o‘rni juda kattadir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish mudiralarni amaliy faoliyatga tayyorlash bilan birga ularda yuksak kasbiy faoliyat malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan asosiy ixtisoslik fan bo‘lganligi sababli Respublikadagi MTMlarga yuksak salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |