Davlat va jamiyat


Mustaqillik yilnomasi 2000



Download 0,64 Mb.
bet13/17
Sana11.01.2017
Hajmi0,64 Mb.
#17
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mustaqillik yilnomasi 2000

DAVLAT VA JAMIYAT

 



9 yanvar. Erkin demokratik saylov natijasida Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2000-2005 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib saylandi.

22 yanvar. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil dekabrda saylangan Oliy Majlisi o‘z ishini boshladi.

Parlament birinchi sessiyasining birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.


 
Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov Oliy Majlisga saylov yakunlari haqidagi axborot bilan so‘zga chiqdi. U saylangan deputatlarni qizg‘in tabrikladi va ularning qonunchilik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

5 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

21 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil birinchi yarmida Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishiga bag‘ishlangan majlisi bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, qo‘mitalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, uyushmalar va muassasalarning rahbarlari qatnashdilar.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida joriy yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, iqtisodiy islohotlarning borishida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berganligi ta’kidlandi. Jumladan, makroiqtisodiy va moliyaviy sohalarda barqarorlashuv, muttasil iqtisodiy o‘sish kuzatildi. O‘tgan davr mobaynida sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,2 foiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlash 7,1 foiz ko‘paydi. Pul qadrsizlanishining o‘rtacha oylik darajasi 1,5 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti 9,8 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Eksport hajmi birmuncha oshdi, tashqi savdo balansida 162 mln AQSH dollari hajmida ijobiy saldoga erishildi.

30-31 avgust. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining uchinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya ishining birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qilib, O‘zbekistonning ayrim chegara uchastkalarida xalqaro to‘dalar qilgan terrorchilik harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni chuqur va atroflicha tahlil etdi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan O‘zbekiston fuqarolariga, barcha mamlakatlarning parlamentlariga, jahon hamjamiyatining taraqqiyparvar kuchlariga murojaatnoma qabul qildilar.

Oliy Majlis "Jaloliddin Manguberdi" ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonunni qabul qildi, 2000 yilning birinchi yarmida davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ma’qulladi, "Byudjet tizimi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi va uni umumxalq muhokamasiga qo‘yishga qaror qildi.

6 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Terrorchi guruhlar tarkibiga yanglishib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

14 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 30 avgustda qabul qilgan "Jaloliddin Manguberdi ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek, orden to‘g‘risidagi Nizom va Jaloliddin Manguberdi ordenining tavsifi e’lon qilindi.

7 dekabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasining sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘ldi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

7 dekabr. Oqsaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining to‘qqiz yilligi sharafiga orden va medallar bilan mukofotlangan, faxriy unvonlar bilan taqdirlangan vatandoshlarimizning katta bir guruhiga Vatan mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘ldi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

14-15 dekabr. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Parlament ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.




IQTISODIYOT

 




Yanvar. Urganchdagi "Darital" o‘zbek-italyan qo‘shma korxonasining poyabzalchilari o‘z mahsulotining dastlabki turkumini eksportga jo‘natdilar.

Yanvar. Xorazm viloyati Xonka tumanida ishga tushirilgan o‘zbek-italyan qo‘shma korxonasi mahalliy xom ashyodan meva-sabzavot sharbatlari ishlab chiqara boshladi.



 
Yanvar. "O‘zDEUavto" kompaniyasi ISO 9001 sertifikatini oldi va MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro sifat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo‘lib qoldi.

14 aprel. "Urganch" aeroportining aerovokzal kompleksi tantanali ravishda ochildi.

Aprel. "Namanganyog‘moy" aksiyadorlik jamiyatida ozuqa yog‘ quyadigan yangi liniya ishga tushirildi. Yangi liniya soatiga 1600 ta bir litrli polietilen idishga yog‘ quyib bera oladi.

Aprel. Germaniyaning Gannover shahrida bo‘lib o‘tgan 5-jahon kompyuter ko‘rgazmasida Samarqand "TS-texnrologiya" ilmiy-ishlab chiqarish markazi ekaspertlardan Markaziy Osiyoda kompyuterlar ishlab chiqaruvchi eng istiqbolli korxona, degan bahoni oldi.

Aprel. Fransiyaning Lion shahrida Xalqaro "Yevroekspo" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Xalq amaliy san’ati buyumlarining ana shu ko‘rgazam-yarmarkasida qatnashgan 30 mamlakat orasida Samarqand viloyatidagi "Usto" birlashmasining hunarmandlari ham qatnashib, o‘z mahsulotlarini sotuvga qo‘ydilar.

Aprel. Andijon viloyatida "Asaka-ASK" O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Viloyat "Mevasabzavot" birlashmasi va Permdagi "ASK" ma’suliyati cheklangan jamiyat uning muassislari bo‘ldilar. Yangi korxona 2150 tonna sabzavot, 400 tonna mevani qayta ishlab, 1 million shartli bankadan ko‘proq sabzavot konservasi, shu jumladan, kompot, murabbo va sharbatlar ishlab chiqardi.

4-5 may. Toshkentda "Paxta-2000-O‘zbekiston" Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

16-18 may. Toshkentda geodeziya, kartografiya, yer kadastri va olisdan tekshirish Davlatlararo kengashining XIV sessiyasi ish boshladi. Sessiya ishida MDHga a’zo bo‘lgan o‘n ikki davlat, shuningdek, bir qancha xorijiy davlatlar, shu jumladan, AQSH, Gremaniya, Shveytsariya, Shvetsiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

16-18 may. Toshkentda "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" Xalqaro ko‘rgazmasi va shu nomdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada dunyoning yigirma besh mamlakatidan telekommunikatsiya, neft-gaz, konchilik, qurilish va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi 130 dan ortiq kompaniya qatnashdi.

1 iyun. Germaniyaning Gannover shahrida YEXRO-2000 Jahon ko‘rgazmasi ochildi. Unda 170 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. O‘zbekiston bunday jahonshumul tadbirda birinchi bor ishtirok etdi. Bir yarim ming kvadrat metr maydonni egallagan mamlakatimiz ko‘rgazma pavilonida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo tarixidagi roli va o‘rni namoyish etildi.

6 iyun. Toshkentda "Orol dengizi havzasidagi suv zahiralarini boshqarish muammolari mavzuiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada AQSH, Markaziy Osiyo Respublikalari mutaxassislari, xalqaro tashkilot va fondlarning vakillari qatnashdilar.

Iyun. "Avtooyna" aksiyadorlik jamiyatining korxonasi negizida yiliga 200 yuz ming komplekt avtomobil oynasi ishlab chiqarish uchun kerakli texnologiyani topshirish haqida "O‘zavtosanoat" uyushmasi bilan Italiyaning "Tekint" kompaniyasi o‘rtasida Shartnoma imzolandi.

Iyul. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan nodir metal - osmiy ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

3 avgust. Navoiy shahrining eng yirik kimyo korxonasi - "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasida mahsulotning yana bir turi o‘zlashtirildi. Bu yerda suyuq metanol ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi. Bu modda niron, formalin ishlab chiqarishda, shuningdek, mebel yasashda hamda gaz sanoatida qo‘llaniladi.

Endi suyuq metanolni chetdan keltirish uchun ko‘p mablag‘ sarflashga ehtiyoj qolmadi. Yangi sex yiliga 35 ming tonna metanol ishlab chiqaradi, bu respublika ehtiyojini to‘la-to‘kis qondiradi.

7 avgust. Pekinda birinchi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi - "O‘zbek yarmarkasi" ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

29 avgust. "Toshkent - O‘sh" avtomobil yo‘lida Qamchi va Rezak dovonlarida yerosti tunellari ochildi.

1 sentyabr. Shu vaqtga qadar O‘zbekistonda 400 ga yaqin O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi.

1 sentyabr. Germaniyaning Gannover shahridagi Jahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston Kuni o‘tkazildi. Unda mamlakatimizdan nufuzli delegatsiya ishtirok etdi. Shu kuni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namunalari, xalq ustalari yasagan buyumlar ko‘rsatildi, o‘zbek xalqining tarixi va boy madaniy merosi haqidagi video materiallar, filmlar namoyish etildi, taniqli o‘zbek artistlari, xonanda va sozandalari o‘z san’atlarini namoyish etishdi.

Sentyabr. Germaniyadan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga fermer xo‘jaligi uchun meva va sabzavotni quritib, qadoqlab beradigan qurilma olib kelindi. Qurilmani Germaniyaning "Tissen-Krupp" kompaniyasi vakillari montaj qilib berishdi.

15 oktyabr. Hozirgi kunga kelib, mamlakatimiz bozorida turkiyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan 375 korxona ishlayapti, ulardan 284 tasi qo‘shma korxona bo‘lib, 91 tasi 100 foiz turk sarmoyasi bilan ishlaydigan korxona. Turk investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning aksariyati O‘zbekiston xalq xo‘jaligining to‘qimachilik va ko‘nchilik sanoati, oziq-ovqat, qurilish materiallari korxonalari va xalq iste’moli tovarlari savdosida faoliyat yuritadi.

Ular orasida "Samkochavto", "Papfen", "Koxiye", "Mejik-Plast", "Sharq-Mir Ltd", "Dilek interprayzis" qo‘shma korxonalari bir necha yillardan beri mamlakatimiz bozorida ishlab kelmoqda.

Oktyabr. Chirchiqda "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi korxonalarida ishlatiladigan kompressor uskunalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatuvchi markaz ishlay boshladi. Bu markazni "O‘zbekkimyomash" zavodi bilan Amerikaning "Dressar Rend" firmasi barpo etdi.

13 noyabr. Toshkentda Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti - JETRO vakolatxonasini ochishga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.

Dekabr. O‘zbekistonda "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasining bosh korxonasi "O‘zbekkimyomash"da Markaziy Osiyoda birinchi va dunyoda uchinchi neft va gaz va boshqa kompressor uskunalarini ta’mirlaydigan universial servis markazi ochildi. Uni qurishda Germaniya, Fransiya va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan ishbilarmon hamkorlar yordam berishdi.

Dekabr. Jizzax viloyati elektr tarmoqlari korxonasi Fransiya Milliy sanoat uyushmasining Oltin medali bilan mukofotlandi. Jizzaxlik energetiklar ishlab chiqarishdagi yuksak muvaffaqiyatlari, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilganliklari, energetika resurslaridan oqilona foydalanib, tejamkor ish tartibini joriy qilganliklari uchun ushbu oliy mukofotga sazovor bo‘ldilar.

TASHQI SIYOSAT

 



24-25 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moskvada bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etdi.

12-15 yanvar. Kavkazorti va Markaziy Osiyo jurnalistlari delegatsiyasi Avstriyaga borib, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doimiy kengashining Venada ochilgan majlisida qatnashdi.



 
21 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Amerika qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublkkasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Presel Jozefni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma Kirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ingem Kristoferni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidash Favqulodda va Muxtor Elchisi Rixard Bindzaylni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Isroil davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gal Gender Noaxni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Brunnetti Goyets Iolandani "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Che Yeng Xani "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Misr Arab RespublikasiningO‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shavqiy Mamduxni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Apay-din Umurni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jan Klod Risharni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Li Szinyanni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida", "Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nakayama Kyokoni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"ga Farmonlarni chiqardi.

24-25 yanvar. Moskvada Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘ldi, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

11 mart. Hindiston poytaxti Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari" kitobining hind tilidagi nashri tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risidagi xabar matbuotda e’lon qilindi,

18 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif buyurgan Amerika qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Madlen Olbraytni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Amerika munosabatlari masalalari, siyosiy, iqgisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalar, xalqaro va mintaqa xavf-sizligi muammolari yuzasidan fikrlashib olindi.

1-3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hin-diston Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi.

18-19 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining Prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelib ketdi.

Tashrif dasturi doirasidagi asosiy uchrashuvlar Do‘rmon qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov bilan Vladimir Putinning yakkama-yakka suhbati vaqgida shu kunning dolzarb masalalari xususida, ikki tomonlama aloqalarning holati va istiqbollari to‘g‘risida fikrlashuvlar bo‘ldi.

9-11 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) davlat boshliqlarining oltinchi uchrashuvida qatnashish, shuningdek, Eron Islom Respublikasiga amaliy tashrif buyurish uchun Tehronga safar qildi.

21 iyun. Moskvada MDhga a’zo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi bo‘ldi. Majlisda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov ishtirok etdi. Unda kengashning erkin savdo hududini vujudga keltirish to‘g‘risidagi qarorlari qanday bajarilayotganligi muhokama qilindi, 2005 yilgacha hamdo‘stlikni rivojlantirish sohasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar dasturi ko‘rib chiqildi, MDHning terrorizmga qarshi kurashuvchi markazni barpo etish to‘g‘risidagi, shuningdek, MDH davlatlarining 2003 yilgacha xalqaro terrorizmga va ekstremizmga qarshi kurash dasturi to‘g‘ri-sidagi masalalar muhokama qilindi.

5 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Shanxay beshligi" tashkilotining Dushanbeda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida qatnashdi. Chegaradosh besh davlat - Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston shu tashkilot a’zolaridir. O‘zbekiston bu uchrashuvda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

8 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. "Ming yillik sammiti" deb atalgan ushbu sessiyada dunyodagi 150 dan ko‘proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyada Islom Karimov nutq so‘zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda uchrashuvlar o‘tkazdi. Avvaliga AQSH prezidenti Bil Klinton tomonidan "Ming yillik sammiti" qatnashchilari sharafiga o‘tkazilgan qabul marosimida Oq uy rahbari bilan suhbatlashdi, Bil Klinton Islom Karimovni Nyu-Yorkka kelishi bilan tabriklab, O‘zbekiston haqidagi ijobiy fikrlarini bayon etdi. Davlatimiz boshlig‘i AQSH prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi.

27 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidengi Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQSH qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligining Bosh qo‘mondoni Tommi Franksii qabul qildi.

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlik tobora rivojlanib borayotir. Jumladan, NATOning "Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik" dasturi doirasida ikkala mamlakat qurolli kuchlari ishtirokidagi mashqlar bir necha bor o‘tkazildi.

16-17 oktyabr. Turkiya Respublikasi Prezidenti Ahmet Nejdet Sezer O‘zbekistonga rasmiy tashryaf buyurdi. Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olshi marosimsdan so‘ng, "Do‘rmon" qarorgohida ikkala mamlakat prezidentlari - Islom Karimov bilan Ahmet Sezer yakkama-yakka suhbat-lashdilar. Prezidentlarning suhbati chog‘ida va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari davomida ikki davlatning o‘zaro munosabatlariga taalluqli dolzarb masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi qo‘shma Bayonotni imzoladilar. Terrorizmga, narkotik moddalar kontrabandasiga va uyushgan ji-noyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi qushma Bayonot O‘zbe-kiston va Turkiya prezndentlari tomonidan imzolangan ikkinchi muhim hujjat bo‘ldi.

19 oktyabr. Toshkentda "Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror-likni mustahkamlash. Narkotik moddalar, uyushgan jinoyatchilik va ter-rorizmga qarshi kurashga birgalikda yondashish" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

25 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Jahon banki vitse-prezidenti Yoxannes Linni qabul qildi.

Mazkur xalqaro moliya muassasasi O‘zbekiston bilan ko‘p sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. hozirga vaqgda bank bilan birgaliqda jami qiymati salkam 500 million AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qqizta loyiha amalga oshirilmoqda. Yana qariyb 300 million dollarlik oltita loyiha tayyorlanmoqda. Ayniqsa, bank-moliya tizimiii isloh qilshsda, aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda, qishloq joylardagi sog‘liqni saqlash muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashda, transport tizimini takomillashtirishda Jahon banki bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

7 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQSH Davlat kotibining yangi mustaqil davlatlar bo‘yicha maxsus maslahatchisi Stiven Sestanovichni qabul qiddi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, mintaqa xavfsizligi muammolari muhokama qilindi.

IJTIMOIY HAYOT

 



Ta’lim. Fan

 

28 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Toshkent Davlat universitetiga "O‘zbekiston Milliy universiteti" maqomini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.



14 mart. "O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta’sis etildi.

Mart. Toshkentda "O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi" mavzuida respublika ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.



 
19 may. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasida Respublika Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va isloh qilish masalalari yuzasidan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

5 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasida mamlakatimizga kelgan Yaponiya xotin-qizlar ta’limi Xalqaro uyushmasi delegatsiyasining a’zolari bilan respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlari vakillarining uchrashuvi bo‘ldi. Suhbat chog‘ida fikrlar almashinildi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarga javob qaytarildi.

29 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Umumxalq bayrami - O‘qituvchilar va ustozlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va tarbiya sohasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Sentyabr. Buxoroda buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sino tug‘ilgan kunning 1020 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro o‘qish bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari orasida turli mamlakatlardan, jumladan, Hindiston va Erondan kelgan olimlar bor edi.

21 oktyar. Farg‘ona viloyatining shahar va qishloqlarida buyuk olim va mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy xotirasiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.

Oktyar. Samrqandda bo‘lib o‘tgan "SASS-2000" mavzuidagi III xalqaro konferensiyada hisob-kitoblarda kompyuter algebrasini qo‘llanish istiqbollari muhokama qilindi. Unda Amerika, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Isroil, Rossiyadan kelgan 70 olim ma’ruza qildi.

17 n6oyabr. Samarqandda islom fanining mashhur dahosi Imom Abu Mansur al-Moturidiyning 1130 yillik yubileyi respublika jamoatchiligi vakillari, turli xorijiy mamalakatlardan kelgan mehmonlar ishtirokida keng miqyosda nishonlandi. Tantanalarda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. Shu kuni Samarqandda mutafakkir yubileyiga bag‘ishlab "Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasidagi ahamiyati" mavzuida konferensiya bo‘ldi.

22 noyabr. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida milliy mustaqillik g‘oyalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish markazi barpo etildi.

24 noyabr. Inson huquqlari milliy markazida Dunyo bolalari kuniga bag‘ishlangan "Bolalarning huquqlari va qonun" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

5-6 dekabr. Toshkentda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: islohot natijalari va istiqbollar" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning 300 dan ko‘proq va chet ellarning 40 nafar olimi, dunyoning 19 mamlakatidan mutaxassislar qatnashdi.

8 dekabr. Toshkentda Xalqaro kurash uyushmasi ijroiya qo‘mitasining majlisi bo‘ldi.

30 dekabr. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasining birinchi jildi nashrdan chiqdi.

Madaniyat va ijtimoiy hayot

12 yanvar. Saudiya Arabistonidagi mashhur "Darussalom" nashriyoti "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" kitobini bosib chiqarganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Arab tilida bosilib chiqqan kitobga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li", "O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos modeli", shuningdek, "Olloh qalbimizda, yuragimizda" asarlari kiritilgan.

11 fevral. Prezident Islom Karimovning "Barkamol avlod orzusi" kitobi turk tilida bosilib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Bu kitobda mamlakatimizning buyuk kelajagi bunyodkorlarini tarbiyalash maqsadida davlatimiz maorif tizimida izchillik bilan o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kitob mamalkatimizda ishlab turgan o‘zbek-turk litseylari Bosh boshqaramsi tomonidan Istambulda nashr etildi.

Mazkur kitobga davlatimiz boshlig‘ining mamlakatimizda har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, milliy mafkurani shakllantirish, maorif tizimini tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashga doir milliy dasturni amalga oshirish to‘g‘risidagi mulohazalari to‘plangan.

29 fevral. Toshkentda "O‘zbekiston -Vatanim manim!" shiori ostida mamlakatimiz bastakorlari bolalar uchun yaratgan yangi qo‘shiqlarning ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 30 dan ortiq bastakor ijod qilgan 35 ta qo‘shiq ijro etildi.

2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining prezidenti, mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovni qabul qildi.

Qabul chog‘ida mintaqa xalqlari o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, asrlar davomida qaror topgan yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik an’analarini avaylab-asrash to‘g‘risida, mintaqada tinchilik va osoyishtalikni ta’minlashda madaniyat va san’at arboblarining roli haqida suhbatlashildi.

6 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

24 mart. TV-6 telekanalining tomoshabinlari "Islom Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" ilmiy-ommobop turkumining uchinchi hujjatli filmi umurossiya premyerasini ko‘rdilar. Mazkur telekanalni faqatgina Rossiya hududida emas, jahonning talaygina mamlakatlarida ham tomosha qiladilar.

18 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasining "O‘zbekiston" nashriyotida tayyorlangan "Xalq ishonchi - oliy ma’suliyat" nomli kitobi bosmadan chiqqanligi haqida O‘zA axboroti e’lon qilindi. Kitobning asosiy qismini Yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi muddatga Prezident lavozimiga nomzod sifatida saylovchilar bilan uchrashuvlarda so‘zlagan nutqi, shuningdek, ikkinchi chiqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasi tashkil qiladi.

12 may. Toshkentda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxt jamoatchiligining vakillari ishtirok etishdi. Xotira yodgorligi yonida o‘tkazilgan marosimda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

23 may. Saudiya Arabistoni podsholigidagi "Dorussalom" kompaniyalari guruhi Prezident Islom Karimovning "O‘zbekiston Buyuk istiqbolga intilmoqda" kitobini arab tilida nashr etilgani to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Iyul. O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Elchixonasida "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" turkumidagi yangi film taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu film "Iqtisodiy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning asosiy tamoyillari" deb ataladi.

Taqdimot marosimida Hindiston Tashqi ishlar, Moliya va savdo vazirliklarining, savdo-sanoat doiralarining, yirik banklarning vakillari, yetakchi hind siyosatshunoslari va jurnalistlar qatnashdilar.

Film taqdimoti davomida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari to‘g‘risida fikrlashib olindi.

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Iqtidorli yoshlar uchun "Nihol" mukofotini ta’sis etish haqida" Qaror qabul qildi.

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishga buyuk hissa qo‘shgan adabiyot va san’at ustalarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.



Avgust. Buxoroda Nemis madaniyati kunlari o‘tkazildi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish