129
26-§. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI
YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI
Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun
hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo‘ladi. Yakka ni-
zolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va
himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qis-
mi huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi.
Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat
nizosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo
bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |