88
1-vaziyat.
Televideniye sharhlovchilari xorijdagi hodisalar haqida ular
tayyorlagan axborotni efirga chiqarganligi uchun tijorat telekanali-
ni muallifik huquqini buzganlikda ayblab sudga berishdi.
Bu holda mualliflik huquqi buzilganmi? Ushbu materialni
mual liflik huquqi obyekti deb hisoblash mumkinmi?
2-vaziyat.
Olti yoshli S. bolalar bog‘chasi tarbiyachisi yordamida xalq
ertaklariga rasmlar turkumini tayyorladi. Bunda tarbiyachining
o‘zi rasm chizmay, rasm g‘oyasi va obrazlari, xususiyatlari va
rang larini aytib turdi. Keyin u mazkur rasmlarni o‘z ishiga qo‘shib
nashr qildi hamda u o‘z yordamisiz S. hech narsa chiza olmas edi,
deb o‘ylab, rasmlar muallifi sifatida uning nomini ko‘rsatmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: