Davlat va huquq



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/201
Sana26.07.2021
Hajmi2,05 Mb.
#129217
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
Bog'liq
davlat va huquq asoslari 10 uzb

Bilimingizni sinang!
1.  Huquq tushunchasiga ta’rif bering.
2.  Huquq me’yorlari odamlar orasida umumqabul qilingan qan-
day munosabatlarni tartibga soladi?
3.  Umuminsoniy qadriyatlar va o‘zaro munosabatlar me’yorlari 
huquqda qanday aks ettiriladi va mustahkamlanadi?
4.  Nima uchun huquq insonni o‘z erkinliklarini cheklashga maj-
burlaydi?
5.  «Huquqiy davlat» tushunchasiga ta’rif bering.


31
7-§.  O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI   
KONSTITUTSIYAVIY  TUZUMINING ASOSLARI
KONSTITUTSIYAVIY  TUZUMNING  TARKIBI 
Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining 
tarkibiy  qismi,  davlat  va  jamiyat  hayotining  muhim  jihatlari,  asosiy  ijtimoiy 
munosabatlar  tizimi  hisoblanadi.  Ushbu  ijtimoiy  munosabatlar,  o‘z  navbatida 
jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida 
namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayo-
tini  yo‘lga  qo‘yish,  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish,  boshqa  ijtimoiy 
hokimiyatlar  maqomini  belgilash,  shuningdek  inson  va  fuqarolar  huquq,  er-
kinlik hamda burchlari bilan bevosita bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, inson, 


32
fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabat-
lar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu muno-
sabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi 
va rivojlanadi. 
Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konsti-
tutsiyaviy  tuzumi  deb  keng  ma’noda  konstitutsiya  va  qonunlar  asosida  quril-
gan,  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvor  deb  topilgan  xalqimizning  hayot  tarzi 
tushuniladi.
Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustuvorligi,  ularda  inson  huquq  va  er-
kinligining  eng  oliy  qadriyat  sifatida  mustahkamlanishi,  xalqaro  huquqning 
umum  e’tirof  etilgan  normalarining  tan  olinishi  kabi  qoidalar  bugungi  kunda 
konstitutsionalizm ning asosi sifatida qaralmoqda.
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqla-
ridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy 
huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq 
bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tar-
moqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konsti-
tutsiyaviy  huquq»ning  yuridik  fan  tarkibiy  qismi  sifatidagi  mazmunini  ochib 
beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan 
o‘quv predmeti tushuniladi.
Huquqning  tarmog‘i  sifatida  konstitutsiyaviy  huquq  jamoatchilik  mu-
nosabatlarini  tartibga  soladi.  Fan  sifatida  davlat  qurilishi,  shaxs  va  fuqaro-
ning  huquqiy  maqomi,  davlatning  faoliyati,  tuzilishi  va  hokazolarni  o‘rga-
nadi. O‘quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada 
to‘plangan bilimlarni tarqatadi.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish