Quyidagi masalalarni hal eting:
1-vaziyat
Boshidan jarohatlangandan keyin ishchi M. tez-tez bosh
og‘rib turishi dardiga mubtalo bo‘ldi va shu vaqtda ishlay
olmasdi. Bu haqda uning tibbiy kartasida batafsil yozilgan
edi. Biroq bu yozuv M.ning hayotida salbiy rol o‘ynadi: unga
g‘amxo‘rlik qilayotganlarini ro‘kach qilib, hech qayerga ishga
olishmadi.
Mazkur holda mehnat qonunchiligi buzilganmi? Agar
buzilgan bo‘lsa, demokratik jamiyatning qaysi qonuni
buzilgan?
2-vaziyat.
Avtomobil haydovchisi sifatida muqobil xizmatni o‘tash
vaqtida serjant M. o‘zi xizmat o‘tayotgan korxonaning ko‘makchi
hovlisi hududini tozalashdan bosh tortdi. Korxona direktori M.da
bungacha ishga doir tanbeh bo‘lmaganiga qaramay, M.ni chorak
uchun mukofotdan mahrum qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.
Kim haq? Nizoni hal etishga doir o‘z fikringizni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |