«Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 1-modda.
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bozor-
ni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo‘ysundirish maqsa-
dida qabul qilingan.
1-topshiriq.
Yuqorida aytilgan ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi shaxslar
iste’molchilarmi yoki yo‘qligini ayting:
—
oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro;
—
do‘konga kirgan fuqaro;
—
Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy
fuqaro;
—
kvartirasini ta’mirlash uchun xususiy shaxs bilan shartnoma
tuzayotgan fuqaro;
—
keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan
fuqaro;
—
keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdor-
da qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilayotgan fuqaro.
Do'stlaringiz bilan baham: |