1-topshiriq.
Siz kun bo‘yi qonun bilan necha marta yuzma-yuz
bo‘lishingizni kuzatib ko‘ring. Keyin har bir qonunning ta’sirini
muhokama qiling. Ular har biringiz uchun qanchalik foydali
ekanini tushuntirib bering.
Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kishi sa-
molyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o‘qi-
ganda yoki ishlaganda — shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga
ishi tushadi.
Huquq — davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilina-
digan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining
tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |