MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan
kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ко‘rib chiqiladi. Agar
MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga
shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga
beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat
qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud
qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |