97
20-§. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI
Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar
va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim
o‘rin tutadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub-
likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken-
ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |