Davlat va huquq nazariyasi. Konstitutsiyaviy huquq.
1-kazus
Qonun davlatning oily vakillik organi ( yoki referendum orqali xalq) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan oily yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjat bo’lib, uni tayyorlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi.Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maqullangan Qonun imzolash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident esa ayrim moddalariga e’tiroz bildirib,tavsiya va takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytardi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to’g’ridan-to’g’ri qayta ko’rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi. Lekin Qonunga xech qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmasdan , u Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilindi va imzolash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident qoununni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamadi.
Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baxo bering . Javob: Qonun yaratish davlatning muhim vazifasi bo’lib, uni har bir davlat samarali qabul qilishga intiladi. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Qonun, hokimiyatning aloxida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi. Qonunchilik ya'ni, qonunni yaratish jarayoni - davlat oliy vakillik organing konstitusiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo'shimchalar va o'zgartishlar kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor qilishga qaratilgan faoliyati yig'indisi bo'lib, u qonuni bilan tartibga solinishi zarar bo'lgan munоsabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishshni o'z ichiga oladi. Qonunchilik jarayoning ta'rifi ikki ma'noga ega: birinchidan, bu qonun loyihasinining parlamentga kiritilishidan boshlab, -to u qabul qilingunga qadar davlat organlari tomonidan ro'yobga chiqarilgan vakolatlar bo'lsa, ikkinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtrok etadigan turli sub'yektlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi prosessual qoidalar ifodasi (shakli) dir.Qonunchiiik jarayoni O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilabqo'yilgan.
Qonun ijodkorligi qonunlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilish bosqichlari va harakatlari bilan bog‘liq qonunchilik jarayonidir. Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) qonunchilik tashabbusi;
2) qonun loyihasini muhokama qilish;
3) qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq Qonunchilik tashabbusi huquqiga quyidagilar ega: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi..
Kazusda berilgan muammoning yechimiga oydinlik kiritish uchun biz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga: Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
93- moddaning 17- bandiga ya’ni – “O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli”
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvar, 368- sonli “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamentiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qarorining 15-bob 155-156-157- moddalariga ko’ra, javob olishimiz mumkin:
Ushbu qarorning 15-bobi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlarni qayta ko‘rib chiqish deb nomalanadi.
155 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun bir oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
156-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Kengash mas’ul qo‘mitaning xulosasini olgach, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga birinchi navbatda kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini, ushbu takliflar va fikrlar bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning xulosasini bayon etishdan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilish;
qonunni bundan buyongi ko‘rib chiqishdan olib tashlash;
qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.