Davlat va huquq nazariyasi fanidan


O‘zbekistonning bosh maqsadi – rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni qurish



Download 70,88 Kb.
bet8/13
Sana26.01.2022
Hajmi70,88 Kb.
#412173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5381969316130344653

O‘zbekistonning bosh maqsadi – rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni qurish.

Muayyan bir davlatning ma'muriy hududiy tuzilishini o`rganishda ma'muriy hududiy tuzilish tushunchasi bilan birga davlat tuzilishi shakli tushunchasiga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu tushunchalar mazmunan bir-biriga bog`liq bo`lib, har doim biri ikkinchisini taqozo etib turadi.Davlat tuzilishi davlat shaklining muhim bir turi hisoblanadi. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadalar bilan belgilanadi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov davlat qurilishi va uning tuzilishi asoslariga bag`ishlangan bir qator asarlarida, xususan "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda" degan kitobida bizda davlat tuzilishi yer kengliklarini viloyat, tuman va shaharlarga bo`linishi sun'iy ravishda, o`z-o`zidan kelib chiqqan "texnik" jarayon bo`lmay, balki respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi asosiy strategik maqsadni amalga oshiruvchi tayanch qismlariga ajratilishi ekanligiga alohida urg`u bergan.1[19]

Davlat tuzilishi shakliga qo`yidagi turli xil omillar ta'sir etadi:

1) davlat va jamiyat oldida turgan iqtisodiy vazifalar

3) davlatdagi siyosiy kuchlarning o`zaro nisbati

4) davlat hududida istiqomat qilayotgan aholining ko`p millatligi va o`zaro munosabati

5) davlat hududining katta yoki kichikligi ta'sir etadi.

6) uzoq yillar davomida shakllangan tarixiy an'analar

7) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy ong

Shunday qilib, davlat tuzilishi shakli deganda, davlat hokimiyatining ma'muriy-hududiy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarning, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi. 

Davlatlar tuzilish shakliga ko‘ra oddiy (unitar) hamda murakkab (federativeva konfederativ) davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviyasosga ko‘ra birlashganligi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.Unitar (yagona, lot. “unos” – “bir” so‘zidan olingan) davlat oddiy tuzilishgaega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Unitardavlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linish (tumanlar,viloyatlar, kantonlar) ga ega. Biroq mazkur ma’muriy-hududiy birliklar davlatsuvereniteti alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organalarning yagonatizimi hamda yagona qonunchilik mavjud bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga binoanO‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqisiyosatni amalga oshiradi.Toshkent Davlat Yuridik Universitetining 1-kurs talabalari bilan seminarmashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilish shaklini muhokamaqilish vaqtida, ayrim talabalar O‘zbekistonning unitary davlat ekanliginita’kidlashsa, boshqalari federative davlat degan fikrlarni bildirishgan. Davlat tuzilish shakllarini atroflicha muhokama qilish orqali vaziyatgahuquqiy baho bering. 1

Ibtidoiy jamoa tuzumining barbot bo`lishi va davlatlar vujudga kelishi turlixalqlarda joylashgan o`rni, tabiiy sharoiti, paydo bo`lish vaqtiga, ichki va tashqisharoitiga bog`liq ravishta turlicha kechgan. Davlatlarning vujudga kelishi umumiyyo`nalishlari turli davrlarda turlicha bo`lgan. Avvalo urug`chilik tuzumini surib,ma`lum bir tuzumdan boshqa bir tuzumga o`tish, yangi organlarning vujudgakelishi har xil davrlarda amalga oshgan. Shunga ko`ra hozirda olimlar davlatvujudga kelishi haqida aniq bir to`xtamga kela olmaganlar. Masalan: Jon Lok,,davlat bu demokratiya yoki boshqarishning u yoki bu shakli emas, balkilotincha ,,civitas” so`zidan olingan har qanday tashkilot”, - degan. Sitseron MarkTulliy: ,,Davlat umumiy huquqiy tartibot, davlat – bu xalq ishi, xalqqa munosibishdir”, - degan.1Davlatning tuzilish shakillari Unitar (oddiy) va Fedirativ, Konfidirativ (murakkab)ga bo`lined

So‘nggi asrlardagi sinfiy va demokratik jamiyatlarda davlatdan tashqari muayyan ijtimoiy kuchlarning, guruhlar va qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, ayollar va yoshlarning jamoat birlashmalari, sanoatchilar va fermerlarning tashkilotlari kabilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni vaqtda, ular siyosatga muayyan ta’sir o‘tkazmoqda. Biroq, shunga qaramay davlat jamiyatning siyosiy tizimida markaziy o‘rin egallaydi. Buning sababi quyidagi omillar bilan izohlanadi: Birinchi – davlat manfaatlari o‘zaro kelisha olmaydigan turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, sinflarning samarasiz ziddiyati va o‘zaro qarama-qarshiligining muqobili sifatida yuzaga keladi va faoliyat ko‘rsatadi. Ikkinchi – davlat birgalikda hayot kechirish maqsadida uyushgan insonlarning ittifoqi, turmush faoliyatining tashkiliy shakli hisoblanadi. Insonlarning davlat bilan bo‘ladigan tarixiy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari «fuqarolik» degan kategoriyada o‘zining mujassami, siyosiy-huquqiy ifodasini topadi. «Davlat jamoasi» ning har bir a’zosi davlatning mavjudligidan manfaatdor. Chunki, davlat vositasida shaxsiy daxlsizlik va erkinlik, oila va mulk muhofazasi, shuningdek shaxsiy hayot xavfsizligi kafolatlanadi. Shu tariqa individ (shaxs) dastlabki barqaror siyosiy sifatlarga ega bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotining ishtirokchisiga aylanadi. Uchinchi – davlatning vujudga kelishida jamiyatning ijtimoiy – sinfiy tabaqalanishi muhim rol o‘ynaydi. Bundan shu ma’no chiqadiki, davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy tashkiloti sifatida namoyon bo‘ladi. To‘rtinchi – davlat o‘z ijtimoiy manfaatlarini qondirish uchun birlashgan insonlar dastlabki siyosiy faoliyatining mahsulidir. Bu siyosiy voqeliklarning umumuniversalligi bilan bog‘liq. Siyosiy hayot ommaviy hokimiyat faoliyati va mamlakatning butun hududi miqyosida kechadi. Shu bois davlat siyosiy hayotni tashkillashtirish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Davlat qonunchilik hujjatlari yordamida «siyosiy o‘yin qoidalarini» belgilaydi. Davlat mamlakat miqyosida siyosiy hayotning shakli sifatida jamiyat siyosiy tizimi bilan aynan mos keladi. Davlat o‘zining vazifasi va funksional xususiyatlari (tavsifi) bilan siyosiy tizimning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Beshinchi – davlat jamiyatning siyosiy tizimi bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi bog‘lovchi va muvofiqlashtiruvchi muhim bo‘g‘indir. U jamiyat manfaati uchun zarur umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Masalan, transport, aloqa, uy-joy qurilishi, energetika ta’minoti, ekologiya sofligini ta’minlash, ta’lim tizimini tashkil etish va hokazo sohalarda davlat amalga oshiradigan faoliyat butun jamiyatning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillik demokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlari orqali) va bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevosita demokratiya shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda, referendumda ishtirok etish hamda jamoat birlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu huquqlarni turli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1 bobining mazmunidan kelib chiqib, siyosiy tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyati tashkiliy shakllarining majmui, deb ta’rif berish mumkin. Bunda davlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatga nisbatan ikkilamchi xususiyatga ega. Ular davlat oldida turgan vazifalarni hal qilishga nodavlat tuzilmalar vositasida yordam beradi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolarning ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslarining yanada kengayishiga ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning asosiy o‘rni va roli davlat siyosiy tizimning asosiy elementi deb aytish imkonini beruvchi bir qancha xususiyatlar bilan belgilanadi. Birinchidan, davlat O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli xalqining siyosiy tashkiloti, ya’ni ijtimoiy, mulkiy mavqei, irqi, millati, kasb-kori va hokazolardan qat’i nazar, jamiyat barcha a’zolarining tashkilotidir. Shu bois, davlat butun xalq tashkiloti sifatida siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda kengroq ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, davlat xalq manfaatlarining rasmiy ifodachisi sifatida, mulkning barcha shakllari rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Uchinchidan, davlat maxsus apparatga ega. Boshqa tarkibiy qismlardan farqli o‘laroq, bu apparat organlariga hokimiyat vakolatlari beriladi. Bunday vakolatlarga ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari ega bo‘ladi. Ular tarkibiga majburlov vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar, soliq, bojxona, prokuratura va milliy xavfsizlik organlari kiradi. To‘rtinchidan, siyosiy tizimning boshqa elementlaridan farqli o‘laroq, davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish hamda ularning ijrosi ustidan nazorat tizimiga ega bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega. Bu normativ hujjatlar faqat mazkur jamoat tashkiloti a’zolariga nisbatan tatbiq etiladi. Beshinchidan, davlat suverenitetga, ya’ni davlat hokimiyatining barcha siyosiy partiyalar, muassasalar, fuqarolar va nodavlat tashkilotlariga nisbatan 158 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ustunlikka ega. U suverenitetga ega bo‘lgan holda, o‘zini o‘zi tashkil etadi va umummajburiy xulq-atvor qoidalari (qonunlar) qabul qiladi. Davlat qonunlar chiqarish orqali siyosiy tizimga kiruvchi barcha tashkilot, muassasa, birlashmalarning huquqiy maqomini belgilab beradi. Shunday qilib, davlat jamiyat siyosiy tizimida alohida o‘rin egallaydi va undagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi


Download 70,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish