Davlat va huquq nazariyasi fanidan oraliq nazorat ishiSenat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari?
Davlat va huquq nazariyasi fanidan oraliq nazorat ishi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining senati to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasiga Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari belgilangan bo‘lib unga asosan 21 ta turga bo‘lingan. 8-modda. Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash; 6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; 8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; 9) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; 10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi ustidan nazorat qilish; 12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish; 16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash; 17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.6 Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari yuqorida qonunlarga asoslangan holda keltirilgan 21 ta birgalikdagi vakolatlari mavjud. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bizga berilgan kazusda ya’ni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maqullangan Qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident esa qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytardi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi. Lekin Qonunga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmasdan, u Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi va imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamagan. Biz ushbu kazusni yechimini topishda ko‘plab manbalardan va qonunlardan foydalangan holda javob topishga harakat qildik. Bu kazusda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanishi lozim. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko'rib chiqilishi kerak. Konstitutsiyaga o'zgartishlar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish parlamentning har bir palatasidagi umumiy ovozlar sonining uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozini talab etadi. Odatdagi qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qonunni imzolash va e’lon qilish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kunidan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari qonun qabul qilsa va Senati a’zolari qonuni ma’qullasa Prezidentga yuboriladi Prezident qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsa Qonunchilik palatasi bu qonuni qayta ko‘rib chiqadi, agar o‘zgartirishlarni Qonunchilik palatasining umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qonuni oldingi tahrirni ma’qullasa Prezidentga yuboriladi va Prezident keltirilgan o‘zgartirishlar ko‘rib chiqilgaligi bayon qilinadi va agar Prezident qonunu qaytarilsa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonuni qabul qilingan hisoblaydi. Download 38,24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |